Birinchi yordam bu shikastlanlarning hayoti va sog’lig’ini tiklash hamda


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/34
Sana19.06.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1620483
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34
Bog'liq
1-yordam

19-rasm. Og’iz va tomoqni tozalash. 
20-rasm. 
Sun’iy nafas oldirishni 
bajarayotganda 
shikastlan-
ganning boshini to’g’ri qo’yish 
holati. 


17 
to’xtatib, yordam beruvchi boshini ko’taradi. Shikastlandan havo o’zi sust holatda chiqa 
boshlaydi. Havo chiqishi chuqurroq bo’lishi uchun qo’l bilan ko’krak qafasini sekin 
bosib turish mumkin, bu esa o’pkadan havoni chiqishini yengillashtiradi. 
Agar shikastlanganning tomir urushi yaxshi sezilayotgan bo’lsa va unga faqat 
sun’iy nafas oldirish lozim bo’lsa, unda har sun’iy nafas oldirish orasi 5 soniya bo’lishi 
kerak. Bu esa har daqiqada 12 marta nafas olishga to’g’ri keladi. 
Ko’krak qafasini ko’tarilishidan tashqari, sun’iy nafas oldirishni yaxshi natija 
berayotganligining samarasi sifatida shikastlanganning terisi va ko’zning shilliq 
pardalarini qizara boshlashi, hamda uni hushiga kelishi va o’zi nafas olaboshlaganligida 
ko’rinadi. 
Sun’iy nafas oldirish vaqtida yordam ko’rsatayotgan odam puflayotgan havoni 
shikastlanganning oshqozoniga o’tkazmasdan, o’pkasiga o’tayotganni kuzatib turishi 
kerak. Agar havo oshqozonga o’tib ketayotgan bo’lsa qorni ko’tariladi, bunda ko’krak 
va kindik o’rtasiga ko’lning kafti bilan asta-sekin bosish kerak. Shu vaqtda qusish 
paydo bo’lishi mumkin, shuning uchun shikastlanganning og’zi va tomog’ini tozalash 
uchun boshi va yelkasini yon tomonga (yaxshisi chapga) qaratib qo’yish kerak. 
21-rasm. 
“Og’izdan-og’izga” usuli 
bo’yicha sun’iy nafas oldirish. 
22-rasm. “Og’izdan-burunga” usuli 
bo’yicha sun’iy nafas oldirish. 
Agar havo puflaganda ko’krak qafasi ko’tarilmasa unda shikastlanganning 
pastki jag’ini oldinga surib chiqarish kerak (18-rasm). 
Agar shikastlanganning jag’lari qattiq qisilib qolgan bo’lsa va og’zini ochishni iloji 
bo’lmasa, sun’iy nafas oldirishni (og’izdan burunga) usulini qo’llash kerak (22-rasm). 
Shunday baxtsiz hodisa minora kajavasida, tayanchda yoki machta ustida sodir 
bo’lib qolsa, shikastlangan odam o’zi nafas ololmasayu, tomir urishi yaxshi bo’lsa, 
sun’iy nafas oldirishni o’tirgan va tikka holda o’tkazish mumkin 
(23 va 24-rasm)
.
Bunda shikastlanganning boshini iloji boricha orqaga engashtirish yoki pastki 
jag’ini oldinga surish kerak. Qolgan harakatlar yuqorida ko’rsatilganidek bajariladi. 
Kichkina bolalarga havo ularning og’zi va burniga bir vaqtda, og’iz bilan 
bolaning og’zi va burnini qoplab puflanadi (25-rasm). Bola qancha kichik bo’lsa, unga 
shuncha kamroq havo puflash kerak. Ammo katta odamga qilinadigan puflashga 
qaraganda tezroq qilish kerak (bir daqiqaga 15-18 martagacha). Yangi tug’ilgan bolaga 
katta odamning og’ziga siqqan havo hajmi yetarli. Bolaning nafas olish yo’llarini 
zatrarlamaslik uchun puflash kuchi kamroq va keskinligi sekinroq bo’lishi kerak. 


18 

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling