Birinchi yordam bu shikastlanlarning hayoti va sog’lig’ini tiklash hamda


-rasm. Yurakni tashqaridan uqala-


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/34
Sana19.06.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1620483
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
Bog'liq
1-yordam

26-rasm. Yurakni tashqaridan uqala-
ganda qo’lni qo’yish joyi
Ikkinchi qo’lning kaftini birinchisining ustiga ko’ndalang qo’yib, gavdani engashtirish 
bilan yordam bergan holda, ko’krak qafasini bosish kerak. Bosilganvaqtda qo’llarning 
tirsaklari to’g’ri bo’lishi lozim. 
Bosishni shunday tez siltab olib borish kerakki, ko’krak qafasi 4-5 sm 
bosilsin, bosimni muddati 0,5 soniyadan, har bir alohida bosish ham 0,5 soniyadan ko’p 
bo’lmasin. 
Bosishlar orasida qo’llar ko’krakdan uzilmaydi (agar yordam beruvchilar ikki 
kishi bo’lsa), barmoqlar ko’tarilgan, qo’llar egilmagan holda qoladi. 
27-rasm. Yurakni tashqaridan uqalaganda yordam 
ko’rsatuvchini joylashish holati. 
Agar tiriltirishni bir odam o’tkazayotgan bo’lsa (28-rasm), ikki bor chuqur 
nafas puflagandan so’ng u 15 marta ko’krak qafasini bosishi kerak, so’ng yana ikki 
marta nafas puflab 15 marta bosishi kerak va muolajani shu tarzda qaytaraveriladi. Bir 
daqiqa davomida bosish 60 martadan, nafas puflash esa 12 martadan kam bo’lmasligi 
ya’ni 72 ta harakat qilish kerak. Shu sababli tiriltirish tadbirlarining tezlik harakati 
yuqori bo’lishi kerak. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, ko’p vaqt sun’iy nafas oldirishga 
sarf qilinadi. Shuning uchun nafas puflashni chozmasdan shikastlanganni ko’krak qafasi 
ko’tarilishi bilan to’xtatish kerak. 


20 
 
28-rasm. Yurakni tashqaridan uqalash va sun’iy nafas oldirishni 
bitta odam o’tkazishi. 
Tiriltirishda ikki kishi ishtirok etsa (29-rasm) “nafas puflash-uqalash” nisbati 
1:5 bo’lishi kerak, ya’ni bir marta chuqur nafas puflangandan keyin ko’krak qafasini 5 
marta bosish kerak. Sun’iy nafas berilayotganda, yurakni uqalayotgan odam bosishni 
to’xtatishi kerak, chunki bosish paytidagi kuch nafas puflash kuchidan ancha ko’p 
(nafas puflash paytida ko’krak qafasi bosilsa sun’iy nafas berishni natijasini yo’q qiladi, 
ya’ni tiriltirish tadbirlarini natijasi bo’lmaydi). Tiriltirish tadbirlarini ikki kishi 
o’tkazayotganda 5-10 daqiqadan so’ng o’rinlarini almashtirishlari maqsadga 
muvofiqdir. 

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling