Birinchi yordam bu shikastlanlarning hayoti va sog’lig’ini tiklash hamda


-rasm. Yurakni tashqaridan uqalash va sun’iy nafas oldirishni


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/34
Sana19.06.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1620483
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34
Bog'liq
1-yordam

29-rasm. Yurakni tashqaridan uqalash va sun’iy nafas oldirishni 
ikkita odam o’tkazishi. 
Yurakni tashqaridan uqalash to’g’ri bajarilganda ko’krakni har bir bosilishi 
arteriyalarda tomir urishni paydo qiladi. 
Yordam berayotganlar vaqti-vaqti bilan yurakni tashqaridan uqalash to’g’ri va 
samarali bo’layotganligi natijasini uyqu yoki son arterial qon tomirlarida urish paydo 
bo’layotganligini nazorat qilib turishlari kerak. Tiriltirishni bir kishi bajarayotgan 
bo’lsa, u har 2 daqiqada yurakni uqalashni 2-3 soniyaga to’xtatib, uyqu qon tomiri 
urushi paydo bo’lishini tekshirib turishi kerak (17-rasm). Agar tiriltirishni ikki kishi 
bajarayotgan bo’lsa, unda uyqu qon tomiri urishini sun’iy nafas oldirayotgan odam 
nazorat qilib turishi lozim bo’ladi. Uqalash to’xtatilgan paytida tomir urishi paydo 


21 
bo’lsa, yurakni ishlashi tiklanganligidan dalolat beradi (qon yurishib ketganligi). 
Bunday vaziyatda yurakni uqalashni to’xtatib sun’iy nafas oldirishni shikastlanganning 
mustaqil nafas olishi paydo bo’lguncha davom ettiriladi.
Sun’iy nafas oldirishni va yurakni tashqaridan uqalashni shikastlanganning bir 
tekisda mustaqil nafas olishi, hamdayurak ishlashi tiklanguncha yoki uni tibbiyot 
xodimlariga topshirguncha davom ettirish lozim. 
Agar tiriltirish tadbirlari samarali bo’lsa (ko’krak qafasi bosilganda yirik 
qontomirlarda urish paydo bo’lsa, ko’z qorachig’i toraysa, terisining va shilliq 
pardalarining ko’kargani kamaysa), demak, shikastlanganning yurak faoliyati va 
mustaqil nafas olishi tiklanayotgan bo’ladi. 
Uzoq vaqt qon tomirlarida tomir urish paydo bo’lmasa ham, lekin tiriltirish 
belgilari paydo bo’lsa (mustaqil nafas olish, ko’z qorachig’ini torayishi, shikastlangan 
qo’l va oyoqlarini harakat qilishga urinishi) bu vaziyat yurakda fibirlyatsiya (betartib 
qisqarish) belgilari paydo bo’lganligidan dalolat beradi. Bunday vaqtda shikastlanganga 
sun’iy nafas oldirishni va yurakni tashqaridan uqalashni, uni tibbiy xodimlariga 
topshirguncha, davom ettiraverish kerak.
12 yoshgacha bo’lgan bolalarda tiriltirish tadbirlarini o’tkazish o’ziga xos
xususiyatlarga ega. Bir yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalarda yurakni uqalashni bir 
qo’l bilan bajariladi (30-rasm) va bir daqiqada, yoshiga qarab 70 dan 100 martagacha 
bosiladi. Bir yoshgacha bo’lgan bolalarda esa har daqiqada 100 dan 120 martagacha 
ko’krakning o’rtasiga ikki barmoq bilan (ko’rsatkich va o’rta barmoqlar) (31-rasm) yoki 
ikkala qo’lning bosh barmoqlari vositasida, boshqa barmoqlar bilan bolaning tanasini 
ushlab olgan holda amalgam oshiriladi. 

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling