BIOLOGIYADA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN TESTLAR
O’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etishning qanday shakllari mavjud?
Yalpi ommaviy o‘qitish, individual o'qitish, kichik guruhlarda o’qitish.
Individual o'qitish, kichik guruhlarda o’qitish.
Masofaviy o’qitish, hamkorlikda o’qitish.
Yalpi ommaviy o‘qitish, muammoli o’qitish.
O’quvchilarning bilish faoliyatini individual tashkil etish qanday bosqichlardan iborat?
O’quv topshirig’ining didaktik maqsadini aniqlash; mustaqil izlanish maqsadini va maqsadni amalga oshirish yo’llarini aniqlash.
O’quv materialini masofaviy o'rganish.
Natijani tahlil qilish va xulosalar chiqarish.
Bilish faoliyatini individual va kichik guruhlarda tashkil etish.
Biologiyani o'qitishda qanday lokal darajadagi pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi?
Keys, Insert, Klaster, Venn diagrammasi, Aqliy hujum, Kichik guruhlarda ishlash, Atamalar zanjiri, Atamalar varag'i.
Blits so’rov, Klaster, Nilufar guli, Aqliy hujum, Kichik guruhlarda ishlash.
Kungaboqar, FSMU, Insert, Klaster, Venn diagrammasi.
Klaster, Zinama-zina, Zig-zag, Atamalar zanjiri, Arra.
Pedagogik texnologiyalarning nechta va qanday darajalari mavjud?
3 ta umumiy metodik, xususiy metodik, lokal (modul) daraja.
2 ta lokal (modul), oddiy daraja.
4 ta xususiy metodik, umumiy metodik, lokal (modul), murakkab daraja.
1 ta murakkab daraja.
O’qitishni individuallashtirish texnologiyasi deganda nima tushuniladi? O’qitishning individual shakli va yondashuvi ustuvor bo’ladigan texnologiya tushuniladi.
O’quvchilarning faqat shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, ehtiyojlari tushuniladi.
Har bir o'quvchining o'z imkoniyati darajasining rivojlanishi tushuniladi.
O’qituvchining darsdan va sinfdan tashqari ishlari tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |