Birinchi yordam bu shikastlanlarning hayoti va sog’lig’ini tiklash hamda
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
1-yordam
Suvdan olib chiqish. Suvga cho’kayotgan kishini qutqarishning asosiy qoidasi-
o’ylab, shoshilmasdan va ehtiyot bo’lib harakat qilishdir. Agar cho’kayotgan kishining yordam so’ragan chaqirig’i eshitilsa tezlikda unga, sening ahvoling ma’lum, yordam ketayapti deb, albatta javob berish kerak. Bu esa cho’kayotgan kishini ruhlantirib kuchiga-kuch qo’shadi. Cho’kayotganga yoki suzib charchab qolgan kishiga, iloji bo’lsa, uzun tayoq yoki kiyimni bir uchini uzatib, shular yordami bilan uni qirg’oqqa yoki qayiqqa tortib olish kerak yoki qo’l ostidagi cho’kmaydigan narsa, maxsus qutqaruv vositasini tashlash kerak. Tashlanayotgan narsalarni ehtiyotlik bilan, chokayotganga tegizmasdan tashlash kerak. Agar shu narsalar yo’q bo’lsa yoki ularni ishlatish chokayotganni qutqarishga yordam beraolmasa, unda unga yordam berish uchun suzib borish kerak. Yordam ko’rsatuvchining o’zi yaxshi suzishni, sho’ng’ishni bilishdan tashqari, cho’kayotganni olib chiqishda uni yopishib olishidan ozod bo’lish usullarini ham bilishi kerak. Ko’pchilik bilan bo’lgan baxtsiz hodisalar paytida cho’kayotgan har bir kishiga alohida yordam ko’rsatishga harakat qilish kerak. Suzib yurib bir necha odamga bir vaqtda yordam berishni iloji yo’q. Agarda yordam ko’rsatish uchun suvga sakrash zarur bo’lsa albatta ustki va oyoq kiyimlarni yechish kerak. Suv havzasini chuqurligi va uning chetidagi holat noma’lum bo’lsa bosh bilan sho’ng’ish mumkin emas. Suvga sakrash joyini shunday tanlash kerakki, suv oqimidan foydalanib cho’kayotganni oldiga tezroq yetib boorish imkoni bo’lsin. Suvning harorati past bo’lsa, suzayotgan charchab qolgan bo’lsa, uni oyoqlarida, sonida yoki barmoqlarida tomir tortishi bo’lishi mumkin. Oyoqlarda tomir tortishi boshlansa, chalqancha yotib suzib, tomir tortilgan oyoqni to’g’ri ch’zib, barmoqlarni o’zicha tortish tavsiya qilinadi. Sonlarni tomiri tortishganda oyoqni egib, ularni qo’llar bilan tortilgani yaxshi yordam beradi. Barmoqlar tomir tortishib qolsa, qo’lni qattiq mushtlagan holda suvdan chiqarib, qattiq silkitish kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling