Birinchi yordam bu shikastlanlarning hayoti va sog’lig’ini tiklash hamda


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/34
Sana19.06.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1620483
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
1-yordam

 
47-rasm. Shikastlanganni 
o’pkasi va 
oshqozonidan 
suvni tashqariga 
chiqarish. 
Cho’kishni oqarish turi sodir bo’lganda shikastlanganni suvdan olib chiqilishi 
bilan tiriltirish tadbirlarini boshlash kerak (sun’iy nafas oldirish va yurakni tashqaridan 
uqalash).
Yordamchilar bo’lsa, ular shu vaqtda shikastlanganni badanini ishqalab 
isitishlari kerak. 
Shikastlangan nafas ola boshlanganda, unga novshadil spirtini hidlatish kerak. 
Agar shikastlangan hushiga kelgan bo’lsa, unga 20 tomchi valeriana dorisini ichiriladi. 
Ustiga quruq kiyim kiygazib, issiq qilib o’raladi. Achchiq choy ichirib, tibbiyot 
xodimlari kelguncha tinch holatni to’la ta’minlash lozim bo’ladi. 
15. SHIKASTLANGANNI KO’CHIRISH VA TASHISH QOIDALARI 
Baxtsiz hodisa sodir bo’lganda shikastlanganga birinchi yordam ko’rsatishdan 
tashqari uni tez va ozorlantirmasdan eng yaqin tibbiyot muassasalariga yetkazish kerak. 
Ko’chirish va tashish qoidalariga reoya qilmasa shikastlanganga tuzatib bo’lmas zarar 
yetkazish mumkin. 
Shikastlanganni ko’tariyotganda, ko’chirayotganda va transport vositalarida olib 
borilayotganda uni qulay holatda bo’lishiga, silkitmaslikka harakat qilish kerak. Agar 
zambil bo’lmasa, yordam ko’rsatayotganlar shikastlanganni qo’lda ko’chirayotgan 
bo’lsa, oyoqlarini bir oz egib, mayday va bir tekis qadam tashlab yurishlari kerak. 


39 
Shikastlanganni zambilga ko’tarib qo’yishni kelishib olib, bir harakatda bajarish 
kerak. Shikastlanganni sog’ tomonidan ko’tarish lozim, buning uchun yordam 
ko’rsatuvchilar bir tizzasida turib shikastlanganning boshi, orqasi, oyoqlari va soni 
tagidan qo’llarini shunday o’tkazishlari kerakki, barmoqlari badanning narigi tomonidan 
ko’rinib tursin. Tizzada turgan holatda uni bir oz ko’tarib, zambilni ikkinchi odam 
uning tagiga qo’yishi kerak. Bunday holat ayniqsa suyaklar singanda muhim, chunki 
ikkinchi odam albatta singan joyni ushlab turishi shart. 
Boshidan yaralanganda, bosh suyaklari va miyasi, umurtqa va orqa miyasi 
jarohatlanganda, tos suyaklar va oyoqlari singanda, shuningdek qorni jarohatlanganda 
shikastlanganlarni transport vositalarida chalqancha yotqazgan holda tashish kerak. 
Nafas olish yo’llariga qusiq va qon tushib qolmasligi uchun shikastlanganni boshini 
yoniga qaratib qo’yish kerak. 
Umurtqa jarohatlanganda shikastlanganni ko’chirish uchun zambilning matosi 
ustiga keng taxta va taxtaning ustiga esa kiyimlar qo’yib shikastlanganni 
chalqanchasiga yotqazish kerak. Agar zambilga qo’yish uchun taxta bo’lmasa 
shikastlanganni qorni bilan yotqazish kerak. 
Pastki jag’ suyaklari singan bo’lib, shikastlanganni nafasi siqilsa qorni bilan 
yotqazish lozim. 
Qorni 
jarohatlanganda 
yoki 
tos 
suyaklari 
singanda 
shikastlanganni 
chalqanchasiga “qurbaqa” holatida yotqazib qo’yish kerak. 
Ko’krak qafasi jarohatlanganda shikastlanganni yarim o’tirgan holatda, orqasiga 
kiyimlar qo’yib tashish kerak. 
Tekis joyda shikastlanganni oyog’ini oldinga qilib olib borish kerak. Agar 
balandlikka yoki zinadan chiqish kerak bo’lsa, shuningdek shikastlangan hushidan 
ketgan bo’lsa, unda boshini oldinga qilib ko’chirish lozim. Zambil bir tekisda turishi 
uchun pastda turgan yordam beruvchilar uni bir tomonini ko’tarib turishlari kerak. 
Zambilni tekis yurishi va silkitmaslik uchun yordam beruvchilar bir tekis qadam 
bosmasdan mayda qadam tashlab yurishlari kerak. 
Zambilda ko’chirilayotganda shikastlanganni holatiga qarab, bog’lab qo’yilgan 
bog’lov va taxtakachlarni nazorat qilib turish kerak. Uzoq joyga ko’chirilayotganda 
shikastlanganni yotish holatini o’zgartirib turish, boshi tagiga qo’yilgan narsalarni 
to’g’rilab turish, chanqovini bostirib turish (faqat qorni jarohatlanmaganda), sovuqdan 
va qor-yomg’irdan himoya qilib borish lozim. 
Shikastlanganni zambildan olayotganda harakatlar xuddi uni qo’yayotgandagi 
harakatlarga o’xshsh. Shikastlangan yotgan zambilni uzoq masofaga olib borish kerak 
bo’lsa, unda yordam beruvchilar zambilga boylangan tasmalarni bo’yinlaridan o’tkazib 
qo’yishlari lozim. 
Og’ir jarohatlanganni arava yoki mashinaga zambildan olmasdan uning tagida 
poxol, pichan solib o’zi bilan qo’yish yaxshiroq bo’ladi. Transport vositalari ehtiyotlik 
bilan silkinmasdan harakat qilishlari kerak. 


40 
1 ilova 
(tavsiya sifatida) 

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling