Bob. Yosh psixologiyasining tadqiqot metodlari


Download 262 Kb.
bet2/7
Sana22.10.2023
Hajmi262 Kb.
#1715691
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-mavzu

Kuzatish — psixik xususiyatlarni uzoq vaqt davomida, reja- li, biror maqsad asosida o‘rganish. Kuzatish — universal metod bo‘lib, turli vaziyatlarda ishlatiladi. Ilmiy kuzatish hayotiy (il­miy bo‘lmagan) kuzatishdan tubdan farq qiladi. Hayotiy kuza­tish — kundalik hayotda, rejasiz amalga oshirilib, turli tasodif-

22



larga bog‘liq bo‘ladi. Kuzatish ilmiy bo‘lishi shu bilan bir qatorda psixologik-pedagogik kuzatish bolishi uchun bir qancha talablar- ga amal qilishi lozim:

Asosiy metodlar

Kuzatish
Psixologik holatlarning sabablari- ni ilmiy tarzda tushuntirib beruv- chi tadqiqot metodi.

Eksperiment
Psixologik ma’lumotlarni aniqlash- ga qaratilgan sharoitlarni yaratish maqsadida tadqiqotchining tekshiri- luvchi faoliyatlariga faol aralashuvi

Hayotiy kuzatish ma’lumotlarini qayd etish bi- langina chek- lanib, tasodifiy xarakterga ega.

Ilmiy kuzatish ma’lumotlarni qayd qilishdan ularning ichki mohiyatini tushuntirib be- rishga o‘tish, uning zaruriy sharti — aniq reja va nati- jalarni maxsus kundalik yoki bayonnoma- larda qayd etishdir.

Laboratoriya eksperimenti max­sus yaratilgan sha- roitlarda, maxsus (apparaturalar) asbob uskuna- lar yordamida o‘tkaziladi. Tekshiriluvchi xatti-harakatlari ko‘rsatma orqali belgilanadi.

Tabiiy eksperiment oddiy hayotiy sharoitlarda o‘tkazilib, turli yosh davr- larida bilish imkoniyatla- rini o‘rganish uchun qo‘llaniladi.







Psixologik-pedagogik eksperiment

Aniqlov-
chi

Shakl-
lanti-
ruvchi

Nazorat

Yordamchi metodlar

Faoliyat mahsulini tahlil qilish Tarjimai hoi metodi

Sotsiometriya
Anketa
Suhbat
Egizaklar metodi Test

2-rasin. Yosh va pedagogik psixologiya metodlari.

23

  1. Maqsadga yo'nalganlik. Umuman o‘quvchini emas, balki uning shaxsiy sifatlari konkret namoyon bolishini turli vaziyat- larda va faoliyatning har xil turlarida — o‘yin, o‘qish, mehnat, muloqot jarayonida kuzatish.

  2. Reja. Kuzatishni boshlashdan oldin muayyan vazifalar belgilanishi (nimani kuzatish), reja tuzilishi (vaqti va vosita- lari), ko‘rsatkichlarni aniqlab olishi (nimani qayd etish), bo‘li- shi mumkin bolgan xatolar va ularni oldini olish yo‘llari, taxmin qilinayotgan natijalarni o‘ylab olishi lozim. Bunda kuzatilayotgan xususiyat aniq belgilanishi lozim (ular ko‘p bo‘lmasligi zarur). Kuzatishdan maqsad xulq-atvordagi topilgan kamchiliklarni to‘g‘rilash yo‘llarini ishlab chiqish bo‘lmog‘i lozim.

  3. Mustaqillik. Kuzatish yo‘l-yo‘lakay qilinishi lozim bo‘lgan emas, balki mustaqil ravishda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan vazifa bo‘lmog‘i lozim.

  4. Tabiiylik. Psixologik-pedagogik kuzatish o‘quvchilar uchun tabiiy sharoitlarda o‘tkazilishi lozim. U o‘qituvchining ishtirokisiz o‘tkazilishi zarurki, o‘quvchi kuzatilayotganini sez- masin.

  5. Tizimlilik. Kuzatish o‘qituvchining xohishi bilan emas, balki doimiy reja asosida, tizimli ravishda yoki rejalashtirilgan ma’lum oraliqdan so‘ng o‘tkazilishi zarur.

  6. Obyektivlik. Kuzatish jarayonida o‘z taxminlarini emas, obyektiv fakt, harakat, o‘quvchilar xulq-atvorining obyektiv xu- susiyatlarini qayd etish va shu asosda xulosa chiqarish lozim.

  7. Qayd etish. Olingan barcha ma’lumotlar ma’lum tizimda qayd etilishi lozim. Olingan natijalar kuzatish jarayonida yoki uni o‘tkazilgandan so‘ng darhol qayd qilinishi kerak.

Biroq kuzatish metodining kamchiliklari ham mavjud. Bular:

  1. Tekshiruvchining passiv holatni egallaganligi.

  2. Qayd etishdagi xatolar.

  3. Qaytarish imkonining yo‘qligi.

  4. Natijalarni tahlil qilishdagi subyektivizm.

24



Kuzatish metodining ijobiy tomoni shundaki, eksperimental ra- vishda o‘rganish imkoni bo‘lmagan faoliyatni analiz qilish, o‘quvchi xulq-atvorini tabiiy sharoitda o‘rganish imkoniyati mavjud.
Kuzatish pedagogik amaliyotda qo‘llaniladigan asosiy metod- lardan biridir. Kuzatish intervallari yoshga bog‘liq bo‘lishi kerak.
Tug'ilgandan 2—3 oygacha — har kuni;
2—3 oydan 1 yoshgacha — har hafta;
Ilk bolalik, ya’ni 1—3 yoshda — har oyda;
3 yoshdan 6—7 yoshgacha — yarim yilda 1 marta;
7—11 yoshda — 1 yilda 1 marta kuzatish o‘tkazilishi zarur.
Eksperiment metodi. Eksperiment metodi tabiiy va labora- toriya eksperimenti turlariga bo'linadi. Bu metod psixik holatni ta’riflashgagina emas, balki ularni tushuntirib berishga ham im- kon beradi.
Kuzatishdan farqli olaroq, psixologik eksperiment tadqiqot- chining sinalayotgan faoliyatga faol aralashuvi mumkinligini na- zarda tutadi. Jumladan, psixologik fakt aniq namoyon bo‘lishiga, uning tadqiqotchi xohlagan yo'nalish bo‘yicha o‘zgartirilishiga, har jihatdan tadqiq qilish uchun bir necha martalab takrorla- nishiga imkon beradigan shart-sharoitni yaratadi.
Laboratoriya eksperimentining xarakterli belgisi faqat uning laboratoriya sharoitlarida maxsus psixologik asbob-uskuna- lar yordamida o‘tkazishlarida va sinaluvchining xatti-harakat- lari yo‘l-yo‘riqqa binoan sodir bo‘lishi bilangina emas, balki sina- layotganligini biladigan sinaluvchi (garchi, odatda, sinalayotgan kishi eksperimentning mohiyati nimadan iboratligini, konkret nimani va nima maqsadda tadqiq qilinayotganligini bilmasa ham) kishining munosabati bilan ham belgilanadi. Laboratoriya eksperi­menti yordamida diqqatning xossalarini, idrok, xotira va boshqa- larning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish mumkin. Hozir- gi paytda laboratoriya eksperimentini ko‘pincha shunday tarzda o‘tkazishadiki, unda odam odatdagi sharoitlarda bajarishi mum- kin bo‘lgan faoliyatning ba’zi psixologik jihatlari modellashtirilib qo‘yiladi. Jumladan, eksperimentda anchagina hissiy zo'riqish

25



vaziyati modellashtirilib, uning jarayonida sinaluvchi, masalan, kasbi-kori uchuvchi bo‘lgan kishi anglanilgan yechimlar qabul qilishi mumkin. Yuksak darajadagi uyg‘unlikni taqozo etadigan murakkab harakatlar qilishi, asboblardagi ko‘rsatkichlarga muno- sabat bildirishi va hokazolar belgilab qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.
Tabiiy eksperiment (birinchi marta 1910-yilda A.F. Lazur- skiy taklif etgan) mo‘ljallanganiga ko‘ra, eksperiment o‘tkazila- yotganini biladigan sinaluvchida hosil bo‘ladigan zo‘riqishga yo‘l qo‘ymasligi va tadqiqotni odatdagi, tabiiy sharoitlarga (dars, suh- bat, o‘yin, uy vazifalarini bajarish va boshqalar) ko‘chirishi lozim.
Masalan, materialni yodlashning samaradorligi uni uzoq vaqt xotirada saqlab qolish to‘g‘risidagi ko‘rsatmaga bogMiqligini tad- qiq qilish tabiiy eksperimentga misol bo‘la oladi. 0‘quvchilardan bir guruhi o‘rganilishi lozim bo‘lgan material bilan tanishtirila- di va ushbu material yuzasidan ertasiga so‘ralishini aytadi. Bosh- qa bir guruhda esa o‘quv materiali xuddi shunday tarzda o‘tilib bo‘lgach, o‘quvchilarga o‘tilgan dars bir haftadan so‘ng so‘ralishi aytiladi. Haqiqatda esa har ikkala guruhda ham o‘quvchilardan ikki haftadan keyin so‘ralgan. Ana shu tabiiy eksperiment jara­yonida materialni uzoq vaqt xotirada saqlab qolishga mo‘ljallan- gan yo‘l-yo‘riqning afzalliklari aniqlanadi.

  1. Tasdiqlovchi va shakllantiruvchi tadqiqot strategiyalari

Psixologik-pedagogik tadqiqot vazifalarini bajaradigan ta­biiy eksperiment psixologik-pedagogik eksperiment deb ataladi. Har xil yosh bosqichlarida o‘quvchilarning bilish imkoniyatlarini o‘rganishda, o‘quvchi shaxsini shakllantirishning konkret yo‘lla- rini aniqlashda uning roli benihoya kattadir. Psixologik-pedagogik eksperiment uch qismdan iborat. Aniqlovchi, shakllantiruvchi, nazorat eksperimentlari. Aniqlovchi (tasdiqlovchi) eksperiment- da sinaluvchilardagi biror psixik jarayonning rivojlanish daraja- si aniqlanadi. Masalan, boladagi xotiraning rivojlanish daraja- si «Meyli» testi yordamida aniqlanishi mumkin. Shakllantiruvchi eksperimentda aniqlangan psixik jarayon me’yordan orqada

26



bo‘lsa, uni rivojlantirish bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazila- di. Misolga qaytsak, xotirani rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulot- lar o‘tkaziladi. Nazorat tajribalarida shakllantiruvchi ta’sirning samaradorligini aniqlash uchun diagnostik metod yana bir mar­ta takroran o‘tkaziladi. «Meyli» testi yana bir bora o‘tkazilib, maxsus matematik-statistik metodlar yordamida shakllantiruvchi ta’sirning samaradorligi aniqlanadi.

  1. Tadqiqotning yordamchi metodlari

Anketa — savollar yordamida psixologik axborot to'plashning metodik usulidir. Bunda savollar mantiqan bir-biri bilan bog‘lan- gan bo‘lib, tadqiqotning maqsadiga mos keladi. Anketa yordami­da o‘qituvchi o‘quvchilar shaxsiy sifatlarini aniqlash uchun mate­rial to‘playdi.
Taklif etiladigan savollarga qarab, anketalar mazmun, funksi- yasi, shakli bo‘yicha turli xil bo‘lishi mumkin.
Mazmun bo‘yicha anketa:

  1. Faktlar («Sening bo‘sh vaqtingdagi mashg‘uloting, «Uy joy sharoitingni ta’rifla»).

  2. Atrofdagi kishilar, hodisalar xarakteristikasini («0‘quv-ish- lab chiqarish korxonasida ish formasi boshqacha bolishi kerak deb hisoblaysanmi?», «Ko'pchilik bolalar o‘z imkoniyatlarini to‘liq ishga solmay o‘qishlarining sababi nimada deb o‘ylaysan?»).

  3. 0‘quvchining niyatlarini ifodalashi mumkin («Oliy o‘quv yurtiga kirasanmi?», «Yozgi oromgohga borasanmi?»).

Savollar bajaradigan funksiyasiga ko‘ra anketa o‘z ichiga qu- yidagilarni oladi:

  1. Filtrlovchi-savollar. M.: agar o'qituvchini oliygohga kirishni xohlovchilar qiziqtirsa, anketada quyidagicha savollar taklif eti- ladi: «Sening yoqtiradigan predmeting?». Bunga faqat oliygohga kirmoqchi bo‘lgan o‘quvchilargina javob beradilar.

  2. Tekshiruvchi yoki nazorat qiluvchi savollar. Ularning asosiy funksiyasi — ma’lumotning to‘g‘riligini tekshirish.

Shakli bo‘yicha anketalar:

27



  1. ochiq — bunda to‘g‘ri savollar o‘z xohishiga qarab, erkin javob berish mumkin;

  2. yopiq — bunda savollarga tayyor javob berilgan bo‘lib, o‘quvchi ulardan birini tanlashi lozim.

Anketa savollariga quyidagi talablar qo‘yiladi:

  1. Savollar aniq, tushunarli, sodda va konkret bo‘lishi lozim.

  2. Anketaning boshida oson savollar, keyin qiyin, undan keyin eng murakkablari, nihoyasida yana oson savollar berilishi lozim.

  3. Bitta xususiyatni aniqlashga bir necha savollar, nazorat qi- luvchi savollar berilishi lozim.

Anketa metodining ijobiy tomoni:

  1. ommaviy o‘rganish imkoniyati;

  2. informatsiya to‘plash tezligi;

  3. ma’lumotlarni analiz qilishda matematik metodlardan keng foydalanish imkoniyati;

  4. og‘zaki formada javob olish qiyin bo‘lgan savollarga javob olish imkoni;

  5. bir necha tadqiqotlar natijasini taqqoslash imkoni;

  6. natijalarni qayd etishning qulay usuli.

Shuni ham nazarda tutish lozimki, anketa metodi shaxs xu- susiyatlarining barcha sohalarini to‘la o‘rganish imkonini ber- maydi, o‘quvchilar turlicha javob berganlari tufayli ularni klassi- fikatsiya qilishda qiyinchiliklar uchraydi, javoblarning obyektivligi yuqori emas, chunki o'quvchilar bunga vijdonan yondashmas- liklari mumkin.
Quyida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning kommunika- tiv (muloqotchanlik) xususiyatlarini aniqlash uchun mo‘ljallan- gan anketa tavsiya qilinadi.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar shaxsi kommunikativ xu­susiyatlarini baholash anketasi.
Ushbu anketa o‘quvchilar, tarbiyachilar va ota-onalar uchun mo‘ljallangan. Bunda kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatlari hamda kommunikativ xususiyatlari ekspert baholanadi.

28

Anketa yordamida baholanadigan shaxs xususiyatlari va ular-



ga mos keluvchi savol raqamlari.

Baholanadigan shaxs xususiyatlari

Anketadagi xususiyatlarga mos keluvchi savollar

Muloqotchanlik

2,3,4

Tashkilotchanlik qobiliyati

5

Atrofdagilar bilan o‘zaro munosabat

6

Altruizm

7

Empatiya

8

Agressivlik

9

Himoyasizlik

10

Arazgo‘ylik

11

Adolatlilik

12

To‘g‘riso‘zlik

13

Iltifotlilik

14

Itoatkorlik

15

Mustaqillik

16

Qat’iylik

17

Mehnatsevarlik

18

0‘ziga ishonch

19

Anketa matni

  1. Bolaning ismi, sharifi, familiyasi, tug‘ilgan yili.

  2. Bolaning kattalar bilan muloqotchanligi:

  1. yuqori;

  2. o‘rtacha;

D) juda odamovi.

  1. Bolalar bilan muloqotchanligi:

  1. juda muloqotchan, ko‘pincha o‘zi yolg‘iz emas, boshqa bolalar bilan o‘ynashni yaxshi ko‘radi;

  2. unchalik muloqotchan emas, ko‘pincha yolg‘iz o‘ynashni yoqtiradi;

D) ba’zida yolg‘iz, ba’zida bolalar bilan o‘ynashni yoqtiradi.

  1. Agar o‘quvchi (bola) muloqotchan bo‘lsa,...

  1. yosh jihatdan o'zidan katta bolalar bilan;

  2. tengdoshlari bilan;

29

D) o‘zidan kichik bolalar bilan o‘ynashni afzal ko‘radimi?

  1. 0‘yinda bola o‘zini qanday tutadi?

  1. birgalikda o‘ynash uchun bolalarni uyushtira oladi, o‘yin- da o‘ziga faqat yetakchilik rolini oladi;

  2. o‘yinda yetakchilik, liderlik rolini ham, ikkinchi darajali rolni ham birdek bajaradi;

D) ko‘pincha o‘yinda boshqalarga bo‘ysungan holda o'ziga ik­kinchi darajali rolni oladi.

  1. 0‘quvchining boshqa bolalar bilan o‘zaro munosabati qan­day?

  1. do‘stlik o‘rnata oladi va o‘yinda bolalar bilan (nizo) kelish- movchiliklarga bormaydi.

  2. ko‘pincha nizolar kelib chiqadi.

  1. Boshqa bolalardan o‘yinchoqlarini qizg‘zanmaydimi?

  1. bajonidil o‘rtoq!ashadi;

  2. ba’zida qizg‘anadi, ba’zida yo‘q;

D) qizg‘anadi.

  1. Boshqalarga hamdard bo‘la oladimi?

  1. agar nimadandir xafa bo‘lishayotganini ko‘rsa (sezsa), tinchlashtirishga, achinishga, yordam berishga harakat qilib, do- imo hamdard bo‘ladi;

  2. ba’zan;

D) hech qachon.

  1. Boshqa bolalarni xafa qiladimi?

  1. ko‘pincha xafa qiladi;

  2. ba’zida xafa qiladi;

D) hech qachon xafa qilmaydi.

  1. 0‘quvchi kattalarga tez-tez shikoyat bilan murojaat qilib turadimi?

  1. ko‘pincha;

  2. ba’zida;

D) hech qachon.

  1. 0‘quvchi tez xafa boladimi?

A) juda tez;

30



В) ba’zida;
D) xafa bo‘lmaydi.

  1. 0‘quvchi (yoki farzandingiz) adolatlimi?

  1. doimo adolatli;

  2. ba’zida adolatli;

D) ko‘pincha adolatli emas.

  1. 0‘quvchi doimo rost gapiradimi?

  1. doimo;

  2. ba’zida rost gapiradi, ba’zida esa yo‘q;

D) ko‘pincha rost gapirmaydi, tez-tez yolg‘onchilik qiladi.

  1. 0‘quvchi doimo o‘zini xushmuomala tutadimi?

  1. doimo;

  2. ba’zida;

D) deyarli hech qachon xushmuomala emas.

  1. 0‘quvchi doimo sizga quloq soladimi?

  1. doimo;

  2. ba’zi-ba’zida;

D) deyarli hech qachon.

  1. 0‘quvchiga mustaqillik xosmi?

  1. butunlay mustaqil, hamma narsani o‘zi mustaqil bajarish- ni yoqtiradi;

  2. ba’zi-ba’zida;

D) ko‘pincha mustaqillikni namoyon qilmaydi va u uchun boshqalar bajarishini xohlaydi.

  1. 0‘quvchiga qat’iylik xosmi?

  1. doimo boshlagan ishini oxirigacha yetkazishga harakat qiladi;

  2. ba’zida qat’iylik namoyon qiladi, ba’zida yo‘q;

D) odatda qo‘l urgan ishini oxirigacha bajarmaydi.

  1. 0‘quvchiga mehnatsevarlik xosmi?

  1. juda mehnatsevar, doimo topshirilgan ishni bajonidil ba- jarishga harakat qiladi;

  2. ba’zida ishlashni sevadi, ba’zida dangasalik qiladi;

D) ko‘pincha dangasalik qiladi.

31



  1. 0‘quvchi o‘ziga ishonadimi?

  1. butunlay o‘ziga ishonadi;

  2. ba’zida;

  1. o‘ziga ishonmaydi.

Ushbu anketa bo‘yicha bolalarni baholashda, ekspert sifatida faqat ota-onalar emas, shu bilan birga tarbiyachilar, sinf rahbar- lari hamda o'quvchilar ham qatnashishlari shart.
Natijalar tahlili.
Anketa bo‘yicha olingan ma’lumotlar quyidagicha bahola- nadi:
«А» javobi — 10 ball;
«В» javobi — 5 ball;
«D» javobi — 1 ball;
Barcha javoblar bo‘yicha natijalar yig‘indisi hisoblanib, 18 ga bo‘linadi va bola shaxsi kommunikativ xususiyatlari, shaxslararo munosabatlar rivojlanish darajasining o‘rtacha ko‘rsatkichlari ba- holanadi.
Agar ota-onalarning baholari o‘qituvchi va tarbiyachilar bilan mos kelsa, bolada baholanayotgan sifatlarning mavjudligi haqida xulosa hosil qilish mumkin. Agar 3 ta ekspertdan faqat 2 tasining baholari mos kelsa, bolada ushbu sifatlar yetarli darajada rivojlan- ganligi haqida xulosa chiqarish mumkin. Agar ekspertlar baholari umuman bir-biriga to‘g‘ri kelmasa, bolalarda ushbu sifatlarning mavjud yoki mavjud emasligi haqida qo‘shimcha maxsus tekshiri- luvsiz xulosa chiqarish mumkin emas.

Download 262 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling