Bioelektrogenez. Elektro’tkazuvchanlik ionlarning muvozanat potensiali, membrananing stasiolar


Biofizik tadqiqotlarning usullari


Download 469.04 Kb.
bet15/33
Sana22.06.2023
Hajmi469.04 Kb.
#1649793
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33
Bog'liq
BIOELEKTROGENEZ

Biofizik tadqiqotlarning usullari. Albatta har bir fanning rivojlanishi u
foydalanadigan usullarga va yondashuvlarga bevosita bog’liqdir. Biofizika boshqa
fanlarning aniqlash usullaridan foydalanish bilan birgalikda hozirgi kunda turli xil
optik usullar, γ-rezonans spektroskopiya, mikroelektrod texnika yordamida
membrana potentsialini qayd etish, xemilyuminestsentsiya, lazer spektroskopiyasi,
nishonlangan atomlar yordamida biologik jarayonlarni o’rganish kabi zamonaviy
biofizika usullaridan ham keng foydalaniladi. Quyida zamonaviy biofizikaning
ayrim tadqiqot usullari haqida ma’lumot berilgan.
Elektron mikroskopiya usuli bilan makromolekulalar, membranalar,
hujayra organoidlarining holati, shakl va o’lchamlari o’rganiladi.
Spektrofotometriya usuli eritmalardan o’tgan nurning bir qismi yutilishini
o’lchashga asoslangan. Ushbu usul bilan eritmalarda modda kontsentratsiyasi
o’lchanadi, makromolekulalarning ikkilamchi strukturasi, molekula ayrim
guruhlarining ionlashuvi o’rganiladi.
Rentgen nurlari difraktsiyasi usuli bilan biomolekulalarning fazoviy
strukturasi, ularning shakli va o’lchamlari, ikkilamchi struktura elementlarining
fazoviy joylashish holatlari aniqlanadi.
Fluorestsent zondlar usuli. Ushbu usulda maxsus kimyoviy organik
moddalar - zondlardan foydalaniladi. Zond ”tikilgan” biomolekulaga ma’lum bir
to’lqin uzunligidagi nur bilan tasir etganimizda, ushbu molekula qo’zg’algan
holatga o’tadi va o’zidan boshqa to’lqin uzunligidagi nurni chiqaradi hamda ushbu
nur spektri fluorimetr asbobi bilan o’lchanadi. Fluorestsentsiya usuli bilan
makromolekulalarning konformatsiya holati, xromofor guruhlarning
harakatchanligi, ba’zi ionlarning membranalar orqali transporti o’rganiladi.
Doiraviy dixroizm usuli asosida qutblangan nurning optik faol molekulaga
ta’siri yotadi. Makromolekulalarning turli qismlari anizotrop bo’lganligi sababli
nurni turlicha yutadi, hamda ushbu spektrlarni yozib olish mumkin.

Download 469.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling