Birinchi yordam bu shikastlanlarning hayoti va sog’lig’ini tiklash hamda
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
1-yordam
Ovqatdan zaharlanganda (zaharli qo’ziqorin, o’simliklar, buzilib qolgan
ozuqalar) shikastlanganda bosh og’rig’i, qusish, qorin og’rig’i, umumiy bo’shashish paydo bo’ladi. Bazan ich ketib issig’i ko’tariladi. Shikastlanganda yordam berish asosan uni oshqozonning yuvishdir. Unga uch – to’rt sitakan suv yoki nordon marganisli kaleyning pushtirang eritmasini ichirib, qustirgandan keyin aktivlashtirilgan ko’mir eritmasini (ikki – to’rt choy qoshiq ko’mirni bir sitakan suvga) ichirish kerak. So’ng shikastlanganganga iliq choy ichirib, issiq qilib o’raladi va tibbiyot xodimlari kelguncha yotqazib qo’yiladi. Nafas olish va qon almashish buzilsa, vaqtni o’tkazmay sun’iy nafas oldirish va yurakni tashqaridan uqalashni boshlash kerak. 13. HAYVONLAR VA ZAHARLI HASHOROTLAR TISHLAGANDA VA CHAQQANDA KO’RSATILADIGAN YORDAM. Zaharli ilon va hashoratlar chaqqanda bosh aylanish, ko’ngil aynishi, qusish, og’iz qurib taxir maza paydo bo’lib, yurak tez-tez uarboshlaydi, issiqlik, nafas qaytish va uyquga tortish holatlari paydo bo’ladi. Ayrim og’ir holatlarda tomir tortishish, hushdan ketish, nafas olishni to’xtashi ko’rinadi. Chaqqan joyda qattiq og’riq, terining qizarishi va shish paydo bo’ladi. Ilon chaqqanda ko’rsatiladigan birinchi yordam (iloji boricha tezroq) yaradan zaharni so’rib olishdir. Har bir so’rishdan so’ng tuflab tashlanadi. Shikastlanganni badaniga zahar tarqalmasligi uchun uni qimirlatmaslik lozim. Agarda yordam ko’rsatayotgan odamning og’zi (labi) shilingan bo’lsa ham zaharni so’rib olish uchun xavfli emas. Ilon chaqqan oyoqni sog’ oyoqqa bog’lab, tagiga biror narsa to’shab, ko’tarib qo’yish kerak. Chaqilgan qo’lni egib qimirlamaydigan qilib qo’yiladi. Shikastlanganga ko’p miqdorda ichimlik (yaxshisi issiq choy) ichirish kerak. Chaqilgan joyni bog’lash, zaharni chiqarish uchun kesish, kuydirish, 37 mast qiluvchi ichimliklar ichish mutlaqo zararlidir. Shikastlanganni tibbiyot muassasalariga yotqizilgan holtda olib boorish kerak. Hashorotlar (asal arilar, qovoq arilar) chaqqanda agarda nayzasi terida qolgan bo’lsa uni olib tashlab, shishgan joyga “sovuq” qo’yib (muz, sovuq suv solingan garelka, sovuq suvga ho’llangan mato), ko’p miqdorda suv ichirish kerak. Shikastlanganga mast qiluvchi ichimliklar ichish mumkin emas, chunki u qon tomirlarigazahar o’tishiga va to’qimalarda zahar turib qolib, shishni kuchaytirishiga sabab bo’ladi. Hasharotlar zahariga o’ta ta’sirchan odamlarda (allergiya reaksiyasi) hashorot chaqqanda tomog’i va tili shishshi, anafilaktik shok (hushidan ketish, yurak tomirlarini, asab sistemasi va boshqa a’zolarning faoliyati buzilishi) rivojlanishi mumkin. Bu holatda shikastlanganga 1-2 dona dimedrol tabletkasi va 20-25 tomchi kardiamin ichirib, issiq suv solingan garelkalar bilan o’rash va tezlik bilan tibbiyot muassasalarga yetkazish kerak. Nafas olishi buzilib yurak urishi to’xtab qolsa, sun’iy nafas oldirib yurakni tashqaridan uqalash zarur. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling