Биринчи боб


We never know the value of water till the well is dry


Download 0.83 Mb.
bet19/26
Sana16.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1501242
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Bog'liq
O\'quv qullanma Karimova M. final

We never know the value of water till the well is dry – oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q.
He that mischief hatches mischief catches. – birovga chuqur qazsang, unga o‘zing yiqilasan.
5-jadval



Ingliz tilida

tarjimasi

O‘zbek tilida

1.

Easy come, easy go

Oson topilgan oson yo‘qotiladi

Suvniki suvga

2.

A liar is not believed when he speaks the truth

Yolg‘onchi rost so‘zlasa ham uning so‘zlariga hech kim ishonmaydi.

Yolg‘onchining rost so‘zi ham yolg‘on

3.

We never know the value of water till the well is dry

Quduq qurimaguncha, biz suvning qadrini bilmaymiz

Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q



4.

He that mischief hatches mischief catches.

Kimki yomonlik ulashsa, yomonlikka ega bo‘ladi

Kim birovga chuqur qazsa, unga o‘zi tushadi



5.

Better late than never.

Hechdan ko‘ra kech

Hechdan ko‘ra kech yaxshi

Shuni ham ta’kidlash kerakki, aforizm, maksima va maqollar pretsedent matn hisoblanadi va avtonom matn maqomiga ega. Avtonom bo‘lmagan matnli maqomga ega bo‘lgan aforizm janrlari sarlavha, shior va simvol frazalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu ifodalar haqiqatan ham o‘z holicha pretsedent matn hisoblanmaydi, lekin ular pretsedent matndan olingan va o‘shanga ishora qiluvchi havoladir.


Albatta, aforizm tilshunoslik nuqtai nazaridan ham tahlil qilingan. Ilmiy paradigmaning o‘zgarishi bilan bir qatorda ushbu hodisani o‘rganishga yondashuvlar ham o‘zgargan. Bundan tashqari, aforizmning ko‘p ma’noli tabiati, tilshunoslar tomonidan aforizmni turli jihatdan o‘rganilishiga sabab bo‘ladi.
Aforizm bilan bog‘liq muammolarga bag‘ishlangan mashhur monografiyalardan biri L.I. Sokolskiy va N.T. Fedorenkoning asaridir. Mualliflar aforizmning asosiy xususiyatlarini, uning turlarini, janr chegaralarini va aforizmning turdosh janrlardan farqini (maqol, qanotli so‘zlar, paradokslar va boshqalar) ko‘rib chiqadilar. Unda aforizmni turdosh janrlardan ajratish tamoyillari tahlil qilinadi. Aforizmlarning o‘ziga xos xususiyatlari sifatida fikr mazmuni, umumiyligi, qisqaligi, fikrning to‘liqligi, ravshanligi va ekspressivligi, badiiyligi ko‘rsatilgan.
Ba’zi tadqiqotlar butunlay aforizmlarning konstitutsiyaviy xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Masalan, T.I. Manyakinaning asarida nemis tilidagi aforizmlarning stilistik xususiyatlari o‘rganilib, unda matnni lingvistik talqin qilish usuli yordamida kompleks tizimli stilistik tahlil o‘tkazildi, ushbu janrdagi asarlarning mantiqiy-semantik va lingvistik jihatlari o‘rtasidagi munosabatlarning o‘ziga xosligi ko‘rsatildi. Muhim stilistik xususiyatlar ekspressivlik, asoslilik, informativlik, kommunikativ aniqlik hisoblanadi.
Paremiologiya birligi sifatida aforizm quyidagi differensial xususiyatlarga ega:
– yaratilishning alohida darajasi;
– umumlashgan sub’yektning mavhumligi va rasmiy-grammatik indikatorning yuqori darajasi bilan tavsiflanadigan universal referensiya;
– didaktizm, obrazlilik, o‘ziga xoslik, umumlashganlik, kategoriya, metafora, lakonizm;
– aforizm tarkibiy qismlari orasidagi valent aloqalarga asoslangan semantik yaxlitlik;
– predikativ birlikka teng keladigan giaremik konstruksiya birligi;
– estetik qimmatga egalik.
Aforizmning tuzilishi va vazifalari M.M. Yelenevskayaning dissertasiyasida o‘rganilgan89. Aforizmlarning asosiy funksional xususiyati, uning fikriga ko‘ra, bir xil aforizm mustaqil nutq sifatida ham, makrotekstning tarkibiy qismi mikrotekst sifatida ham qo‘llanishi mumkin. Biroq, bu bilan aforizm tabiatini aniqlash muammosi hal qilindi, deb bo‘lmaydi. Aforizm adabiy janr sifatida, semiotika nuqtai nazaridan til tizimining birligi sifatida, xususan, frazeologik birlik sifatida o‘rganish obyekti bo‘lgan. Aforizm idiostilning o‘ziga xos xususiyati sifatida ham muayyan darajada o‘rganilgan.
Masalan, yozuvchi V. Tokarevaning rusiyzabon aforizmlari materialiga asoslangan N.M. Kalashnikovaning asarida aforizmning aniq belgilari tahlil qilingan.
Aforizmni pragmatik jihatdan o‘rganishga alohida e’tibor beriladi. Xususan, aforistik matn kommunikativ-pragmatik vaziyatlar nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilishi lozim. Aforizmni direktiv nutq harakati sifatida tahlil qilish asosida, muallifga turli xil aforizm parametrlarini farqlashga imkon beradigan “haqiqat” maydonining markaziy va periferik belgilari aniqlandi90. Tadqiqotchilar diqqatini ba’zi bir diskurs turlarida, xususan, siyosiy munozaralarda aforizmlarning funksional va pragmatik jihatlari jalb qiladi. Ushbu jihatda aforizm kichik formatli matn turi va semiotik hamda kommunikativ maqomga ega bo‘lgan nutqning turi sifatida o‘rganiladi.
Siyosiy diskursda, shuningdek, rasmiy uslub elementi sifatida aforizmning semantik, stilistik, kognitiv va kommunikativ-pragmatik xususiyatlari o‘ziga xos. Siyosiy matnlarda aforizmlarning aksariyatining semantik ahamiyatliligining past ko‘rsatkichi axborotning ushbu turdagi aloqa uchun muhim emasligini ko‘rsatishi bugungi siyosiy diskurslar uchun xos emas. Siyosiy nutqlarda lingvistik aforizmlarning asosiy xususiyati shundaki, ulardagi pragmatik funksiya siyosatchining auditoriya bilan aloqani o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlash hamda uning nutqining informatsion jihatdan ahamiyatli qismlarini idrok etish va tinglovchilarga biron-bir ta’sir ko‘rsatishni maqsad qilish bilan bog‘liq.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning harbiy xizmatchilarga yo‘llagan tabrigida paremiyalar, xususan, aforizmlardan foydalanilganini ko‘rish mumkin: Tariximizda birinchi marta o‘z mohiyatiga ko‘ra noyob tizim – harbiy-ma’muriy sektorlar tashkil etildi. Bunday ish usuli joylardagi davlat hokimiyati organlarini mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlashga faol jalb etish uchun imkon berdi. Eng muhimi, “Armiya va xalq – bir tanu bir jondir” degan ulug‘ g‘oyani amalda ta’minlashga xizmat qilmoqda91. Shuningdek, prezidentimiz yana bir nutqida “Buyuk yunon olimi Aristotelning “Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi”, degan so‘zlari bor. Qarang, bu fikrlar miloddan avval aytilgan. Demak, insoniyat ongli hayot kechira boshlagan davrdan buyon ta’lim va tarbiya masalasi, doimo dolzarb ahamiyat kasb etib kelmoqda”. Bu o‘rinda Aristotelning fikrlaridan foydalanilmoqda.
Aforizm intertekstuallik nuqtai nazaridan yetarlicha, batafsil o‘rganilishi lozim. Jumladan, diskursdagi aforizmli matnning intertekstuallik aloqalari, aforistik matnni tushunish muammosi, semiotik, kognitiv va pragmatik parametrlarning birligida diskursning rivojlanishi, intertekstual kontekstda aforizm ma’nosining kognitiv mexanizmi tavsiflanishi dolzarb muammodir.
So‘nggi paytda lingvokulturologiya va lingvoaksiologiya prizmasidan kelib chiqib, kognitiv jihatdan aforizmlarni o‘rganish istiqbollari paydo bo‘lmoqda. Ushbu yo‘nalishda aforizmlar tilga oid tushunchalarni tavsiflashda muhim tarkibiy qism bo‘lgan qiymat bilan belgilanadigan iboralar sifatida o‘rganiladi.
Bundan tashqari, paremiyalarda aksiologik konseptlar, ya’ni ona tilida so‘zlashuvchilar tomonidan muhim deb baholanadigan narsalar aks ettirilgan. Shuning uchun, aforistik birliklarda nutq realizatsiyasini tahlil qilish kognitiv tadqiqotlarda hal qilinishi shart bo‘lgan qismidir92.
Ammo bunday tadqiqotlar metodologiyasini yetarlicha rivojlangan deb bo‘lmaydi. Tadqiqot obyekti odatda aforizmlarda yuzaga chiquvchi konseptlar bo‘lib, maqol va boshqa paremiyalar talqini keyingi planga o‘tib qolgan93.
Bu atamaning turli talqinlari bor.
Aslida “aforizm” so‘zi birinchi qadimgi yunon olimi Gippokratning davolash san’ati haqidagi risolasining nomi sifatida miloddan avvalgi IV asrda qo‘llangan. Nemis olimlari F. Shalk, P. Rekvadt o‘z tadqiqotlarida qadimgi antik davrlarda bu so‘z dono so‘z, shuningdek, qisqa bayon uslubini anglatishini ko‘rsatadi94.
Mualliflar muammosi aforizmning ajralmas belgisi sifatida munozarali masala hisoblanadi. Aforizmda muallifga bo‘lgan ehtiyoj ko‘plab olimlar tomonidan tan olinadi. Xususan, S.G. Vorkachev aforizmni “muallifning bayoni, uning shaklining ixchamligi va aniqligi, mazmunning to‘liqligi hamda umumlashtirilishi, originalligi o‘ziga xosligi (ba’zan paradoksal) bilan ajralib turadigan, ma’lum haqiqatlarning nisbiyligini ochib beradi”, deb ta’riflaydi95.
Barchaga ma’lum haqiqatlarni ifodalaydigan aforizm shaklining lakonizmi va mazmuniy chuqurligi ko‘plab lug‘atlar hamda ilmiy asarlarda qayd etilgan. Masalan, “Encyclopaedia Britannica” ensiklopediyasida aforizm eslab qolinadigan aniq tushuncha shaklida yetkazilgan doktrinaning yoki prinsipning, umuman qabul qilingan haqiqatning qisqacha ifodasi sifatida ta’riflanadi. Dastlab, aforizmlar o‘zlarining metodologiyasini ishlab chiqqan sohalarda, masalan, san’at, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, huquq, siyosat va shu kabi sohalarda qo‘llanilganligi qayd etilgan. Vaqt o‘tishi bilan bu nom jamiyat tomonidan haqiqat deb tan olingan har qanday prinsiplarga nisbatan ham qo‘llanila boshladi. Shunday qilib, bugungi kunda aforizm deyarli maksimaga tenglashtirildi.
Ba’zi tadqiqotchilar qisqalikni aforizmning deyarli majburiy belgisi sifatida ta’kidlaydilar: “aforizm fikr, hazil, kichik she’r, rasm, chaqmoq, paradoks, kuzatish – deyarli hamma narsa bo‘lishi mumkin, lekin u qisqa va aniq bo‘lishi kerak”96. Biroq, barcha tadqiqotchilar ham qisqalik belgisini tan olmaydi. Agar aforik matnning minimal hajmi bitta jumla bilan cheklanganligi ziddiyatga olib kelmasa, u holda aforik matnning maksimal uzunligi muhokama mavzusiga aylanadi. Xususan, K.Yu. Vaganova aforik matnning uzunligini, 6 ta elementgacha bo‘lgan sintaktik chegaralarini belgilaydi. Shu bilan birga, bir nechta satrlardan iborat she’riy matnlar ham aforistik deb hisoblanadi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling