Bob. Tovar va tovar siyosati tovar yoki xizmat ehtiyojni qondirish qurolidir


Download 357.77 Kb.
bet26/46
Sana23.04.2023
Hajmi357.77 Kb.
#1384713
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46
Bog'liq
5 maruza mar

Ulgurji savdo tovar va xizmatlar sotilishi bo yicha faoliyat- laming hamma turini: qayta sotish maqsadida ulami kim sotib oladi, professional foydalanish yoki biznesda foydalanish kabilami о z ichiga oladi. Ulgurji sotuvchilar ishlab chiqaruvchilarga tovarlami ко plab turli xil savdo korxonalariga va ishlab chiqarish iste molchilariga samarali yetkazib berish, transportirovka qilish, omborga joylashtirish, moliya- lashtirish, tavakkalchilikni qabul qilish, savdoni rag batlantirish kabilar- da yordam beradi.
Ulgurji savdo funksiyasini quyidagilar amalga oshira oladi: ishlab chiqaruvchining iste mol bozorida 40 % atrofida ulgurji savdoni ta min- lovchi savdo idorasi yoki filiali, tijorat ulgurji firmalari (50 % atrofida aylanma; agentlar va brokerlar (umumiy ulgurji aylanmaning 10 %).
Savdo idoralari odatda, savdo bozorlari yaqinida joylashadi va tovar zaxiralarini saqlaydi. Filiallar savdo bilan ham, saqlash bilan ham shug ullanadi. Savdo idoralari va tayyorlovchi filial orqali ulgurji savdo, agar iste molchilar geografik jihatdan bir joyga yig ilgan va shuningdek, mahalliy ulgurji sotuvchilar bilan kelishish imkoni bo lmasa yoki bozor infratuzilmasi rivojlanmagan bo Isa, foydali hisolanadi.
Mustaqil ulgurji tijorat tashkilotlari о zlari ish olib boradigan ham­ma tovarlarga mulkchilik huquqini sotib oladi va sotuvdan keladigan foyda hisobiga faoliyat yuritadi. Ulgurji tashkilotlar xizmat ко rsatish- ning to liq yoki cheklangan sikliga ega bo lganlaridan farqlanadi.
Xizmat ко rsatishning to liq sikliga ega ulgurji sotuvchilar tovar zaxiralarini saqlash, sotuvchilar bilan ta minlash, kreditlash, tovami yetkazib berishni ta minlash kabi xizmatlami ко rsatadi. О z xarakteriga ко ra ular ulgurji sotuvchilar yoki ishlab chiqarilgan tovarlami tayinlangan joyga yetkazib beruvchi distribyutorlardir.
Ulgurji sotuvchilar (dilerlar) asosan, chakana sotuvchilardan farqli ravishda ularga to liq xizmat ко rsatgan holda iste mol tovarlarini sotadilar.
Ulgurji savdo umumlashgan vositachi hisoblanadi va ко pchilik vazifalami bajaradi. Ulgurji savdoning ahamiyati:

  • chakana savdoga ishlab chiqarish firmalaming tor assortimentini kengaytirib taklif etadi;

  • katta hajmda tovar sotib olib, muomala xarajatlarini kamaytiradi;

  • yuqori malakali tovarshunos va marketologlar bilan tovarlar bozorini chuqur о rganadi;

  • tovarlami saqlaydi va kerakli tovar zaxiralarini shakllantiradi;

  • ishlab chiqaruvchilar va chakana savdo о rtasida mustahkam aloqa bog laydi, ularga moliyaviy yordamlashadi va boshqalar;

  • ulgurji savdo bilan shug ullanuvchi maxsus tijorat firmalari - ulgurji savdo bazalari, omborlari va tovar birjalari shaklida, xususiy, hissadorlik, qo shma va davlat mulkiga asoslangan bo lishlari mumkin.

Ulgurji savdo bazasi mustaqil faoliyat ко rsatuvchi, maxsus ombor xo jaligiga va malakali xodimlarga ega bo lgan firma mavqeyida ishlaydi. U tovar assortimentlarini qabul qilish, saqlash va iste molchi­larga yetkazib berish jarayonini tashkil etadi.
Tovar birjalarining ulgurji savdo bazalari faoliyatidan farqi, ular tovarlami sotib olish va qayta sotish bilan shug ullanmaydi, ombor xo jaliklari ham yo q, ular faqat vositachilik qiladi. Agent va brokerlar vositachilik ishini bajaradi, ammo moddiy javobgarlikni bo yniga oladi.
Ishlab chiqarishga mo ljallangan tovarlar distribyutorlari uni chakana sotuvchilarga emas, ustuvor ravishda ishlab chiqaruvchilarga sotadilar.
Xizmat ко rsatish sikli cheklangan ulgurji savdo qiluvchilar о z mijozlariga kamroq xizmat ко rsatadilar. Ular tovami naqd hisob-kitob bilan sotib oladigan, lekin xaridorga yetkazib bermaydigan ulgurji sotuvchilar.

Download 357.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling