Birinchi yordam bu shikastlanlarning hayoti va sog’lig’ini tiklash hamda


Shikastlanganganni elektr tarmoqlari


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/34
Sana19.06.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1620483
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
1-yordam

Shikastlanganganni elektr tarmoqlari 
tayanchidan tushirish. 
Elektr tarmoqlari tayanchida ishlab turgan vaqtda baxtsiz hodisa bo’lsayu, 
shikastlangan hushidan ketib qolsa, uni tezlikda tayanchdan olib tushishni bilish zarur. 
Buning uchun elektr tarmoqlarida ishlayotgan brigada maxsus moslamalar bilan 
ta’minlangan bo’lishi kerak: 
- tayanchga maxkamlaydigan moslamasi bo’lgan bir g’ildirakli blok; 
- kapron yoki ip-gazlamadan bo’lgan, diametri kamida 10 mm va uzunligi 
tayanch uzunligidan kamida ikki barobar uzunlikdagi arqon (20 metr va 
undan uzunroq); 
- elektr tarmog’idagi kuchlanishiga moslangan, tegishli elektrdan himoya 
qiluvchi moslamalar. 
Shikastlanganni tayanchdan tushirish uchun mo’ljallangan, ichiga arqon 
qo’yilgan blok ishlatishga tayyor holatda turishi kerak. 
Shikastlanganni tayanchdan tushirishdan oldin yordam beruvchini elektir 
tokidan jaroxatlanishini va yuqoridan yiqilib tushishini olsak: oluvchi tadbirlar 
qo’yiladi. Elektir tokidan jarohatlanishni oldini olish ushun ”elektir uskunalarda 
ishlayotganda xafsizlik texnikasi qoidalarida” ko’rsatilgan elektr kuchlanishi ostida 
bo’lgan, elektr tarmoqlarining simlariga yaqinlashish mumkin bo’lgan masofani saqlab 
turish kerak. Agar yaqinlashish mumkin bo’lgan masofani saqlashga iloj bo’lmasa, 
elektr tarmog’ini o’chiruvchi apparatlar bilan yoki 20 kV gacha bo’lgan elektr 
tarmog’iga sun’iy qisqa ulashni tashkil qilish uchun sim tashlab o’chirilishi kerak. 
Shikastlanganni yoniga maxsus mexanizmlar (minora) yoki tayanchga chqish uchun 
ishlatiladigan moslamalardan (tirnoqlar) foydalanib chqish mumkin. Montyor belbog’i 
va himoya qiluvchi kaskadan foydalanish zarur. 
Tayanchga chqayotganda shikastlanganni tushirish uchun tayyorlangan g’ildirak 
blokni (yig’ilgan holda) olib chiqish kerak. Blokni shikastlangandan yuqorida bo’lgan 
tayanchning konstruktiv qismlariga (travers, ilmoqlar va b.) mustahkam qilib ilish 
kerak. So’ngra arqonning bir uchini shikastlanganning montyor belbog’iga boylash yoki 
qo’ltiqlari tagidan shunday o’tkazib bog’lash kerakki, uni tushirayotganda tik holatda 
bo’lib, boylangan arqondan sirg’anib tushib ketmasin. Arqonning ikkinchi uchini yerga 
tashlash kerak. Tushilayotganda, shikastlanganni qo’shimcha jarohatlanishdan saqlash 
uchun, qo’shimcha tormoz beruvchi kuchni tashkil qilish maqsadida, yerga tushayotgan 
arqonning uchini tayanchning dumaloq qismlariga 1-2 marta aylantirib qo’yish 
kerakdan (travers, ilmoq va b.). 
Tayanchga chiqib, tezlik bilan shikastlanganni ahvolini aniqlash, agar tiriltirish 
tadbirlarini bajarish kerak bo’lsa uning o’pkasiga ikki marta havo puflab, so’ng tezlik 
bilan uni yerga tushirish kerak. Buning uchun yerda turgan odam arqonni tortib
shikastlanganni bir oz ko’tarilishi kerak. Bu u osilib qolgan tirnoq va montyor 
belbog’idan uni ozod qilish uchun imkon beradi. Sikastlanganni tayanchdan ajratib 
olingach, tez va ehtiyotlik bilan yerga tushirish va birinchi yordam ko’rsatishni davom 
ettirish kerak. 


41 

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling