Birinchi yordam bu shikastlanlarning hayoti va sog’lig’ini tiklash hamda
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
1-yordam
45-rasm. Ko’zni ko’rish:
a) pastki kipriklarni egish; b) yuqori kipriklarni ko’tarish 46-rasm. Ko’z jarohatlanganda bog’lab qo’yish. jarohatlashga va ko’rish qobilyatini buzishga olib kelishi mumkin. Agar ko’zga zarracha tushsa, uni suv oqizib yuviladi (stakandan, paxtadan yoki dokadan, suv idishga mo’ljallangan favvoradan). Bunda suvni ko’zning tashqari tomonidan (chakkadan) ichki 34 tomonidan (burunga) qaratib oqizish kerak. Ko’z qovog’ini qayirib namlangan paxta yoki toza dastro’mol bilan zarrachani olib tashlash mumkin (45-rasm). Ko’zni ishqalash man etiladi. Ko’zni shoh pardasiga tushgan zarrachani faqat tibbiyot xodimlari olishi mumkin. Bu ishni ilojicha tezroq bajarish kerak, chunki zarracha shoh pardasini qancha ko’p vaqt davomida shikastlasa, shuncha asorati ko’p bo’lishi, hattoki yara paydo bo’lishigacha olib keladi. Ko’zga quriq sterilizatsiya qilingan bog’lama qo’yib (46-rasm) shikastlanganni iloji boricha tezroq tibbiyot muassasiga yuborish kerak. Yumshoq to’qimalarga (teri va tirnoq tagiga) kirib qolgan begona narsalarni xavfligi shundaki, ular bilan birga to’qimalarga mikroblar kirib, uni atrofida yallig’lanishni paydo qiladi. Yumshoq to’qimalarga kirib qolgan begona narsalarni oson va to’la olishga ishonch bo’lsa, olib tashlash mumkin. Olishda ozgina qiyinchilik tug’ilsa ham vrachga murojaat qilish kerak. Begona narsa olingandan keyin, o’rniga yod surib, sterilizatsiya qilingan bog’lov qo’yiladi. 11. HUSHDAN KETGANDA, ISSIQLIK VA OFTOB URGANDA BERILADIGAN YORDAM. Hushidan ketish – bu to’satdan, qisqa muddatga esni yo’qotish holati (bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha), miyadan to’satdan qon ketib qolsa sodir bo’ladi. Hushidan ketishdan oldin odatda bosh aylana boshlaydi, ko’z oldi qorong’ilashadi, quloq zing’illaydi, ayrim vaqtlarda ko’ngil aynib, qusish boshlanadi. Hushdan ketish qo’rqib ketish, kuchli og’riq, qon oqishi, kishi keskin holda yotiq holatdan tik holatga o’tish natijasida sodir bo’lishi mumkin. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling