Birinchi yordam bu shikastlanlarning hayoti va sog’lig’ini tiklash hamda


Elektr yoyidan kuyganda va elektr tokidan shikastlanganda


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/34
Sana19.06.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1620483
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34
Bog'liq
1-yordam

Elektr yoyidan kuyganda va elektr tokidan shikastlanganda (kuyish 
maydonidan qat’iy nazar) shikastlanganni tibbiyot muassalariga olib borish zarur, 
chunki bu vaziyat elektr tokini odam a’zosiga qanday ta’sir etganligi xususiyatlariga 
bog’liqligi sababli, u doim vrach nazoratida bo’lishi shart. Jarohatlanish sodir bo’lgan 
vaqtdan bir necha soat, hatto bir necha kun o’tgandan keyin ham yurak urishi to’xtab 
qolishi mumkin. 
Kim’yoviy kuyishda to’qimalarning shikastlanish chuqurligi ma’lum darajada 
kim’yoviy moddalarning qancha vaqt ta’sir qilganliga bog’liq. Eng muhimi mumkin 
qadar tezlik bilan kim’yoviy moddalarni quyuqligini (kontsentratsiyasini) va uni ta’sir 
qilish vaqtini kamaytirish. Shuning uchun jarohatlangan joyni ko’p miqdorda sovuq suv 
bilan 15-20 daqiqa yuvish kerak. 
Agar kislota yoki ishqor teriga kiyim ustida tushgan bo’lsa, unda oldin kiyimni 
ustini suv bilan yuvib, ehtiyotlik bilan uni qaychi bilan kesib tashlab, shikastlanganni 
ho’l kiyimlarni yechib olinadi, so’ng terini suv bilan, yuvish kerak. 
Agar odam badaniga sulfat kislota yoki ishqor moddasi qattiq (kristall) holatda 
tushgan bo’lsa, uni quruq paxta yoki toza mato bilan olib tashlab, jarohatlangan joyni 
suv bilan yuvib, ustiga quruq sterilizatsiya qilingan mato qo’yib bog’lash kerak. 
Kim’yoviy kuyishda kim’yoviy moddalarni butunlay yuvib tashlashning iloji 
yo’q. Shuning uchun yuvilgandan keyin, jarohatlangan joyni tegishli neytrallashtiruvchi 
eritmalar bilan malham sifatida yuvib tashlanadi (yoki bog’lab qo’yiladi). 
Bulardan keyin beriladigan yordam, xuddi termik kuyishda beriladigan 
yordamdek bajariladi.
Kislota ta’sirida kuygan teri ustini ichiladigan soda eritmasi (bir choy 
qoshig’idagi soda bir stakanli suvga) bilan malham qilib yuviladi (yoki bog’lab 
qo’yiladi). 
Kislota suyuqlik, bug’ yoki gaz holatida ko’z yoki og’izga tekkan bo’lsa ularni 
ko’p miqdordagi suv bilan yuvib, so’ngra ichiladigan soda eritmasi (yarim choy 
qoshig’idagi soda bir stakan suvga) bilan yuviladi. 
Agar teri ishqor ta’sirida kuygan bo’lsa bornaya kislota eritmasi (bir choy 
qoshig’idagi kislota bir stakanli suvga) yoki sirkaning kuchsiz eritmasi (oshxona sirkani 
yarim suv bilan aralashtirilgan) bilan yuvish lozim. 
Ishqorning tomchilari yoki uni bug’i ko’z va og’izga tegsa jarohatlangan joyni 
ko’p suv bilan ko’p marta yuvish kerak, so’ng bornaya kislota eritmasi (yarim choy 
qoshig’idagi kislota bir stakan suvga) bilan yuviladi. 
Agar ko’zga kim’yoviy moddalarning qattiq bo’laklari tushib qolgan bo’lsa, 
ularni namlangan tompon yordamida olib tashlanadi. Agar ko’z yuviladigan bo’lsa ular 
ko’zning shilliq pardalarini yaralab, qo’shimcha jarohat berishi mumkin. 
Agar kislota yoki ishqor qizil o’ngachga tushib qolgan bo’lsa tezda vrach 
chaqirilishi kerak. U yetib kelguncha shikastlanganni yopib qo’yish kerak, og’riqni 
kamaytirish uchun qorin ustiga “sovuq” qo’yish kerak. 


32 
Agar shikastlanganda nafas qaytish bekgilari paydo bo’lsa “og’izdan burunga” 
usuli bilan sun’iy nafas oldirish kerak, chunki og’izdagi shilliq pardalar kuyib ketgan 
bo’ladi. 
Qizilo’ngachga tushgan kislota yoki ishqorni neytralizatsiya qilish yoki 
oshqozonni suv bilan yuvib, qusishni keltirish mumkin emas, chunki kuydiruvchi 
suyuqlik qaytayotib, shilliq pardalarni yana jarohatlantirishi va tomog’da shish paydo 
qilishi mumkin. 
Shikastlanganning qizilo’ngachiga tushgan kislota va ishqorning kuydirish 
ta’sirini kamaytirish uchununga uch stakangacha suv berish mumkin. Sut yoki suvga 
aralashtirilgan tuxumning oqini (12 ta tuxum bir litr suvga) ichirilsa yaxshi natija 
beradi. 
Terining ko’p joyi kuygan bo’lsa, shuningdek ko’zga kislota va ishqor tushsa, 
shikastlanganga birinchi yordam ko’rsatilgandan sng tezda tibbiy muassasalarga 
yuborish kerak. 
9. SOVUQ URGANDA BERILADIGAN YORDAM. 
Past harorat natijasida to’qimalarni jarohatlanishi – sovuq urush deyiladi. 
Past harorat ta’sirida to’qima halokat bo’lmay balki ularda hayot harakatlari 
susayib boradi. To’qimalarni harorati qancha qancha past bo’lsa ularning tiriklik 
faoliyatini ta’minlovchi almashlash jarayonlar shuncha kamaya boshlaydi (harorat 19 
0

da almashlash jarayonlari deyarli to’la to’xtaydi, 10 
0
C da esa qon yurishi to’xtaydi). 
Almashlash jarayonlarini susayishi to’qimalar hayotiga kerak bo’gan talablarini 
kamaytiradi, lekin ularni jarohatlanishiga olib bormaydi. 
Sovuq urgan to’qimalarni bir tekis holatda isitilmasa halok bo’ladi. 
Sovuq urish sabablari turli xil bo’ladi va ma’lum sharoitlarda (sovuqni uzoq 
vaqt ta’sir etishi, shamol, yuqori namlik, tor va ho’l poyavzal harakatsiz holat
shikastlanganni umumiy ahvoli yomonligi – kasallik, darmon qurishi, mastlik, ko’p qon 
yo’qotish va boshqalar) sovuq urishi hatto harorat 3-7 
0
C bo’lganda ham sodir bo’lishi 
mumkin. Barmoqlar, kaftlar, tovonlar, quloqlar va burunlar sovuq urushiga ko’proq 
duchor bo’ladi. 
Yordam berilayotganda eng asosiysi – sovuq urgan joylarni tez isitishga yo’l 
qo’ymaslik, chunki ularga issiq havo, issiq suv, issiq narsalarni va hatto issiq qo’lni 
tegishi ham zarar yetkazishi mumkin. Shikastlanganni isitiladigan xonaga olib kirishdan 
a’zoning sovuq urgan qismlarini (ko’pincha qo’l va oyoq) issiqlik ta’siridan ehtiyot 
qilish kerak. Buning uchun shu joylarni issiqlikni izolyasiya qiluvchi boylamalar (paxta-
doka, junli mato va boshqalar) bilan terining sog’ joylariga tegmasdan, faqat oqorgan 
joylarini o’rab qo’yish kerak. Aks holda qon almashishi buzilmagan badan qismlaridan 
sovuq urgan joyga issiq o’tib, sovuq urgan joylarni yuza tomondan isitib, yuza 
to’qimalarni halok bo’lishiga olib keladi. 
Issiqdan izolyatsiya qiluvchi o’ram qo’yilgandan keyin sovuq urgan oyoq va 
qo’llarni qimirlamaydigan qilib qo’yish kerak, chunki ularning qon tomirlari juda nozik 
va qon yurishi tiklanganda qon quyilishi mumkin. Shuning uchun taxtakach va ixtiyoda 
bo’lgan boshqa materiallar, ya’ni qattiq karton, fanera, taxtalardan foydalanish mumkin. 
Tovon uchun ikkita taxta ishlatilishi kerak: bittasi boldirdan songacha – boshqasi tovon 
uzunligicha. Ularni 90
0
li burchakda mahkam qilib o’rnatiladi. 


33 
Sovuq urgan joylarga boylangan bog’lamalarni issiqlik sezilguncha va ularning 
sezgirligi tiklanguncha saqlab turish kerak. 
A’zodagi issiqlikni tiklash jarohatlanganning qon aylanishini yaxshilash uchun 
issiq shirin choy ichirish lozim. 
Qattiq sovuq qotish natijasida odam hushini yoqotsa, vrach yetib kelguncha 
ko’rsatiladigan yordamning asosiy qoidasi – shikastlanganni issiqlikni izolyatsiya 
qiluvchi o’ram bilan oyoq va qo’llarni o’rab, undan so’ng issiq binoga olib kirishdir. 
Agar shikastlanganning oyoq kiyimlari muzlab qolgan bo’lsa, ularni yechmay uni palto, 
paxtalik yoki ixtiyoridagi boshqa materiallar bilan o’rab qo’yish kerak. Shikastlanganni, 
orab qo’yilgan narsalarni yechmagan holda, tezlik bilan eng yaqin tibbiyot muassasiga 
olib borish lozim. 
10. BEGONA NARSALAR BADANNING TO’QIMA VA 
A’ZOLARIGA TUSHGANDA KO’SATILADIGAN YORDAM. 
Begona narsalar tomoqqa, qizilo’ngachga, nafas olish yo’llariga, ko’zga, teri 
tagiga va boshqa joylarga tushib qolishi mumkin. 
Tomoqqa, qizilo’ngachga va nafas olish yo’llariga ovqatlanganda baliq 
qiltanog’i va go’sht suyaklari hamda to’niog’ichlar, knopkalar, mayday mixlar va 
boshqalar, shuningdek tishni orasida ish vaqtida ushlab turadigan narsalar kirib qolishi 
mumkin. Bu holda og’riq, nafas olishning qiyinlashishi, yo’tal xuruji va hatto bo’g’ilish 
paydo bo’lishi mumkin. Begona narsalarni oshqozonga o’tkazib yuborish uchun 
yeyiladigan qattiq non, quyuq ovqat, kartoshka ham kerakli natija bermaydi. Shuning 
uchun bunday hodisa ro’y berganda albatta tibbiyot muassasalariga murojaat qilish 
kerak. 
Begona narsalarni mayda bo’laklari (metal, tosh, yog’och qirindilari, qum, 
hasharot va boshqalar) ko’zga tushsa og’riq, yosh oqishi paydo bo’lib, ko’zni

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling