Birinchi yordam bu shikastlanlarning hayoti va sog’lig’ini tiklash hamda
-rasm. Pastki jag’ni ikki qo’l bilan
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
1-yordam
18-rasm. Pastki jag’ni ikki qo’l bilan
oldinga surish. Ushbu tadbirlar kompleksi reanimatsiya (ya’ni tiriltirish), ularning o’zi esa reanimatsion tadbirlar deb ataladi. Bebaho soniyalarni bekorga ketkazmaslik uchun shikastlanganni yechintirish kerak emas. Shuni unutmaslik kerakki, yurak urishi to’xtalishi sodir bo’lgandan to’rt daqiqa o’tmasdan qilingan harakat yaxshi natija beradi. Shuning uchun birinchi yordamni vaqtni o’tkazmasdan va iloji bo’lsa voqea sodir bo’lgan joyda ko’rsatish kerak. Shikastlanganni nafas olishi yo’q, tomiri urmayapti deb, uni o’lgan hisoblab yordam bermaslik mumkin emas. Shikastlanganni o’limi to’g’risida faqat tibbiyot xodimlari xulosa berishga xuquqi bor. Tiriltirish harakatlarini qila turib, tibbiyot xodimini yoki tez tibbiy yordamni chaqirish kerak. Buni, albatta, yordam berayotgan odam qila olmaydi, chunki u qilayotgan ishini to’xtata olmaydi, buni boshqa odam qilishi kerak. Shikastlanganni nafas olishi va qon aylanishi to’xtagan vaqtni, sun’iy nafas oldirish va yurakni tashqaridan uqalash boshlangan vaqtni va triltirish tadbirlari qancha vaqt qilinganni yoqqa tutib, yetib kelgan tibbiyot xodimlariga shu axborotlarni ma’lum qilish lozim. 16 4. SUN’IY NAFAS OLDIRISH VA YURAKNI TASHQARIDAN UQALASH USULLARI Sun’iy nafas oldirish. Bu shikastlangan odam nafas olmayotgan yoki yomon nafas olayotgan bo’lsa (ahyon-ahyonda, talvasarib, xuddi xirillaganday), hamda, nima sabab bo’lishidan qat’iy nazar (elektr tokidan shikastlanganmi, zaharlanganmi, suvga cho’kkanmi va hokazo) uning nafas olishi borgan sari yomonlashib borsa o’tkaziladi. Sun’iy nafas oldirishning eng samarali usuli bu “og’izdan og’izga” yoki “og’izdan burunga” usulidir, chunki bu usulda shikastlanning o’pkasiga yetarli hajmda havo yetkazib ta’minlanadi. “Og’izdan og’izga” yoki “og’izdan burunga” usuli yordam ko’rsatuvchi tomonidan shikastlanning nafas olish yo’llariga zo’rlab havo borishga asoslangan bo’lib, bu havo yuborish usuli shikastlanni nafas olish fiziologiyasiga to’g’ri keladi. Havoni doka, ro’molcha va shu kabilar orqali puflash mumkin. Bu sun’iy nafas oldirish usuli shikastlanning o’pkasioga havo kirishni, havo berilganda ko’krak hajmini kengayishi va undan keyin nafas chiqarishda kichrayishini kuzatib turishni yengillashtiradi. Sun’iy nafas oldirish uchun shikastlanni chalqanchasiga yotqazish kerak, nafas olishga xalaqit berayotgan kiyimlarini tugmalarini yechib va yuqori nafas olish yo’llarini havo o’tishi uchun bo’shatish kerak, chunki hushsiz chalqancha yotganning tili tag’nagiga tushib bu yo’llarni berkitib qo’yishi mumkin. Bundan tashqari og’ziichida begona narsalar (qusuq, joyidan tushib ketgan o’tish protezlari, agar cho’kkan bo’lsa qum, loy, o’tlar va h.z.) bo’lishi mumkin. Bularni ko’rsatgich barmoqqa ro’molcha yoki bint o’rab, shikastlanni boshini yon tomonga burib, chiqarib tashlash kerak (19-rasm). So’ngra yordam berayotgan odam shikastlanganning boshini yoniga o’tib, unig bo’yini tagiga bir qo’lini qo’yib, ikkinchi qo’lining kafti bilan peshonasiga bosib, iloji boricha boshini orqaga engashtirishi kerak (20-rasm). Shunday qilganda tilining ildizi yuqoriga ko’tarilib shikastlanning tomoq yo’li bo’shab og’zi ochuiladi. Yordam berayotgan shikastlanni yuziga egilib, ochiq og’zi bilan chuqur nafas oladi, shundan keyin lablari bilan shikastlanni ochiq og’zini maxkam qoplab unga keskin ravishda havo puflash kerak; shu bilan bir vaqtda shikastlanni burni uning peshonasiga qo’yilgan ko’lining barmoqlari bilan yoki yuzi bilan berkitib turish kerak (21-rasm). Shu paytda shikastlanning ko’kragiga nazar tashlab turish lozim, chunki uning ko’kragi ko’tarilishi kerak. Ko’krak ko’tarilgandan keyin havo puflashni Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling