Bob. Yosh psixologiyasining tadqiqot metodlari
Download 262 Kb.
|
3-mavzu
Proyektiv metodlar. Proyektiv metodlar test usullarining bir ko‘rinishi bo£lib, ularda tekshiriluvchi uchun aniq ko‘rinishga ega bo‘lmagan noaniq narsalar tavsiya etiladi va ularni sharhlash top- shirig‘i beriladi. Masalan, tekshiriluvchiga turlicha talqin qilish mumkin bo‘lgan rasmlar, tugallanmagan hikoyalar, biror aniq ko‘rinishi mavjud bo£lmagan buyumlar berilishi va ularni tekshiriluvchi o£zining hissiy kechinmalari, qiziqishlari, dunyoqa- rashi nuqtayi nazaridan baholashi kutiladi.
Proyektiv metodlar qatoriga Rorshaxning «Siyoh doglari» tes- tini kiritish mumkin (1921). Bu — 2 tomonlama simmetrik shakl- da berilgan 10 xil siyoh dog£laridan iborat bo‘lib, har bir dog£ har xil bo£yoqli fonda ko‘rsatiladi. Tekshiriluvchidan har bir «dog£» nimaning shaklini eslatishi so£raladi. Bunda: 2 ta dog£ qizil rang- li shtrixlar, 5 ta dog£ kulrang — qora, 3 ta dog£ — yorqin bo'lma- gan ranglarda beriladi. Proyektiv metodikalardan yana biri tugallanmagan jumlalar metodi. Ushbu metod yordamida guruhiy va shaxsiy ustanov- kalar tekshiriluvchining atrofidagilarga (o£rtoqIari, o£qituvchi, ota-onasi) munosabati xususiyatlari, shuningdek, o£ziga va kela- jakka bo‘lgan munosabatlari ham o‘rganiladi. Shu maqsadda tek- 35 shiriluvchiga bir qancha tugallanmagan jumlalar taklif qilinadi, ko‘p o‘ylamasdan gapni mantiqan oxiriga yetkazish talab qilinadi. Masalan, mening har safar kayfiyatim buziladi, agar... men uchun eng muhim muammo, bu — ... do‘st — bu ... mening otam ba’zida ... men shunga intilamanki... Proyektiv metodikalar turli-tuman. Ular bir-biridan tubdan farq qiladi. Biroq shuni nazarda tutish lozimki, proyektiv meto- dikani tavsiflash muayyan psixologik bilimlarni maxsus nazariy tayyorgarlikni va metodikani qo‘llash bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo'lishni talab qiladi. Download 262 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling