Birinchi yordam bu shikastlanlarning hayoti va sog’lig’ini tiklash hamda


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/34
Sana19.06.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1620483
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34
Bog'liq
1-yordam

Hushidan ketganda shikastlangan odamdan ko’p ter chiqadi, qo’l va oyoqlari 
muzlaydi, qon tomirini urishi tez va kuchsiz, nafas olish yuzaki bo’lib, terisining rangi 
oqarib qoladi. 
Yordam berayotganda shikastlanganni chalqanchasiga shunday yotqizish 
kerakki, boshi tanasidan pastroq bo’lsin, nafas olishiga xalaqit berayotgan kiyimlari 
tugmasini yechib, toza havo kelishini ta’minlash, yuziga suv sepish, so’ngra novshadil 
spirtida ho’llangan paxtani hidlatiladi va yuziga yengilgina shapaloq urish kerak. 
Shikastlangan hushidan ketganda qusish paydo bo’lishi mumkin, shuning uchun uni 
boshini yoniga qaratib qo’yish kerak. Boshiga muz va sovuq malhamlar qo’yish kerak 
emas. Shikastlangan hushidan ketay deb turgan bo’lsa unga sovuq suv yoki issiq choy 
ichirish zarur. 
Odam a’zosi ortiq darajada isib ketishi natijasida miya qon ko’p kelganda 
issiqlik va oftob urishi sodir bo’ladi. Bu holat issiqlik muvozanati buzilganda, ya’ni 
tashqaridan kelgan va a’zodan chiqqan issiqlik qandaydir sabab bilan tarqalmaganli-
gidan yuzaga keladi. Atrofdagi havoning harorati va namligi baland, kiyilgan kiyimlar 
namligi baland, kiyilgan kiyimlar nam o’tkazmaydigan (rezinali, brezentli) bo’lsa, bular 
isib ketishga olib kelishi mumkin. Og’ir ish qilish, mastlik, kam uxlash, suv ichish 
me’yori va ovqat iste’mol qilish me’yorlarining buzilishi ham isib ketish sabablaridan 
bo’lishi mumkin. 
Issiqlik urganda odam o’zini yomon seza boshlaydi, madorsizlik paydo 
bo’ladi, qattiq issiqlik sezadi, teri ustilari qizaradi, ko’p ter oqadi (tomchilab), yurak tez-
tez ura boshlaydi, nafas qisiladi, chakkalardagi qon tomiri urib, og’irlik paydo bo’ladi, 
bosh aylanib bosh og’rig’i boshlanadi, ko’ngil aynib ayim vaqtlatda qusish paydo 


35 
bo’ladi. Tananing harorati 38-40
0
gacha ko’tarilishi mumkin. Qon tomirini urishi har 
daqiqada 100-120 gacha yetadi. 
Issiqlik urishi odam a’zosida haddan tashqari issiqlik yig’ilishi (tana issiqligi 
41-42 
0
C gacha va undan ham oshiqroq bo’ladi), ong xiralashuvi va hattoki hushidan 
ketib qolishi, mushaklarning turli guruhlarini tomir tortishi, nafas olish va qon 
almashishning buzilishi bilan xarakterlanadi. Alahlash va yo’q narsalarni ko’rish 
(gallyutsinatsiya) paydo bo’lishi mumkin. Teri qurib issiq bo’lib qoladi, til ham qurib 
qoladi, qon tomirini urishi ipsimon va notekis bo’ladi. 
Agar issiqlik urganda vaqtida yordam berilmasa, o’lim holati sodir bo’lishi 
mumkin. O’lim nafas olish va qon almashishning buzilishi sababli bo’ladi. 

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling