“Biznes boshqaruv asoslari” fanidan


Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana22.10.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1715451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
menejment turlari

1.3. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari. 
 
Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari - bu ishlab chiqaruvchi va 
ayrim shaxslarga ularning ijtimoiy extiyojlari va psixologik xususiyatlariga ta’sir etish 
bilan boshqarish vositasidir. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullarini qo’llash 
korxonada yo’z berayotgan ijtimoiy xodisalarni chukur urganish xodimlar nerv 
sistemasi kayfiyatiga ta’sir etuvchi psixologik (ruxiy) omillarni bilishni talab etadi. 
Ishlab chiqarish sharoitida sosiologiya kishilar ijtimoiy aloqasi shakllanishining asosi 
bo’lgan mexnat omillarini urganadi, ijtimoiy tizimlar, shu jumladan, ishlab chiqarish 
tizimi rivojlanishi va amal qilish qonuniyatlari, kishilarning jamiyatning turli 
katlamidagi xulk-atvori qonuniyatlarini tadkik kiladi. ijtimoiy psixologiya gurux va 
omma psixologiyasining xususiyatlari, ularning shaxsning ongi va xulqiga ta’siri, 
kishilar faoliyatini ragbatlantiruvchi omillar, kayfiyat, ijtimoiy fikrni shakllantiruvchi 
omillarni urganadi. Shaxs psixologiyasi oliy nerv faoliyati turlari va inson 
temperamenti, xaraqteri, shaxsning irodasi, kobiliyati, xissiyoti, xotirasi, anglash va xis 
etish kobiliyatini urganadi, mexnat psixologiyasi mexnat faoliyatlari, shu jumladan, 
raxbar va mutaxassislar (kasbiy xususiyat va kobiliyatlari, qadrlarni uqitish usullari, ish 
va dam olish tartibi, qadrlarni tanlash va baxolash usullari, mexnat jarayonining 
psixologik jixatlari) faoliyatini urganadi. Kishilar fikrlash usulida o’zgarish yo’z berishi 
va ular madaniy xamda bilim darajasi ortib borishi bilan ijtimoiy-psixologik usullar 
ahamiyatiiyati xam ortib boradi. Bunday sharoitda shaxsning extiyoj va manfaatlari 
ma’naviy soxa tomon o’zgarib boradi. O’z mexnatidan konikishning muxim omili 
bo’lib ishlab chiqaruvchilarning raxbar bilan o’zaro yaxshi munosabati ishlab 
chiqarishdagi kulay ijtimoiy-psixologik vaziyat xizmat kiladi.
Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari ishlab chiqarishda mavjud ijtimoiy 
mexanizmni (o’zaro munosabat tizimi, ijtimoiy extiyojlar) qo’llashga asoslanadi. 
Boshqaruvning ijtimoiy usullari ijtimoiy tartibga solish vositasida amalga oshiriladi. 
Ijtimoiy tartibga solish usullari turli guruxlar va shaxslar maksadi va manfaatlarini 
aniqlash va rostlash yo’li bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va 
uygunlashtirish maksadida qo’llaniladi. Ular jumlasiga ijtimoiy tashkilotlar nizomlari, 
shartnomalar, o’zaro majburiyatlar, ishchilarni tanlash, taksimlash va ijtimoiy 
extiyojlarni kondirish tizimi kiradi. Ijtimoiy tartibga solish usullari inson omili faolligini 
oshirish, boshqaruvni demoqratlashtirish maksadida xam qo’llaniladi. 
Boshqaruvning psixologik usullari jamoada maqbul psixologik xolat tashkil etish yo’li 
bilan kishilar urtasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgandir. Psixologik 
usullarga kichik gurux va jamoalarni tashkil etish, mexnatni insoniylashtirish, malakali 
qadrlar tanlash va ularni uqitish va x.k.lar kiradi. Kichik gurux va jamoalarni tashkil 
etish usulini qo’llash kichik guruxdagi ishchilar urtasidagi maqbul miqdoriy-sifat 
nisbatini aniqlash imkonini beradi. Mexnat faoliyatini insoniylashtirish deganda 
ranglar, musikaning ruxiy ta’siridan foydalanish, bir xil, o’zgarmas mexnatni bartaraf 
etish, ijodiy yondashuvni kengaytirish tushuniladi. Kasbiy tanlashning moxiyati - 
kishilarning ruxiy xususiyatlari ular bajaruvchiishlariga eng mos bo’ladigan qilib 
tanlashdan iborat. Shaxsning ruxiy xususiyatlari juslasiga uning kizikish va mayllari, 
kobiliyati, temperament va xaraqteri kiradi. Shu sababli, raxbar shaxsga raxbarlik 
kilganda o’z oldiga inson ruxiy xususiyatlari shakllanishi va rivojlanishini urganishi, 
uning kiikish va kobiliyati, temperament va fe’lini bilish vazifasini quyishi kerak. 



Shaxsning ruxiy xususiyatlarini inson faoliyatida ajratib tushunib bulmaydi, chunki 
kishi kobiliyati va fe’li xususiyatlari uning faoliyati va xulqida namoyon bo’ladi. Inson 
xayoti va ommaviy faoliyati uning ruxiy xolatini shakllantiradi. Insonning qanday xayot 
kechirishi, nima bilan shug’ulanishini bilmay vujudga kelganligi, u yoki bu narsaga 
kobiliyat rivojlanganligi, fe’li shakllanganligini anglab bulmaydi. 
Inson avvalo o’zini ijodiy shaxs sifatida baxolaydi. Ishchi mexnatga bunday 
nuqtai nazardan karashga darrov kelmaydi: moddiy extiyojlar birlamchi bo’lib, ular 
konikkandan sung nisbatan yuqsak insoniy extiyojlar ilgari suriladi. 
Inson faoliyati ma’lum ragbatlantiruvchi omillarga asoslangan bo’lib, ma’lum 
maksadga erishishga qaratilgandir. Ragbatlantiruvchi omil - maksad munosabati inson 
faoliyati o’zagidir. Umumiy ma’noda ragbatlantiruvchi omil - bu insonni faoliyat 
yuritish uchun undovchi omil bo’lib, maksad esa inson uni amalga oshirish natijasida 
erishishni xoxlagan narsadir. Ragbatlantiruvchi omil kishi xulqining ichki kuchidir. 
Psixologiyada o’zok va kiska ragbatlantiruvchi omil ajratiladi. Agar inson faoliyatini 
ragbatlantiruvchi omil va o’z oldiga kuygan maksad yakin kelajakka muljallangan 
bo’lsa, u kiska muddatli, agar ular o’zok istikbolni kamrab olsa o’zok muddatli deyiladi. 
Ragbatlantiruvchi 
omil 
darajasi 
bilan 
insonning 
mexnatga, 
yutuk 
va 
muvaffakiyatsizlikka nisbatan bo’lgan munosabati uzviy bog’liqdir. Fakat o’zok 
muddatli ragbatlantiruvchi omil mexnatga ijodiy munosabatda bo’lish manbaidir. 
Raxbarga xos bo’lgan muxim xususiyat kishilar faoliyatini ragbatlantiruvchi omillarni 
yaxshi bilish, xar bir kishini u yoki bu vazifani bajarishga kiziqtira olishdir. Bu ayniqsa, 
u yoki bu korxonaga ishga kirib, ularni kelajakda nima kutishini bilish lozim bo’lgan 
yoshlar bilan ishlashda muximdir. 
Raxbar ishini kim va kachon kaysi skripkani chalishi, kaysi asbobda musika 
chalishini urgangan, kim noto’g’ri chalishi mumkinligi, kimni kaysi yerga quyish 
kerakligini bilishi lozim bo’lgan dirijer mexnati bilash solishtirish mumkin. 
Kishi ruxiy xususiyatlarning u bajaruvchi ish talablariga mos kelmasligi o’z kasbidan 
konikmaslik uni o’zgartirishga xarakat qilishga, xato qilish extimoli ortishiga va 
natijada mexnat unumdorligi pasayishiga olib keladi.. aksincha, agar inson o’z 
kobiliyatini tulik namoyon kila oluvchi ish bilan bund bo’lsa, u o’z mexnatidan mamnun 
bo’ladi, kasbni tez egallaydi va mexnat unumdorligi yuqori bo’ladi. Inson uchun fakat 
moddiy ragbat muxim deb xisoblash noto’g’ri. Unga juda ko’p narsa katta umumiy 
ishda o’z xissasi borligini xis etish, o’zini mexnat orqali namoyon etish, o’z malakasi 
bilan gururlanishi, urtoklari xurmatiga sazovor bo’lish va x.k.lar xam muximdir. 
Ko’pchilik kishilar shaxsiy farovonlikka boshqalar xisobiga erishilgan shaxsiy 
muvaffakiyat orqali emas, mamlakat iqtisodiyotiga kushgan mexnati xisobiga erishish 
lozimligini ta’kidlaydilar. Izlanishlar mexnat mexnatga nisbatan munosabatga ta’sir 
etuvchi ragbatlantiruvchi omillar quyidagi tartibda taksimlanishini ko’rsatdi: mexnat 
moxiyati, ish xaki, yuqori lavozimga ega bo’lish imkoniyati, ishning kizikarliligi, 
mexnatni tashkil etish, ma’muriyatning ishchiga nisbatan munosabati. 


10 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling