Birinchi yordam bu shikastlanlarning hayoti va sog’lig’ini tiklash hamda


-rasm. Elektr qurilmalarni o’chirish yo’li bilan shikastlanganni


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/34
Sana19.06.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1620483
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
1-yordam

1-rasm. Elektr qurilmalarni o’chirish yo’li bilan shikastlanganni 
elektr toki ta’siridan ozod qilish 
Kuchlanish 1000 Voltgacha bo’lganda shikastlanganni tok o’tkazuvchi uskunalardan 
yoki simdan ajratish uchun arqon, tayoq, taxta yoki boshqa tokni o’tkazmaydigan quruq 
narsalardan foydalanish mumkin (2-rasm). Shikastlanganni tok o’tkazuvchi 
uskunalardan kiyimidan tortib ajratish mumkin (agar u quruq hamda tanaga 
yopishmagan bo’lsa), masalan, kostyum yoki palto etagidan, yoqasidan, bunday 
vaziyatda atrofdagi temir buyumlarga va shikastlanganni badanining ochiq joylariga 
tegmaslik kerak (3-rasm). Shikastlanganni oyog’idan tortib olish ham mumkin, bunday 
vaziyatda qutqaruvchi o’z qo’lini yaxshi izolyasiya qilishi kerak, chunki 
shikastlanganning poyavzali va kiyimlari nam bo’lishi mumkin, nam kiyim esa o’zidan 
elektr tokini o’tkazuvchi hisoblanadi. Yordam beruvchi shikastlanganni kiyim bilan 
bekitilmagan joylariga tegishi kerak bo’lsa, u o’z qo’lini izolyasiya qilishi, ya’ni 
dielektrik qo’lqop kiyishi yoki qo’liga bosh kiyimni, kostyum yoki paltoni yengini 
kiygizish mumkin. Shikastlanganni ustiga rezina gilamcha, rezina mato (plash) yoki 



oddiy qyruq matoni tashlash ham mumkin. Qutqaruvchi rezina gilamcha, quruq taxta 
yoki elektr tokini o’tkazmaydigan buyumlar, quruq kiyimlar o’rami va hokazolar ustida 
turib o’zini izolyasiya qilishi mumkin. Shikastlanganni tok o’tkazuvchi uskunalardan 
ajratayotganda bir qo’l bilan harakat qilish kerak (4-rasm). 
2-rasm. 1000 Voltgacha bo’lgan elektr qurilmalarda simni taxta bilan olib 
tashlash yo’li bilan, shikastlanganni elektr toki ta’siridan ozod qilish 
3-rasm. 1000 Voltgacha bo’lgan elektr qurilmalarda, shikastlanganni elektr 
toki ta’siridan quruq kiyimidan tortib ozod qilish. 
Agar elektr toki shikastlangan orqali yerga o’tayotgan bo’lsa va u tok 
o’tkazuvchi elementni (masalan simni) qo’lida qattiq ushlab olgan bo’lsa, tok ta’sirini 
to’xtatish uchun uni yerdan ajratib olish kifoya (uni tagiga quruq taxta o’tkazib yoki 
oyoqlarini yerdan arqon yoki kiyim yordami bilan tortib), albatta bu vaziyatda o’zini va 
shikastlanganni himoya qilish uchun yuqorida ko’rsatilgan ehtiyot choralarini 
unutmaslik kerak. Simni quruq yog’och dastali bolta (5-rasm) yoki dastasi izolyasiya 



qilingan asboblar (qaychi, ombir) bilan uzish mumkin. Dastasi izolyasiya qilinmagan 
asboblardan ham foydalanish mumkin, faqat bu holda asbob dastasini quruq mato bilan 
o’rab olish kerak. Simlarni har fazasini alohida-alohida uzish lozim va bu vaziyatda 
albatta o’zingizni yerdan ajratishingiz, ya’ni quruq taxta-yog’och narvon va hokazolar 
ustida turishingiz kerak. 

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling