Birinchi yordam bu shikastlanlarning hayoti va sog’lig’ini tiklash hamda


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/34
Sana19.06.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1620483
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34
Bog'liq
1-yordam

Suyakni chiqishi – bu suyaklarni o’z bo’g’inidan chiqib, bo’g’in bo’limlari 
qisman yoki butunlay ajralib qoladigan ahvolga kelishidir. Suyak chiqqanda paydo 
bo’ladigan keskin og’riq keyin ham kamaymaydi. Suyak chiqqaning asosiy belgilari – 
bo’g’imlarni harakatlantirib bo’lmasligi, uning notabiiy holati va shishish paydo 
bo’lishidir. 
Suyak chiqqanda yoki singanda to’la holda qimirlamaslikni taxtakach 
yordamida ta’minlab, jarohatlangan joyga “sovuq” qo’yish kerak. Suyakni joyiga solish 
uchun harakat qilmasin, buni faqat vrach bajarishi mumkin. 
Shikastlanganni 
tibbiyot 
muassasalariga 
yetkazib 
borguncha 
uning 
jarohatlangan qo’l va oyoqlari yoki tananing boshqa joylarini qimirlatmay, tinch holatda 
bo’lishini ta’minlash kerak. 
Qo’l yoki oyoqlar singach yoki chiqqanda kamida ikki bo’g’inni – birini 
yuqoridan ikkinchisini pastdan taxtakach qo’yib qimirlamaydigan qilib qo’yish kerak. 
Agar yirik suyaklar singan bo’lsa, hatto uchinchi bo’g’inni ham taxtakachlanadi. 
Taxtakachni markazi singan joyga to’g’ri kelishi kerak. Taxtakach qo’yib bog’laganda 
yirik qon tomirlari, asablar va suyaklarning chiqib turgan joylarini siqib qo’ymaslikka 
ahamiyat berish lozim. Yaxshisi taxtakachni yumshoq matoga o’rab, bint bilan 
maxkamlab o’rash kerak. Taxtakachni bint, ro’mol, kamar va boshqa narsalar bilan 
mahkamlash mumkin. Agarda taxtakach bo’lmasa qo’lni tanaga, singan oyoqni ikkinchi 
oyoqqa bog’lab qo’ysa ham bo’ladi. 
Yelka suyagi chiqqanda yoki singanda taxtakachni qo’l tirsagi egilgan holda 
qo’yish kerak. Suyakning yuqori qismi jaroxatlanganda taxtakach ikki bo’g’inni – yelka 
va tirsak bo’g’inlarni, pastki qismi jarohatlanganda bilak bo’g’inlarni ham qoplashi 
lozim (37 rasm). Taxtakachni qo’lga bint bilan bog’lab qo’yib, qo’lni ro’mol yoki bint 
bilan bo’yiga osib qo’yish kerak. 


27 
Bilak suyaklari siganda yoki chiqqanda taxtakach (kaft kengligida) tirsak 
bo’g’indan barmoqlarning uchigacha qo’yiladi, shikastlanganning kaftiga paxta yoki 
bint o’ramini go’yo ushlab qo’ygandek joylashtirish kerak (38 rasm).Taxtakach 
bo’lmasa qo’lni bo’yinga ro’mol bilan osib qo’yish (39- rasm) yoki kostyum etagiga 
osib qo’yish mumkin (40- rasm). Agar qo’l chiqib tanadan ajralib turgan bo’lsa uning 
va tananing orasiga biron yumshoq (masalan kiyim o’rami ) narsa qo’yish lozim.
Panja va barmoqlar suyagi singan yoki chiqqanda kaft kengligida bilakning 
o’rtasidan boshlab, barmoqlar uchigacha bo’lgan qisimning keng taxtagachka bint bilan 
bog’lab qo’yiladi. Jarohatlangan qo’lning kaftiga yumaloq qilingan paxta yoki bint 
qo’yish kerakki, barmoqlar bir oz egilib turishga imkon bo’lsin. Qo’lni ro’mol yoki bint 
bilan bo’ynga osib qo’yiladi.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling