Birinchi yordam bu shikastlanlarning hayoti va sog’lig’ini tiklash hamda
Qon oqish ichki tomondan bo’lganda
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
1-yordam
- Bu sahifa navigatsiya:
- Burundan qon oqganda
- Suyak singanda
Qon oqish ichki tomondan bo’lganda, hayot uchun juda xavfli bo’lib, qon
ichki bo’shliqlarga oqadi va uni to’xtatishni iloji bo’lmaydi. Bu holat shikastlanganning tashqi ko’rinishidan aniqlanadi: rangi o’chadi, teri ustida yopishib qoladigan ter chiqadi, nafas olishi tez-tez va to’liq bo’lmaydi, qon tomirini urishi tez va kuchsiz bo’ladi. Shikastlanganni yotqazib yoki yarim o’tirish holatida qo’yiladi, umumiy harakatsiz holatni ta’minlab, taxminiy qon oqayotgan joyga “sovuq” (muz yoki sovuq suv solingan rezinkali idish) qo’yib, tezlikda tibbiy xodimlarni chiqarish kerak. Agar ichki a’zolar zararlanganligi to’g’risida shubha bo’lsa, shikastlanganga suv ichirish mumkin emas. Burundan qon oqganda, qon tomoqqa o’tib ketmasligi uchun shikastlanganni o’tkazib boshini oldinga bir oz engashtirib, yoqasi tugmalarini yechib, qanshariga (ikki ko’z orasiga) sovuq malham qo’yish kerak, burnini ichiga bir bo’lak paxta yoki dokani 3% li pereoksid eritmasi bilan ho’llab kirgiziladi, hamda burun chetlarini 4-5 daqiqa davomida barmoqlar bilan qisib turiladi. 26 Og’izdan qon oqayotganda (qon bilan qusish bo’lganda) shikastlanganni yotqazib, boshini yoniga qaratib qo’yish kerak. 7. SUYAK SINGANDA, CHIQQANDA, LAT YEGANDA VA PAYLARNING UZILISHIDA BERILADIGAN YORDAM. Suyakning butunligini buzilishi suyak sinishi deyiladi. Suyak singanda shikastlangan vaziyati: o’zgartirish uchun harakat qilganda keskin og’riqni sezadi, suyak bo’limlarini o’z o’rnidan siljishi natijasida hosil bo’lgan ko’zga ko’rinarli o’zgarishlar, shishishlar paydo bo’ladi. Suyak sinishlar ochiq va yopiq holatda bo’ladi, ochiq suyak sinishi teri qoplamini buzilishida kuzatiladi. Suyak singanda shikastlanganga singan joyni qimirlamay turishini ta’minlash kerak. Bu og’riqni kamaytiradi va singan suyak bo’limlarini siljishini hamda qon tomirlari va yumshoq to’qimalarining qayta yaralanishini oldini oladi. Suyakda ochiq sinish bo’lganda oldin qon oqishni to’xtatiladi va sterilizatsiya qilingan bint bilan bog’lab qo’yiladi. Singan joyni qimirlamaydigan qilib qo’yish uchun andozali yoki ixtiyorida bo’lgan materiallardan (fanera, taxta, tayoq va hokazolar) tayyorlangan taxtakachlardan foydalaniladi. Yopiq suyak sinishida shikastlanganning kiyimlarini yechmasdan – uning ustidan taxtakach qo’yish kerak. Og’riqni kamaytirish uchun singan joyga “sovuq” (rezinka idishga solingan muz, sovuq suv yoki sovuq malham va hokazo) qo’yish kerak. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling