Birinchi yordam bu shikastlanlarning hayoti va sog’lig’ini tiklash hamda
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
1-yordam
30-rasm. 12 yoshgacha bo’lgan
bolalarning yuragini uqalash 31-rasm. Yangi tug’ilgan va bir yosh- gacha bo’lgan bolalarning yuragini uqalash 5. YARALANGANDA KO’RSATILADIGAN BIRINCHI YORDAM. Har qanday yaralangan joy yaralagan asbob, shikastlanganning terisi, shuningdek chang, tuproq, yordam berayotganning qo’lidagi va toza bo’lmagan bog’lovchi materiallarda bo’lgan mikroblar biloan zararlanishi mumkin. Yaralanganga birinchi yordam ko’rsatilayotganda quyidagi qoidalarga qat’iy rioya qilish kerak - yaralangan joyni suv yoki qandaydir dorilar bilan yuvish, kukunli dori sepish yoki surtadigan dorilar surtish mumkin emas, chunki yarani tuzalishiga qarshilik qiladi, uni yiringlashga va teri ustidagi iflos narsalarni yara ichiga kirishiga olib keladi; 22 - yaralangan joydagi qum, tuproq va hokazolarni tozalash mumkin emas, chunki bu usulda yaraga tushgan hamma iflosliklarni tozalashni iloji yo’q. Yaralangan joyga ifloslik kirgizmaslik uchun yaraning atrofidagi iflosliklarni ehtiyotlik bilan tashqariga chiqarib, yara atrofini tozalash kerak; tozalangan yara terisiga yod surtib ustidan boylab qo’yish lozim bo’ladi; - yara ustida qotib qolgan qon, yopishib qolgan kiyim parchalarini olib tashlash mumkin emas, chunki bu harakat kuchli qon oqishiga olib kelishi mumkin; - qoqshal (stolbiyak) kasalligi bilan kasallanmaslik uchun yara ustidan izolyatsiya lentasi o’rash yoki uni ustiga o’rgimchak inini qo’yish mumkin emas. Yaralanganda birinchi yordam berish uchun aptechka qutisidagi (xaltasidan) boylovchi paketni, o’ramiustiga yozilgan ko’rsatma bo’yicha, ochish kerak. Boylovchi materiani yara ustiga qo’yib tortilayotganda bevosita yara ustiga qo’yiladiga qismlariga qo’l bilan tegmaslik lozim. Agar boylovchi paket qandaydir sababli yo’q bo’lib, bu holda boylash uchin toza dastro’mol, toza mato va hokazolardan foydalanish mumkin. Paxtani bevosita yara ustiga qo’yish mumkin emas. Yara ustiga qo’yiladigan matoga kengroq qilib yod qo’yib, uni yara ustiga qo’yish kerak. Yordam ko’rsatayotgan odam yaxshilab qo’lini yuvish yoki barmoqlariga yod surtishi lozim. Yarani o’ziga esa hatto yuvilgan qo’llar biln ham tegishga yo’l qo’yilmaydi. Agar yara tuproq bilan ifloslangan bo’lsa, tezlikda qoqsholga qarshi zardob (svorotka) bilan ukol qilish uchun vrachga murochat qilish kerak. 6. QON OQISHDA KO’RSATILADIGAN BIRINCHI YORDAM Qon oqishi tashqi (qon tashqariga oqib chiqadi) yoki ichki (qon bosh suyakning ichki qoplamiga, ko’krak qafasiga, qorin ichiga oqadi) bo’lishi mumkin. Qon tomirlarining qaysi turi jarohatlanmganiga qarab arterial, vena va kapellyar qon oqishlariga ajratiladi. Arterial qon oqishi kesilgan yoki biror narsa chuqur kirib ketganda hosil bo’lgan yaralarda ro’y beradi. To’q-qizil qon, yurak urishiga hamohang holda oqadi, ba’zi vaqtlarda otilib chiqishi ham mumkin. Yirik qon tomirlar yaralanganda (uyqu, yelka, son, tizza tagidagi) kuchli qon oqishi paydo bo’lishi mumkin. Qon katta bosim ostida tomirlardan oqib chiqishi tufayli, o’z vaqtida to’xtatilmasa, shikastlangan bir necha daqiqada halok bo’lishi mumkin. Vena tomirlari yaralanganda, qon sekin, tekis holda oqib chiqib, uning rangi to’q olcha rangiga o’xshash bo’ladi. Agar badanning tashqi yuza qatlamlari yaralansa lat yegan joyidagi mayda qon tomirlaridan (kapillyarlardan) qon oqib chiqadi. Qon yaralangan joy ustidan sekin, tomchilab oqadi. Bunday qon oqishini va dastavval yara atrofidagi teriga yod surtib yoki vodorod perekisining 3%-li eritmasi bilan ho’llab so’ngra sterlizatsiya qilingan material bilan bog’lab to’xtatish mumkin. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling