Bob. Yosh psixologiyasining tadqiqot metodlari
Download 262 Kb.
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi.
- Diagnostik metodlar.
Suhbat metodi. Suhbat — bevosita muloqot jarayonida o‘quvchi- lar psixik xususiyatlarini aniqlash metodikasi bo‘lib, o‘qituv- chi oldindan tayyorlab qo‘ygan savol asosida o‘zi uchun kerak- li bo‘lgan informatsiyani olish imkoniga ega.
Suhbat metodikasi yordamida inson xarakteri xususiyatlari, xatti-harakati motivlari, hayotining turli tomonlariga uning ba- hosi, biografiyasining asosiy faktlari va unga bo‘lgan munosabat- larni aniqlash mumkin. Suhbat metodi ma’lum qoidalarga asoslanishi lozim. 32 Suhbat tasodifiy emas, rejali bo‘lishi kerak. Suhbat boshida o‘quvchi qiziqadigan mavzuda gaplashish kerak. Suhbat boshlanishida biografik xarakterdagi savollar beril- masligi kerak. Savollar tushunarli, yosh xususiyatlarini hisobga olgan hol- da berilishi kerak. Suhbat metodining ijobiy tomoni — o‘quvchi bilan bevosita muloqotda bo‘lish, uning reaksiyalarini hisobga olish imkoni, qo‘shimcha, to‘ldiruvchi savollar berilishi mumkinligidir. Shuni ham nazarda tutish kerakki, suhbatdan biz obyektiv fakt emas, balki kishining subyektiv fikrini olamiz. Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi. 0‘quvchilar yozgan in- shoga qarab, o‘qituvchi uning adabiy qobiliyatini, so‘z boyligi, rivojlanish darajasi, obrazli tafakkuri haqida xulosa chiqarishi mumkin. Xuddi shuningdek, matematikadan yozma ish, chiz- machilikdan topshiriq natijalariga qarab o‘quvchining individual psixik xususiyatlari, qobiliyatlari, mehnat malakalari haqida ma’lumot to'plash mumkin. Diagnostik metodlar. Bu metodlar shaxsning u yoki bu xususiyatlarini shunchaki ta’riflash emas, balki bu xususiyatlarni o‘rganish asosida sifat va miqdor jihatdan xarakteristika berish imkoniyatiga ega. Diagnostika metodlariga turli xil testlar kiradi. Test metodi yordamida kishining aqliy qobiliyatlari darajasi aniqlanadi, inson holati va ularning xususiyatlari belgilanadi, shaxsning strukturaviy sifatlari — o‘z-o‘zini baholash, emotsional barqarorlik, muammoga yengil kirisha olishi o‘rganiladi. Test inglizcha (test) so‘zidan olingan bo‘)ib, sinab ko‘risb, tek- shirish ma’nosini bildiradi. Test tekshiruvchiga taqdim etiladi- gan topshiriqlar tizimi bo‘lib, uning natijasida standartlashtiril- gan o‘lchov oTkaziladi. Test asosan individlar o‘rtasidagi farqlarni yoki turli sharoitlarda ular ko‘rsatadigan reaksiyalar o‘rtasidagi farqlarni o‘rganish uchun mo‘ljallangan. 33 Yosh va pedagogik psixologiyada test guruhlarning ijtimoiy psixologik xususiyatlarini, guruhiy holatlarning namoyon bo‘lish darajasini o'rganish uchun ham qo‘llaniladi. Test guruhlarni ij- timoiy-psixologik xarakteristikalari asosida differensiatsiya qilish maqsadlariga xizmat qiladi. Testning standartlashtirilishi vazifalar bajarilishini baholash va uni o‘tkazishning bir xildagi jarayonlarini hosil qilishdan ibo- rat. Bu esa test o‘tkazilishi mo‘ljallanayotgan, oTganilishi talab qilinadigan katta sonli reprezentativ sinaluvchilarda (2—3 ming) testni o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Test standartlashtirilishi 2 bosqichda o‘tkaziladi. 1-bosqich- da testni qo‘llash yo‘riqnomasi shakllanadi: topshiriqlar tanla- nadi, uni o‘tkazish uchun ko‘rsatmalar ishlab chiqiladi, sinaluv- chiga beriladigan yo‘riqnoma tuziladi va testni o‘tkazishning boshqa masalalari ko‘rib chiqiladi. 2-bosqichda normalar aniqla- nadi, ya’ni test natijalarini baholash uchun boshqa individlar yoki guruhlar natijalari bilan solishtirish uchun normalar tizimi bel- gilanadi. Testning ishonchliligi — shu test qayta o‘tkazilganda (aynan shu tekshiruvchilarda) olingan ma’lumotlarning bir-biri bilan mos kelishi. Ishonchlilikni baholashning asosiy ko‘rsatkichi kor- relyatsiya koeffitsienti. Testning validligi — test qanday maqsadda yaratilgan bo‘lsa, o‘sha maqsad uchun qo‘llaniladi. Qo‘llanilish sohasiga qarab: Intellekt testlari. Maxsus qobiliyatlarni aniqlash va yutuqqa erishish testlari. Shaxs xususiyatlarini aniqlash testlari. Qiziqishlar, ustanovka, qadriyatlarni aniqlash testlari. Shaxslararo munosabatlar diagnostikasi uchun mo‘ljallan- gan testlar farqlandi. Masalan, shaxslararo munosabatlarni va shaxs sifatlarini diag- nostika qilish uchun ko‘pincha amerikalik psixolog T. Liri tomo- nidan yaratilgan metodika qollaniladi. Bu metodik so‘rovnoma 34 bo‘lib, 128 ta punktdan iborat. Sinaluvchi o£zi va atrofidagilar- da muayyan xislatlarning mavjudligini, shuningdek, o£zida va sheriklarida bo£lishini xohlaydigan sifatlarni ko‘rsatadi. Natijalar qayta ishlangach, tadqiqotchi sinaluvchining shaxsi, yo£nalishi- ni aniqlab va shu asosda shaxslararo o£zaro ta’sirni prognoz qili- shi mumkin. Shunday qilib, testlar — bu maxsus metodlar bo‘lib, u yoki bu ijtimoiy psixologik hodisa qisqa muddat ichida tekshiriladi. Testlar asrimizning boshlarida kashf qilingan bo‘lib, ular 20— 30 yillarda hayotga, amaliyotga shiddat bilan kirib keldi. Natija- da maxsus soha — psixometrika yuzaga keldi. Testlarni qo£llash- ning qulayligi shundaki, bir test yordamida ma’lum shaxsning u yoki bu xususiyatlarini bir necha marta, takroran sinab ko£rish mumkin. Download 262 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling