Bob. Yosh psixologiyasining tadqiqot metodlari
Download 262 Kb.
|
3-mavzu
Sotsiometriya metodi. Sotsiometriya metodi birinchi bo‘lib amerikalik psixolog Dj. Moreno tomonidan taklif etilgan. Bu metodning mohiyati shundan iboratki, inson u yoki bu ko‘rsat- kich bo‘yicha guruh a’zolarini tanlaydi. Qilingan tanlashlar aso- sida kishining guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida tut- gan o‘rni haqida xulosa qilinadi.
Demak, sotsiometriya metodi yordamida guruh a’zolari o‘rtasidagi simpatiya yoki antipatiyani aniqlash mumkin. Sotsiometriya metodini operativ tarzda o‘tkazish, uning natijalarini esa matematik qayta ishlash va grafik ravishda ifodalash mumkin. Sotsiometriyani tadqiqot metodi sifatida tan olish bilan bir qatorda uning ba’zi kamchiliklarini ham ko'rsatib o‘tish zarur. Asosiy kamchilik shundan iboratki, sotsiometriya metodi mavjud munosabatlar strukturasining sabablarini aniqlash imkonini ber- maydi. Shuning uchun ham sotsiometriyadan olingan ma’lumot- lar kuzatish, suhbat, psixologik-pedagogik eksperiment natijalari bilan to‘ldirilishi lozim. Sotsiometriya metodidan guruh, jamoa a’zolari o‘zaro bir-bir- larini yaxshi bilgan holatlardagina foydalanish mumkin. Bu metod yordamida shaxsning xizmat yuzasidan bo‘ladigan va shaxsiy munosabatlardagi haqiqiy o'rnini aniqlash, birlamchi 36 guruhlar mavjud yoki mavjud emasligini topish, birlamchi gu- ruhlarning paydo bo'lishi va tarqab ketishi sabablarini aniqlash mumkin. Sotsiometriya metodining mohiyati shundan iboratki, tekshiri- luvchiga birga qilinadigan ishlari yoki guruh a’zolarining ishlarini birgalikda bajarishga xohishlari to‘g‘risida savollar beriladi. Beri- ladigan savollar tanlash ko‘rsatkichlari deyiladi. Kuchli va kuch- siz ko‘rsatkichlar farqlanadi. Kuchlilar chuqur va barqaror muno- sabatlarni, kuchsizlari yuzaki va beqaror munosabatlarni aniqlash imkonini yaratadi. Masalan, «xizmatdoshlaringizdan qaysi biri bilan bitta brigadada ishlashni xohlardingiz?» degan savol bo‘yi- cha aniqlangan ko‘rsatkich kuchli ko'rsatkich hisoblanadi, chun- ki u uzoq vaqt davom etadigan, muhim munosabatlarga tegishli. «Kimni birga ekskursiyaga borishga taklif qilardingiz?» — kuchsiz ko‘rsatkich, chunki u chuqur bo'lmagan va vaqtinchalik munosabatlarni belgilaydi. Kuchli va kuchsiz ko'rsatkichlar mazmuni ji- hatidan turlicha bo'lishi mumkin, lekin ulardagi umumiy narsa — natijalar, ya’ni sherik tanlash. Tanlashlar soni cheksiz bo‘lishi mumkin, biroq amaliyotning ko'rsatishicha, kishining guruhdagi holati va o‘zaro munosabat- larini aniqlash uchun 3 ta kishi tanlash yetarli. Bunda sinaluv- chidan, birinchi navbatda kimni tanlashi, agar 1 shaxs bilan imkon bo'lmasa 2-navbatda kimni tanlashi hamda ikkinchisi- ni tanlash imkoni bo‘lmasa, 3-navbatda kimni tanlashi haqida so‘raladi. Sherikni tanlash o‘zaro va bir tomonlama bo'lishi mumkin. 1 -holda A — В ni, В — A ni tanlaydi. Bu o‘zaro bir-birini tanlash hisoblanadi. Tanlash bir tomonlama bo'lganda A — В ni, В esa D ni yoki E ni tanlaydi. Tanlash bir tomonlama bo'lganda A — В ni, В esa D ni yoki E ni tanlaydi. 37 Guruh, jamoadagi o‘zaro munosabatlar graflk ravishda zanjir, uchburchak yoki yulduzcha shaklida ifodalanishi mumkin. bo‘lishi mumkin. Agar guruh ko‘p sonli bo‘lsa, aylana shaklidagi sxemadan foydalanish lozim. Buning uchun 4 ta aylana chiziladi. Birinchi yoki markaziy aylanaga eng ko‘p tanlangan guruh a’zosi- ning shartli belgisi qo‘yiladi. Markazdan keyingi, ya’ni ikkinchi aylanaga 3 marta tanlangan o‘quvchilarning nomeri yoziladi, uchinchi aylana ichiga 1—2 marta tanlangan o‘quvchi, to‘rtinchi aylanaga tanlanmagan o‘quvchilarning shartli belgisi hamda ay- lanadan tashqariga rad etilgan o‘quvchilar nomeri yoziladi. Bunda aylana 2 qismga ajratiladi va chap tomonga qizlar, o‘ng tomonga o‘g‘il bolalarning shartli belgilari joylashtirib chiqila- di. Qizlar doira, o‘g‘il bolalar esa uchburchak bilan ifodalana- di. Doira va uchburchaklar kim kimni tanlashiga qarab, strelkali chiziqlar bilan birlashtiriladi. Bu sxema sotsiogramma deb ataladi. Agar guruhda 20 dan ortiq a’zo bo‘lsa, bunday sxema tuzish qiyinroq bo‘ladi. Shuning uchun bunday hollarda matritsadan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Matritsa quyidagicha tuziladi. To'rtburchak yoki kvadrat chi- zilib, guruh a’zolarining soniga qarab katakchalarga bo‘linadi. Chap tarafdan yuqoridan pastga va yuqoridan o‘ng tarafga guruh a’zolarining shartli belgilari qo‘yib chiqiladi. Guruh a’zolarining shartli belgilari o‘quvchilar familiyasi yoki familiya bosh harfi, tekshiruvchilarning tartib nomerlari ham bo‘lishi mumkin. Go- rizontal chiziq bo‘yicha qatorlarga tanlanayotgan o‘quvchi, ver- tikaliga esa katakcha ichiga kimni tanlayotgani haqidagi ma’lu- motlar yoziladi. Ijobiy tanlash «+» belgisi bilan, o‘zaro bir-birini tanlash esa «+» belgisi bilan ifodalanadi. Ma’lumki, kichik guruh yoki jamoalarda birlamchi guruh- lar mavjud boMishi mumkin. Bu birlamchi guruhlar esa bosh- qa matritsada belgilanadi. Buning uchun yuqorida ko‘rsatilga- nidek, to‘rtburchak yoki kvadrat chizilib, matritsaning chap burchagidan pastdagi o‘ng burchagiga qaratib diagonal chiziq o‘tkaziladi. Bu chiziq kvadratning shu diagonal chizig'iga to‘g‘ri kelgan kataklari ustidan o'tadi. 1-matritsadan o‘zaro tanlanish- ga ega bo‘lgan istagan bir o‘quvchi tanlab olinadi. Uning tartib raqamini va familiyasini matritsaning 1-qatoriga 0‘tkaziladi. Xuddi ana shu raqamni yuqoridagi 1-katakka qo‘yiladi. So'ngra matritsadan 1-qatorga yozilgan shaxs bilan o'zaro tanlanish- da bo‘lgan shaxslarni tanlab olinadi. Uning tartib raqami va familiyasi 2-qatorga yoziladi. Xuddi ana shu raqamni yuqoridan 2-ustunga yoziladi. Matritsaning shunga muvofiq keladi- gan kataklariga «+» belgisi yozib qo‘yiladi. Matritsaning 1-qa- toridagi o‘quvchi bilan o‘zaro tanlanishda bo‘lgan guruhning navbatdagi a’zosini uning 1-matritsadagi raqamini saqlagan hol- da 3-qatorga yoziladi. Shu raqamni 3-ustunning yuqori qismiga ham qo‘yiladi. Tegishli katakka «+» belgisi qo‘yUadi. Shu tari- qa 1-matritsadan tanlab olinadigan familiyalarni navbatdagi qa- torga yoziladigan o‘zaro tanlanishda bo‘lgan birorta ham kishi qolmaguncha davom ettirish kerak. Boshqacha qilib aytganda, o‘zaro tanlanishda bo‘lgan kishilar doirasi yakunlanishi lozim. 0‘zaro bir-birini tanlamagan o‘quvchilar matritsaning oxiriga 39 yoziladi. Mikroguruh, ya’ni birlamchi guruh 2—5 kishidan ibo- rat bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, sotsiometriya metodi obyektiv va aniq ma’lu- motlar, ya’ni shaxsning guruh yoki jamoadagi real holatini aks et- tiruvchi ma’lumotlar olishga imkon beradi hamda amaliy maqsad- larda foydalanilishi mumkin. Download 262 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling