Биология ва генетика


Download 0.97 Mb.
bet67/70
Sana24.12.2022
Hajmi0.97 Mb.
#1056246
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
Bog'liq
Biologiya fani ma\'ruza matni

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
ZOOOGIYA KAFEDRASI


Biologiya fanidan
(Glossariy)
Tuzuvchi: Biologiya fanlari nomzodi,dots. B.Davronov


Qarshi shahri, 2022 yil

GLOSSARIY


Allel - genning ikki va undan ortiq holati.


Allopoliploidiya - hujayrada ikki turga mansub xromosomalarni mujassam- lashgan xili.
Anabolizm - oddiy molekulalardan murakkab molekulali moddalarning biosintez bo‗lish jarayoni.
Anafaza - mitozning uchinchi bosqichi. Bu faza vaqtida xromatidalar bo‘linayotgan hujayraning qarama-qarshi qutblariga qarab tarqaladi.
Aramorfoz-yunoncha auro-yuksalish, morfoz-shakl demakdir. Organizmlar tuzilishining umumiy darajasini, hayot faoliyatini intensivligini oshiradigan evolyusion o‗zgarishlar tushuniladi.
Autbriding - qarindosh bo‗lmagan avlodlarni chatishtirish.
Autosomalar - turli jins vakillarida bir xil bo‘ladigan nojinsiy xromosomalar.
Autbriding - genetik jihatdan uzoq bo‘lgan organizmlarni chatishtirish.
Bivalent - meyozning paxinema bosqichida o‘zaro konyugalashgan gomologik xromosomalar jufti.
Avtopoliploidiya - bir turga mansub organizmlar gaploid xromosomalar to‘plamini ikki hissa ortiq bo‘lishi.
Degeneratsiya - yunoncha degenerare tubanlashish demakdir, murakkab tuzilishga ega bo‗lgan organizmlarning oddiy tuzilishga o‗tishi deyiladi.
Deletsiya - xromosomaning bir qismini yo‘qolishi bilan bog‘liq mutatsiya.
Diploid - ikkita gaploid xromosoma to‘plamiga ega hujayra, to‘qima, organizm.
Dominant - geterozigotada namoyon bo‘luvchi allel yoki belgi-xossa.
Embriologiya- biologiya fanining organizmlarni individual taraqqiyot qonunlarini o‗rganuvchi qismi.
Epistaz - allel bo‘lmagan genlarning biri ikkinchi allel genning fenotipda namoyon bo‘lishiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi.
Eukariot - yadrosi shakllangan hujayra - yuksak tuzilishga ega barcha organizmlarga xos.
Fenotip - genotip (organizm) bilan tashqi muhitning o‘zaro ta'siri natijasida organizmda shakllanadigan barcha tashqi va ichki belgilar yig‘indisi.
Filogenez - o‘simliklar hayvonlarning tarixiy rivojlanish jarayoni, ya‘ni turning tarixiy rivojlanish davri.
Gameta - generativ jinsiy hujayra.
Gametafit - o‘simliklarda jinsiy hujayralarni hosil etuvchi bo‘g‘in.
Gaploid xromosomalar to‘plami - jinsiy hujayralarda bo‘ladigan barcha xromosomalar to‘plami (1n).
Gen- organizmda ma'lum funksiya bajaruvchi DNKdagi nukleotidlar izchilligi.
Genotip - organizm, hujayraning irsiy omillar yig‘indisi.
Genom - xromosomalarning gaploid to‘plami.
Gen supressor - boshqa genlar ta'sirini to‘xtatib qo‘yadigan, bo‘g‘uvchi gen.
Germafrodit - ham erkak ham urg‘ochi jinslarni, xossalarni o‘zida birlashtirgan organizm.
Geterozigota - bir genning har xil allellariga ega bo‘lgan zigota, organizm.
Geterozis - birinchi avlod duragaylarning ota-ona organizmlarga nisbatan kuchli
Gomozigota - bir genning bir xil allellariga ega zigota, organizm.
Gistologiya - to‗qimalarni o‗rgatuvchi fan.
Geterogamiya - grekcha ―geteros‖ har xil, ―gameo‖ nikohlanaman degan ma'noni anglatib, katta-kichikligi bilan bir-biridan farq qiladigan gametalarning qo‗shilishi.
Idiotaptatsiya - yunoncha idias o‗ziga xos, adaptis-moslanish ma'nosini anglatib, organizmlarning yashash sharoitga moslanishga yordam beradigan evolyusion o‗zgarishlardir.
Izogamiya - grekcha so‗z bo‗lib ―izos‖ teng, ―gameo‖-nikohlanaman degan ma'noni bildiradi. Bir kattalikdagi bir xil xarakatchan jinsiy hujayralarning qo‗shilishi.
Inbriding - bir - biriga qarindosh individlarni tanlab chatishtirish.
Inversiya - xromosomalar ichida qayta tuzilish. Xromosomalarning ikki nuqtadan uzilishi va uzilgan qismining 1800 ga burilishi natijasida genlarning xromosomada joylashish tartibining o‘zgarishi.
Interkinez - meyoz bo‘linishning ikki bo‘linish bosqichi o‘rtasidagi oraliq holat.
Interfaza - hujayraning bir bo‘linishi bilan yanagi bo‘linishi orasidagi bosqich. U uch davr - sintezlanishdan oldingi (G1), sintezlovchi (S) va sintezlanishdan keyingi (G2) ga bo‘linadi.
Kariokinez - yadroning bo‘linishi.
Kariotip - u yoki bu turdagi organizm somatik hujayralardagi xromosomalar- ning soni, hajmi, shaklini ifodalash.
Katabolizm - yirik organik molekulalarning kichik birikmalarga parchalanish jarayoni.
Kopulyasiya — lotincha so‗z bo‗lib «juftlashish» degan ma'noni bildiradi.
Komplementar genlar - allel bo‘lmagan genlar bo‘lib, ular birgalikda ma'lum bir belgini rivojlantiradi, ya‘ni to‘ldiruvchi ta'sir ko‘rsatadi.
Konsumentlar - produtsentlar hosil qilgan organik moddalarni iste'mol qiladi. Ularga hayvonlar va parazit o‗simliklar kiradi.
Krossingover - reduksion bo‘linishda kon'yugatsiyalanadigan gomologik xromosomalarning xromatidlari o‘rtasida o‘xshash qismlar (genlar)ning o‘rin almashishi.
Meyoz - yetilmagan jinsiy hujayralar yadrosining ikki marta bo‘linishi, bunda xromosomalar soni gaploid bo‘lgan 4 ta bir xil hujayra gameta hosil bo‘ladi.
Metafaza - mitozning ikkinchi fazasi, bu fazada yadro qobig‘i erib ketadi, xromosomalar esa hujayra ekvatori bo‘ylab tizilib oladi.
Metabolizm-hayot asosini tashkil etib, bu jarayon natijasida hujayra tarkibiga kiruvchi modda molekulalarining parchalanishi va sintezi, hujayra tizimining hosil bo‗lishi, yangilanishi va parchalanishi holatlari ro‗y berib turadi.
Mikrospora - yosh chang xaltachasidagi arxespora hujayrasining meyoz bo‘linishi natijasida hosil bo‘lgan to‘rtta hujayra (tetrada)ning biri, uning rivojlanishidan chang donachasi hosil bo‘ladi.
Modifikatsion o’zgaruvchanlik - irsiy bo‘lmagan fenotipik o‘zgaruvchanlik, u tashqi sharoit ta'sirida hosil bo‘ladi, bu o‘zgaruvchanlik nasldan-naslga berilmaydi.
Monokarpiklar - o‗z hayot davrida bir marta gullab meva hosil qiladigan o‗simliklar.
Monoduragay - bir juft muqobil belgisi bo‘yicha bir-biridan keskin farq qiladigan formalar (AA va aa)ni chatishtirib olingan duragay (Aa).
Mutagenez - tabiiy va sun'iy omillar ta'sirida irsiy o‘zgarishlar hosil bo‘lish jarayoni.
Mutatsion o’zgaruvchanlik - organizmda yangi irsiy belgi - xususiyatlar hosil qiladigan gen va xromosomalarning tarkibiy o‘zgarishi.
Mutatsiya - to‘satdan hosil bo‘ladigan irsiy o‘zgaruvchanlik.
Mitoz - somatik va yetilmagan jinsiy hujayralar bo‘linishining bir shakli.
Mitozda dastlabki hujayraning genetik strukturasi normada qiz hujayralarga aniq taqsimlanadi.
Mitoxondriylar - replikatsiyaga qodir hujayraorganellalari bo‘lib, ular hujayraning oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini yuzaga chiqaradigan «energetik stansiyalari» bo‘lib hisoblanadi. Tarkibida nuklein kislotalar, jumladan, DNK ham bo‘lishi mitoxondriylarning sitoplazmatik irsiyatda ishtirok etishini taqozo qiladi.
Nuklein kislotalar - biologik polimer bo‘lib uning ikki tipi DNK va RNK mavjud.
Nukleotidlar - nuklein kislotalarning tarkibiy elementi bo‘lib: azotli asos, oddiy uglevod va fosfat kislotasi qoldig‘i molekulalarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan murakkab organik birikmalar. DNK va RNK molekulalari nukleotidlardan tuzilgan.
Ontogenez - o‗simliklar tuxum hujayrasining urug‗la-nishidan tortib tabiiy o‗limigacha (kurishigacha) bo‗lgan normal hayot siklida ulardagi vegetativ va generativ organlarining hosil bo‗lish jarayoniga aytiladi.
Ontogenez - organizmning individual rivojlanish davri.
Oogamiya - grekcha ―oog‖ tuxum, ―gameo‖ nikohlanaman degan ma'noni bildirib. urg‗ochi gameta (makrogameta) yirik va harakatsiz, erkak gameta esa (mikrogameta) juda mayda, kam harakatchan bo‗lgan gametalarning qo‗shilishi.
Oogoniy - murtak hujayralardan mitoz orqali oosit hujayrasini hosil bo‘lishi jarayoni.
Organogenez - tanani asosiy organlarini shakllanishini taminlovchi embriogenez stadiyasi.
Ovogenez - murtak hujayralarini ixtisoslashishi va meyoz bo‘linishi natijasida tuxum hujayrani rivojlanishi.
Paleontologiya - organik olamning o‗tmishini o‗rgatuvchi fan.
Paleobotanika- biologiya fanining o‗simliklar o‗tmishini o‗rgatuvchi qismi.
Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling