Birinchi yordam bu shikastlanlarning hayoti va sog’lig’ini tiklash hamda
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
1-yordam
Oftob urishi odam quyosh nurlari ostida bosh kiyimsiz uzoq vaqt turib qolsa
sodir bo’ladi. Oftob urishining belgilari issiq urgandagi belgilarga o’xshash bo’ladi. Issiqlik va oftob urganda beriladigan yordam quyidagilardan iborat: shikastlanganni mumkin qadar tezroq salqin joyga joylashtirish; uning boshi tagiga kiyimlar o’ramini qo’yib, chalqancha yotqazib qo’yish; kiyimlari tugmasini yechish yoki butunlay yechib tashlash; boshi va ko’kragini sovuq bilan ho’llash; qon tomirlari ko’p bo’lgan joylarga – chot orasiga, tizza va qo’ltiq taglariga, boshga (peshona, garden va bosh tepasi) sovuq suvdan malham yoki muz qo’yish kerak. Agar odamning hushi o’zida bo’lsa, unga achchiq sovuq choy yoki namakob ichirish mumkin. Agar shikast langanning nafas olishi buzilgan va qon tomirlarini urishi yo’q bo’lsa, unda tiriltirish tadbirlarini to’la hajmda o’tkazish zarur, ya’ni sun’iy nafas oldirish va yurakni tashqaridan uqalash tadbirlarini bajarish lozim. 12. ZAHARLANGANDA KO’RSATILADIGAN YORDAM. Gazlar bilan zaharlanganda; shu hisobda atsetilen, is va tabiiy gazlar, benzin bug’lari va boshqalarda bosh og’rig’i, chakka qon tomirlarini qattiq urishi, “quloqqa zing’illash”, umumiy kuchsizlanish, bosh aylanish, kuchli yurak urishi, ko’ngil ozishi va qusish paydo bo’ladi. Kuchli zaharlanganda – betartib harakatlar bilan hayajonlanish, nafas olishni buzilishi, ko’z qorachig’ida kengayish paydo bo’ladi. Odam har qanday zaharlanganda uni tezlik bilan gazlangan joydan olib chiqish, nafasini siqayotgan kiyimlari tugmasini yechib, toza havo kelishini ta’minlash, uni yotqazib oyoqlarini ko’tarib qo’yish, badanini ishqalab issiq narsa yopib qo’yish, novshatil spirtini hidlatish kerak. Shikastlangan hushidan ketganda unda qusish paydo bo’lishi mumkin, shuning uchun uni boshini yoniga qaratib qo’yish kerak. Nafas olish to’xtagan bo’lsa sun’iy nafas oldirish kerak. Zaharlovchi gazlar bilan zaharlanganda hamma vaqt shikastlanganga ko’p miqdorda sut ichirish kerak. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling