Bob. Yosh basketbolchilarda qo’l kuchini rivojlantiruvchi nostandart mashqlarni qo’llash samaradorligi


Qoidalarga rioya qilmaslik va jazo


Download 80.25 Kb.
bet7/11
Sana07.04.2023
Hajmi80.25 Kb.
#1337642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi Sherzod

4.5. Qoidalarga rioya qilmaslik va jazo
Qoida buzilishi - bu qoidalarga rioya qilmaslikdir. Bunda qoidani buzgan jamoa tomonidan to’pning yo’qotilishi jazo bo’lib hisoblanadi.
Fol - bu qoidalarga rioya qilmaslik. U qoidani buzgan o’yinchi nomiga yoziladigan va qoidaning moddalari shartlariga muvofiq munosib darajada jazolanadigan raqib bilan shaxsiy muloqotni yoki sportchilarga zid bo’lgan xatti-harakatlarni o’z ichiga oladi.
Shaxsiy fol - bu to’p o’yinda jonli yoki jonsiz bo’lishi yoki bo’lmasligidan qat’iy nazar, raqib bilan to’qnashuvni sodir qilgan o’yinchiga berilgan foldir.
O’yinchi qo’llari, elkalari, sonlari va tizzalarini qo’yib, o’z tanasini odatdagidan tashqari holatda bukib, raqibning harakatlanishiga xalaqit berishi, to’qnashishi, oyog’idan chalishi, itarishi, oyog’idan ushlab qolishi, yo’lini to’sishi hamda qanday bo’lsa ham qo’pol taktika qo’llashi mumkin emas.
Ikki tomonlama fol – ikkita raqib o’yinchi bir vaqtning o’zida bir-biriga qarshi fol sodir qilgan vaziyatda belgilanadi.
Texnik fol o’yinchilarga, zahiradagilarga, murabbiyga va uning yordamchisiga berilishi mumkin. Agar o’yinchi hakamlar ko’rsatmalarini mensimasa yoki sportchilarga xos bo’lmagan “taktika” qo’llasa texnik fol beriladi.
Ataylab qilingan fol – hakamning fikricha, o’yinchi tomonidan to’p bilan yoki to’psiz harakatlanayotgan raqibiga nisbatan qasddan qilingan shaxsiy foldir. Bu qilingan hatto-harakatning jiddiyligi bilan belgilanmaydi, balki oldindan o’ylangan yoki mo’ljallangandek ko’rinadigan to’qnashuv bo’lib hisoblanadi. Ataylab qilingan follarni takrorlagan o’yinchi o’yinda qatnashish huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
O’yinda qatnashish huquqidan mahrum (diskvalifikatsiya) qilinadigan fol. Shaxsiy va texnik follarda qayd qilinganlarga sportchilarga xos bo’lmagan darajada rioya qilmaslik – o’yinda qatnashish huquqidan mahum qiladigan fol (diskvalifikatsiya foli) hisoblanadi. Ikkita jarima to’pi tashlanadi hamda to’p “zona chizig’i”dan jarima to’pi otgan jamoa o’yinchisi tomonidan o’yinga kiritiladi.

Download 80.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling