Birinchi yordam bu shikastlanlarning hayoti va sog’lig’ini tiklash hamda


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/34
Sana19.06.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1620483
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
1-yordam

Hayvonlar tishlashi. Agar tishlagan hayvon tashqi ko’rinishida mutlaqo 
sog’ ko’rinsa ham yaralangan va timdalangan teri atrofiga yod surish va 
sterilizatsiya qilingan bog’lov qo’yish kerak. Shikastlanganni qutirishiga qarshi 
qilinadigan emlash davrini o’tkazish uchun tibbiyot muassasalariga yuborish 
lozim. 
Quturgan hayvonning so’lagi terisi ustiga, burniga, ko’ziga va og’ziga 
tekkan odamlarni ham vrach ko’rigidan o’tkaziladi. 
14. SUVGA CHO’KKANDA KO’RSATILADIGAN YORDAM. 
Cho’kkanda ko’rsatiladigan birinchi yordam chokishning turiga bog’liq. 
Cho’kishni ikki turini ajatishadi: ko’kargan turida (ko’kargan asfiksiya) suv 
o’pkani to’ldirib qo’yadi, oqarish turida (oq asfiksiya) esa suv o’pkaga kirmagan 
bo’ladi. 
Cho’kishning ko’karganturi ko’proq uchraydi va bunda cho’kayotgan suv 
tagiga birdan tushib ketmasdan, ko’p kuch sarf qilib, suv ustida qolish uchun 
harakat qiladi. Bu vaziyatda uni nafas olishi betartib bo’ladi. Nafas olayotganda 
ko’p suv yutib, oshqozonni to’ldirib yuboradi. Bu tanani og’irligini oshirib, nafas 
olishni qiyinlashtiradi. Kislorod yetishmasligi – gipoksiya rivojlanadi. Odam suvga 
cho’ka boshlab nafas olishni beixtiyor to’xtatib qo’yadi. Kuchayib borayotgan 
gupoksiyhushidan ketishiga olib boradi va terini ko’karishiga sabab bo’ladi. O’pka 
shishishi rivojlanganda, og’iz va burundan ko’pik chiqib, yurak urish to’xtab 
qoladi. 
Cho’kishning oqarih turi o’z hayotini saqlab qolish uchun kurashmasdan, 
tez suv tagiga tushib ketayotganlarda yoki hushidan ketgan holda chokayotgan-
larda bo’ladi. Sovuq suvga tushib ketganlarda nafas olish va yurak urishi birdan 
to’xtab qoladi. Tomoqqa tushgan suv ovoz bo’g’inini va nafas olish yo’llarini 
refleks holatda yopilib qolishiga olib boradi. Bunda suv o’pkaga tushmaydi. 
Cho’kishning ko’kargan turi sodir bo’lganda shikastlanganni suvdan olib chiqish bilan 
oldin nafas olish yo’llaridan suvni chiqarish kerak. Qutqaruvchi o’z tizzasiga 
shikastlanganni qorni bilan shunday yotqizishi kerakki uning ko’krak qafasini past 
qismi tizza ustida, tanasining yuqori qismi va boshi pastga osilib turishi kerak. Bir 


38 
qo’lini shikastlanganni og’zini ochish uchun dahaniga bosish yoki boshini ko’tarish, 
ikkinchi qo’li bilan esa uning orqasiga (bir necha marta) keskin bosib, suv chiqib 
ketishiga yordam berish kerak (47-rasm). Suv oqib tushishi to’xtagandan keyin 
shikastlanganni chalqancha yotqazib, og’zini tozalash va sun’iy nafas oldira boshlash 
kerak. Agar shikastlanganning uyqu qon tomiri urmayotgan, ko’z qorachig’i kengaygan 
bo’lsa, tezlikda yurakni tashqaridan uqalashni boshlash kerak. 

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling