Birinchi yordam bu shikastlanlarning hayoti va sog’lig’ini tiklash hamda


Elektr toki ta’siridan ozod qilish


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/34
Sana19.06.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1620483
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
1-yordam

Elektr toki ta’siridan ozod qilish. Elektr tokidan jarohatlanganda 
shikastlanganni mumkin qadar elektr toki ta’siridan tez ozod qilish kerak, chunki 
jarohatni og’irligi tokni kishi a’zosidan o’tish vaqtiga bog’liq. 
Kuchlanish ostida bo’lgan tok o’tkazuvchi uskunalarga beixtiyor tegish, 
ko’pincha mushaklarni beixtiyor tortishib-qisqarishiga (tirishishga) va umumiy 
to’lqinlanishga olib boradi, bu esa nafas olishni va tomirlarda qon aylanishini 
buzilishiga va hatto butunlay to’xtalib qolishiga olib kelishi mumkin. Agar 
shikastlangan kishi simni qo’li bilan ushlab turgan bo’lsa, uning barmoqlari shunday 
katta kuch bilan siqiladiki, hatto uni simdan ajratib olish imkoniyati bo’lmaydi. Shuning 
uchun yordam berayotgan kishining birinchi harakati elektr uskunasining shikastlangan 
kishiga tegib turgan qismini mumkin qadar tezroq o’chirishi. 



Elektr uskunani ajratgich (viklyuchatel), rubilnik yoki boshqa uzuvchi apparat 
yordami bilan o’chirish mumkin (1-rasm), shuningdek saqlagichni (peredoxranitel) olib 
qo’yish, shtepsel bilan ulangan ajratish joyidan uzish, havo tarmoqlari ustiga sim 
tashlash, sun’iy qisqa tutashuvni tashkil qilish yo’li bilan ham o’chirish mumkin. 
Agar shikastlangan kishi yuqorida bo’lsa, uskuna o’chirilgach, elektr toki 
ta’siridan ozod qilinadi, bu esa uni yuqoridan yiqilib tushishiga olib kelishi mumkin. 
Bunday vaziyatda qo’shimcha jarohatlanishdan saqlash uchun kerakli tadbirlar ko’rish 
lozim. 
Elektr uskinani o’chirganda, elektr chiroqlari ham o’chib qolishi mumkin, 
shuning uchun kunduzgi yorug’lik bo’lmasa, boshqa manbalardan yorug’lik berish 
yo’lini ko’rib qo’yish lozim (portlash, yong’inga qarshi va boshqa vaziyatlarni hisobga 
olgan holda favqulotda yorug’lik berish tarmog’ini ulash, akkumlyatorli fonarlardan 
foydalanish), bu ishlar uskunani o’chirishga va shikastlanganga yordam berishga xalaqit 
bermasligi kerak. 
Agar elektr uskunalarini tez o’chirish imkoniyati bo’lmasa, shikastlanganni tok 
o’tkazuvchi bo’limlarga tegib turgan joydan ajratish tadbirlarini ko’rish kerak. Shunday 
vaziyatlarda yordam beruvchi o’zini ham himoya qiluvchi tadbirlarni ko’rmasdan 
shikastlanganga tegishi mumkin emas, chunki bu o’zining hayoti uchun ham xavflidir. 
Bundan tashqari, u o’zini ham tok o’tkazuvchi uskunalarga tegib ketishdan saqlashi, 
hamda tokni yerga ulangan joydan tarqalib ketayotgan zonadagi qadamaro 
kuchlanishidan saqlashga e’tibor berishi kerak. 

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling