Birinchi yordam bu shikastlanlarning hayoti va sog’lig’ini tiklash hamda
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
1-yordam
2 1. UMUMIY QOIDALAR. Birinchi yordam – bu shikastlanlarning hayoti va sog’lig’ini tiklash hamda saqlab qolish uchun qilinadigan jamlama tadbirlardir. Bu yordamni, tibbiyot xodimlari kelgunga qadar, shikastlangan kishi oldida turgan odam (o’zaro yordam) yoki shikastlanganni o’zi (o’z-o’ziga yordam ko’rsatish) berishi kerak. Shikastlanganni hayoti va undan keyingi davolash birinchi yordam qanchalik tez va bilimdonlik bilan bajarilganiga bog’liq, shuning uchun har bir xizmatchi birinchi yordamni qanday berishni bilishi va o’ziga hamda boshqa shikastlanganlarga yordam berishni amalda bilishi shart. Energetika korxonalari va tashkilotlarida ishlovchi hamma xodimlar vaqti-vaqti bilan shikastlanganlarga birinchi yordam berishni amalda o’rganishlari va birinchi yordam berish usullari to’g’risida yo’riqnoma olishlari lozim. Mashg’ulotlarni o’z ishini yaxshi bilgan tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda korxonaning texnik muxandis xodimlari o’tkazishi kerak. Korxonada o’qishni tashkil qilish uchun korxona (tashkilot) rahbarlari va sex boshliqlari javobgar. Birinchi yordam o’z vaqtida va samarali bo’lish uchun, xodimlarning doimiy navbatchilik joylarida quyidagilar bo’lishi kerak: - aptechka (yoki ish boshqa joyda bajarilayotganda brigada boshliqlari birinchi yordam xaltasi) ichida birinchi yordam ko’rsatish uchun zaruriy dorilar va yordam ko’rsatish usullarini tasvirlovchi va sun’iy nafas oldirish hamda yurakni tashqaridan uqalash (masaj qilish) usullarini tasvirlovchi plakatlar ko’zga ko’rinarli joylarga osib qo’yilishi kerak; - sog’liqni saqlash xonalari va aptechka turadigan joylarni oson toppish uchun ko’rsatkich va belgilar bo’lishi lozim. Boshqa tashkilot xodimlari ish bajarayotganda ularni aptechka va sog’liqni saqlash xonalari bilan tanishtirib chiqish lozim bo’ladi. Birinchi yordam ko’rsatishni to’g’ri tashkil qilish uchun hamma korxona, sex, tuman tarmoqlari bo’limida va hokazolarda quyidagi tadbirlar bajarilishi zarur: - aptechkalar va birinchi yordam ko’rsatish xaltalarini tegishli holatda bo’lishi, ularni saqlash, sarf qilingan dori va tibbiy vositalar o’rnini doimiy ravishda to’ldirib turish uchun shu ishga mavsul xodimlar tayinlash kerak. - birinchi yordamni to’g’ri ko’rsatish, shikastlanganlarni o’z vaqtida tegishli tibbiy dargohlarga yuborish, hamda aptechka va xaltalarni holatini, shuningdek, dori va birinchi yordam ko’rsatish uchun zaruriy vositalar bilan o’z vaqtida to’ldirib turish uchun doimiy qattiq nazorat qilishni tashkil etish kerak. Yordam berayotgan, inson a’zosining hayotiy muhim joylari shikastlangandagi asosiy belgilarini hamda shikastlanganlarni xavfli holatini aniqlashni, birinchi yordam ko’rsatish usullarini qaysi novbatda ishlatishni aniqlash, yordam ko’rsatish vaqtida, kerak bo’lganda, qo’l ostidagi uskunalarni ishlatishni va shikastlanganni kerakli manzilga olib borish yo’llarini bilishi lozim. Shikastlanganlarga birinchi yordam ko’rsatishda qilinadigan ishlar ketma-ketligi: 1) shikastlanganning a’zosiga ta’sir qilayotgan xavfli va zararli omillardan ozod qilish (elektr toki ta’siridan ozod qilish, zaharlangan havodan olib chiqish, yonib turgan kiyimini o’chirish, suvdan chiqarib olish va hokazo); 2) shikastlangan holatini aniqlash; 3 3) shikastlanganni hayotiga katta xavf solayotgan jarohat ta’sirini aniqlash va uni qutqarish uchun navbatma-navbat qilinadigan harakatlarni aniqlash; 4) shikastlanganni qutqarish bo’yicha bajariladigan kerakli tadbirlarni tezkorlik bilan amalga oshirish (nafas olish yo’llarini tiklash, sun’iy nafas oldirish, yurakni tashqaridan uqalash (masaj qilish), qon oqishini to’xtatish, singan joyni qimirlamaydigan qilib qo’yish; yaralangan joyni bog’lash va hokazolar); 5) tibbiy xodimlari kelgunga qadar shikastlanganni asosiy hayot uchun muhim bo’lgan funksiyalarini saqlab turish; 6) tez tibbiy yordamni yoki vrach chaqirish yoki shikastlanganni eng yaqin tibbiy muassasaga yetkazish tadbirlarini ko’rish. Hodisa sodir bo’lgan joyga tibbiyot xodimlarini chaqirishning iloji bo’lmasa, shikastlanganni eng yaqin tibbiyot muassasiga olib borishni tashkil qilish lozim. Shikastlanganni nafas olishi va tomir urishi barqaror bo’lgan holatdagina joyidan qo’zg’atish mumkin. Shikastlanganni holati uni joyidan qo’zg’atishga imkon bermasa, hayot uchun muhim asosiy funksiyalarini tibbiyot xodimlari yetib kelgunga qadar saqlab turish kerak. 2. JABRLANUVCHINI SHIKASTLANTIRUVCHI OMILLARNI TA’SIRIDAN OZOD QILISH. Shikastlanganlarga yordam ko’rsatish uni shikastlantiruvchi omillarning ta’siridan ozod qilishdan boshlanadi: elektr uskunasini uzib qo’yish; tok uzatuv bo’limlardan kuchlanishni o’chirish yoki shikastlanganni ulardan ajratib olish; uni qadamaro kuchlanish zonasidan olib chiqish va hokazo; xatarli zonadan olib chiqish (gazlangan, changlangan, xavoning yuqori yoki past haroratli joyida olib chiqish va hokazo); ishlab turgan uskunalarni, harakat qilib turgan mashinka va mexanizimlarni to’xtatish, bug’ yoki suvni uzib qo’yish; suvdan olib chiqish; yonib turgan kiyimni o’chirish va hokazo. Shu ishlarni bajarish jarayonida, tegishli himoya qiluvchi vositalardan foydalanib, o’zini shikastlantiruvchi omillardan himoya qilishi kerak. Shikastlanganni, faqat unga yordam berish imkoniyati bo’lmagan holdagina, ya’ni, unga yoki yordam ko’rsatayotgan kishining hayotiga xavf solib turganda, masalan, machtada, ko’taruvchi mashina maydonchasida turib yurakni tashqi tomondan uqalash imkoni bo’lmasa, boshqa joyga ko’chirish lozim bo’ladi. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling