Biokimyo va molekulyar biologiya


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/45
Sana28.12.2022
Hajmi0.95 Mb.
#1020557
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   45
Bog'liq
Biokimyo va molekulyar Lab

 
Barfed reaksiyasi. 
 
Barfed reaksiyasi disaxaridlarni monosaxaridlardan oson ajratish uchun 
qilinadigan reaksiya hisoblanadi. Bu reaksiyani maltaza tipida tuzilgan disaxaridlar: 
laktoza, maltoza, sellobiozalar namoyon qiladi. Disaxaridlarning Barfed reaktivi bilan 
qo’shilishi natijasida mis gidroksidining qizil cho’kmasi tezda emas, 15-20 
daqiqadan keyin hosil bo’ladi. Bunda disaxaridlarning kislotalar ishtirokida gidrolitik 
parchalanishidan keyin amalga oshadi.  
Reaktivlar: a) 1% li glyukoza, b) laktoza yoki maltozaning 1% li eritmasi, v) 
Barfed reaktivi. 
Ishning bajarilishi: 2 ta probirka olib, ularga 1 ml dan Barfed reaktivi 
solinadi. Birinchi probirkaga 1 ml glyukoza, 2 – probirkaga 1 ml laktoza yoki 
maltozadan solinadi probirkalar yaxshilab aralashtirilib, qaynab turgan suv 
hammomiga qo’yiladi. Glyukozali probirkada 2-3 daqiqadan keyin mis 
gidroksidining qizil cho’kmasi hosil bo’ladi. Disaxarid solingan probirkada esa 
qaytarilish reaksiyasi 15-20 daqiqa suv hammomida ushlangandan keyin amalga 
oshadi. 
 
12 – laboratoriya mashg`uloti 
 Polisaxaridlarga xos reaksiyalar 
 
Polisaxaridlar polimer moddalar bo’lib, monosaxaridlardan tuzilgan bo’ladi. 
Polisaxaridlarga odatda o’zida 10 dan ortiq monoz qoldiqlarini tutgan birikmalar 
kiritiladi. Polisaxaridlar shirin maza bermaydi, kristallanmaydi, ularning ko’pchiligi 
kolloid eritma xosil qiladi. 
Kraxmalning yod bilan boradigan reaksiyasi 
Kraxmalning yod bilan reaksiyaga kirishib, ko’k rangni hosil qilishi birmuncha 
spetsifik reaksiya hisoblanadi. Rangning hosil bo’lishi amiloza bilan belgilanadi. 
Amilopektin esa yod bilan qizil-binafsha rang hosil qiladi, lekin amilozaning ko’k 
rangi uning rangini ko’rsatmaydi. Qaynatish natijasida rang yo’qoladi va sovugandan 
keyin yana tiklanadi. 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling