Birinchi yordam bu shikastlanlarning hayoti va sog’lig’ini tiklash hamda
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
1-yordam
Tashqi qon oqishni to’xtatishda turli usullar qo’llaniladi.
Qon oqish kuchli bo’lmasa (arteriya yoki venadan) yara ustini bosib bog’lash va tananing qon oqayotgan qismini ko’tarib qo’yish kerak. Bosib bog’lab qo’yish quyidagicha bajariladi: yara atrofidagi teriga yod surtiladi, yara ustiga bog’lovchi materiallar (sterilizatsiya qilingan doka, bintni bir- 23 necha qatlam qilib) hamda paxta qo’yiladi va qattiq bosib bog’lab qo’yiladi. Agar qon oqishi to’xtamasa, unda bog’langan materiallarni olmasdan turib, ustiga paxtani yumaloq qilib qo’yiladida bir necha qatlam doka bilan yana qattiq bog’lab qo’yish kerak. yaralangan qo’l yoki oyoqni balandroq ko’tarib qo’yish kerak. Kuchli qon oqishini tezda to’xtatish uchun, qon oqayotgan tomirni yaralangan joydan teparoq qismiga suyakka qarab bosishkerak (qon oqib kelayotgan taraf bo’yicha). 32-rasm qizil qon tomirlarini suyakka bosilganda ko’proq natija beradigan joylarni nuqtalab bilan ko’rsatilgan. Tananing yaralangan joylaridan oqayotgan qonni to’xtatish: - peshona va chakkalarda – quloq oldidan o’tgan chakkadagi qil qon tomirini bosib (1-nuqta); - boshni orqasida – gardandagi qizil qon tomirini bosish (2-nuqta); - bosh yoki bo’yindagi uyqu qon tomirlarini bo’yin suyaklariga bosib (3 va 4- nuqta); - yelka (yelka bo’g’inlari yaqinida) va qo’ltiq tagidagi o’mrov qon tomirini o’mrov suyagiga bosib (5-nuqta); - blakda – qo’ltiq tagidagi (6-nuqta) yoki yelka qon tomirini (7-nuqta) yelkaning ichki tomonidan bosib; - kaft va barmoqlarda – nurli yoki tirsak qon tomirini, bilakning payidagi kaftni, bosib (8 va 9- nuqta); - sonda – chotdan o’tgan qon tomirini bosib (10- nuqta); - boldirda – sonning o’rtasidagi son qon tomirini (11-nuqta) yoki tizza tagidagi qon tomirini bosib (12-nuqta); - tovon va oyoq barmoqlari – tovon orqasidagi qon tomirni (13-nuqta) yoki boldirning yo’g’on suyagidagi qon tomirni bosib (14-nuqta) amalga oshiriladi. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling