Bob. Yosh basketbolchilarda qo’l kuchini rivojlantiruvchi nostandart mashqlarni qo’llash samaradorligi


Kurs ishining maqsad va vazifalari


Download 80.25 Kb.
bet2/11
Sana07.04.2023
Hajmi80.25 Kb.
#1337642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi Sherzod

Kurs ishining maqsad va vazifalari. YOSH BASKETBOLCHILARDA QO’L KUCHINI RIVOJLANTIRUVCHI NOSTANDART MASHQLARNI QO’LLASH SAMARADORLIGI.


Kurs ishining tuzilishi. Kirish, 3 ta bob, 6 ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
Kirish mavzuning dolzarbligini asoslaydi, tadqiqotning maqsad va vazifalarini belgilaydi. Birinchi bob bu haqda gapiradi nazariy jihatlari tadqiqot (xizmatlarning xalqaro savdosi tushunchasi va mohiyati). Xulosa qilib, tadqiqot natijalari umumlashtiriladi.


1 BOB. “BASKETBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI” FANIGA KIRISH
1891-yilda amerikalik Djeyms Neysmit tomonidan ixtiro qilingan basketbol bugungi kunda dunyoning barcha qit’alarida nihoyatda keng ommalashgan sport turlari tarkibiga mansubdir. Zamonaviy basketbol o ‘zining shiddatli, serqirra va keskin o‘zgaruvchan yo'nalishlarda ijro etiladigan jozibali hatti-harakatlari, texnik-taktik kombinasiyalari bilan nafaqat bolalar va o ‘smirlar, balki turli yosh va ijtimoiy tabaqaga mansub, hatto nihoyatda band mansabdor rahbarlar hamda tadbirkor insonlar diqqatini o‘ziga rom qilib, ularni mashg‘ulot maydonlariga yetaklamoqda. Ushbu sport turi yurtimiz miqyosida son jihatdan ham geografik jihatdan ham juda keng ommalashgani isbot talab qilmaydi. Shahar va qishloqlarda ko‘p qavatli binolar oraliqlarída, mahallalar “burchaklarida”, hatto dala va shiyponlarda maxsus yoki “qo‘lbola” shaklida yasalgan basketbol halqasini ko‘rish va shu joylarda bolakaylar o‘yin sirlaridan saboq olayotganini uchratish mumkin. Bu juda quvonarli va ibratli hol, albatta. Lekin, basketbol bilan jiddiy shug‘ullanish, undan sog'liqni mustahkamlovchi, jismoniy va ruhiy imkoniyatlami shakllantiruvchi vosita sifatida foydalanish ilmiy asoslangan pedagogik jarayonni talab qiladi. Buning uchun shartsharoitlar, moddiy-texnik imkoniyatlar mavjuddir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning tashabbusi va uning bevosita rahbarligi ostida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan qaror qonun, farmonlar va qarorlar hamda ularni bosqichma-bosqich hayotga tadbiq qilinishi, ayniqsa diyorimiz bo‘ylab, hatto uzoq qishloq hududlarida ham minglab jahon andozalariga mos sport inshoatlaríning bunyod etilishi, soha kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning kasbiy-pedagogik malakalarini oshira borishga siyosiy e ’tibor qaratilishi yuqorida qayd etilgan fíkrlaming isbotidir. Quvonarli joyi shundaki, so‘nggi yillarda jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha xotinqizlar tarkibidan mutaxassis-kadrlar tayyorlashga jiddiy e’tibor berilmoqda. Bunday ulkan islohatlar barcha sport turlaríni, shu 7 jumladan basketbolni ham yanada ommalashishi, ulami xalqaro maydonlarda ravnaq topishishiga imkon yaratadi. Alohida ta’kidlash joizki, 2000-yildan boshlab Olimpiya o ‘yinlari dasturidan joy olgan basketbol birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi bilan “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” kabi qonunlar mohiyatiga mutanosib bo‘lgan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” kabi ko‘p bosqichli, ko‘p pog‘onali ommaviy sport musobaqalari dasturiga kiritilishi va ulami o‘tkazib borilishi ushbu sport turi bo‘yicha Vatanimiz shuhratini jahon hamjamiyati oldida yanada yuksak ko‘tarishga qodir sportchilami yetishtirishga turtki berdi. Shu bilan bir qatorda tan olmoq lozimki, jismoniy tarbiya va sportni, xususan basketbolni sihat-salomatlikka xizmat qilish salohiyatini oshirish hamda mazkur sport turi bo‘yicha iste’dodli va raqobatdosh sportchiiar tavyorlash yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar, ular tomonidan yaratilayotgan, ilg‘or tajribalar va fundemental tadqiqotlar natijalariga asoslangan o ‘quv adabiyotlari, darsliklar, o ‘quv va uslubiy qo‘llanmalar bilan belgilanadi. Basketbol bo‘yicha yuqori malakali va oliy ma’lumotli o ‘qituvchi-trener tayyorlash jarayoni “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qonunlar, muvofiq ta’lim yo‘nalishiga mo‘ljallangan DTS, o ‘quv rejasi va o‘quv dasturi talablariga asoslanadi. 0 ‘qituvchi-trener o ‘quv rejasida belgilangan ijtimoiy-gumanitar va iqtisod, matematika va tabiiy, umumkasbiy va ixtisoslik fanlariga doir bilirn, kasbiy-pedagogik va malakalami o‘zlashtirishi, muvofiq qonunlar, huquqiy, me’yoriy va ma’mûri y hujjatlar mazmunini bilishi hamda ularga amal qiiishi, jismoniy tarbiya darslari, sport va sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini o'tkazish ko'nikmalariga ega bo‘lishi, ushbu yo‘nalishga xos jahon tajribalaridan boxabar bo‘lmog‘i va mustaqil tartibda ilmiy tadqiqotlar o ‘tkazish mahoratini o‘zlashtirganbo‘lishi lozim. 0 ‘qituvchi-trener har tomonlama kamol topgan, ulug‘ ajdodlarimiz, uloma-yu olimlarimiz, sarkarda-yu davlat arboblari meroslaridan nusxa ko‘chirgan, ma’naviy-madaniy xislatlami o‘zlashtirgan, milliy qadriyatlami e’zozlovchi va ularga amal qiluvchi, 8 mustaqil fikr yurituvchi, o‘z faoliyatini milliy istiqlol g‘oyasi va 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi talablari doirasini tashkil qiluvchi, mas’uliyatni sezuvchi, tashkilotchi, ijodkor va tashabbuskor, barkamol va yuksak intellektual xislatlarga ega shaxs bo‘lib ulg‘ayishi talab qilinadi. 0 ‘qituvchi-murabbiy kasbini egallash davomida shu kasbga xos qator ko‘nikmalami o‘zlashtirish ko‘zda tutiladi. Jumladan, tashkilotchi-boshqaruvchi, loyihachi-ijodkorlik, ixtirochi-tadqiqotchi, targ‘ibotchi-tashviqotchi, gnostik-konstruktorlik va kommunikativlik ko‘nikmalar. Tashkilotchi-boshqaruvchilik ko‘nikmasini birinchi navbatda basketbolga ixlos qo‘ygan qobiliyatli bolalami izlash, maktab o ‘qituvchilari, sinf rahbari va ota-onalar bilan suhbatlar o‘tkazib, o ‘quvchilaming ichki dunyosi, harakat qobiliyatlarini o‘rganish, ushbu sport turiga munosib bolalarda qiziqish uyg‘ota olish va ko‘p bosqichli tanlov-saralov tadbirlami tashkil qilish bilan bog‘liqdir. Sport to‘garagiga jalb qilingan bolalar mashg'ulotlari, musobaqalar va tarbiyaviy ishlami tashkil qilish hamda shu jarayonlami boshqarish sirlarini o ‘zlashtirishi lozim. Loyihachi-ijodkorlik ko‘nikmasi boiajak o ‘qtituvchi-trenerda yosh basketbolchilar tayyorlash dasturlariga asosan o ‘quv-mashg‘ulot va pedagogik nazorat jarayonlarini rejalashtirishga doir loyihalami ilmiy jihatdan ishlab chiqish kabi masalalami ko‘zda to‘tadi. Ixtirochilik-tadqiqotchilik ko‘nikmasi ilg‘or pedagogik tajribalar, ilmiy-tadqiqot natijalari va nazariy konsepsiyalar g ‘oyalariga asoslangan holda yangi o ‘rgatish texnologiyalari hamda noan’anaviy uslubiy yondashuvlami ixtiro qilishi, izlanuv tadqiqotlami o‘tkazish va olingan natijalarga tayangan holda mashg‘ulot-musobaqalami tashkil qilishga qaratiladi.



Download 80.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling