Boboev L. B., Abduraxmanova N. N. Dasturiy loyihalarni boshqarish fanidan
Download 1.03 Mb.
|
Dasturiy loyihalarni boshqarish -типография Мажмуа
Guruhning tashkillanishi
Guruh tashkillanishi usuli bu guruh tomonidan qabul qilingan qarorlarga, axborot alamashinish usullarga hamda rivijlanish guruhi va loyihaga qiziqish bildirayotgan odamlar o‘rtasidagi munosabatlarga ta‘sir qilishi mumkin. Loyiha boshqaruvchilari uchun quyidagi tashkiliy savollar muhim bo‘ladi: Loyiha boshqaruvchisi guruhning texnik lideri bo‘lishi shartmi? Arxitektura yoki tizimning texnik lideri dasturiy ta‘minotni ishlab chiqish vatida qabul qilingan kritik, texnik qarorlar uchun javobgare bo‘ladi. Bazi hollarda loyiha boshqaruvchilari bu vazifani bajarish uchun ko‘nikma va tajribaga ega bo‘ladi. Lekin katta loyihalar uchun texnik liderlikni bo‘yniga olish uchun loyiha arxitekktori etib katta muhandis tayinlanishi maqsadga muofiqdur. Kritik texnik qarorlarni qabul qilishga kimlar tortiladi va ular qanday qabul qilinadi? Qororlar tizimli arxitektor loyiha boshqaruvchisi tomonidan qabul qilinadimi yoki guruh azolarining kengroq diapazonida muhokama qilinadimi? Tashqaridagi qiziqayotgan shaxslar va korhonaning raxbaryati bilan hamkorlik qanday yo‘lga qo‘yiladi? Ko‘p hollarda bu hamkorlik uchun loyiha boshqaruvchisi javobgar bo‘ladi agar tizimli arxitektor bo‘lsa u yordam beradi. Lekin alternative tashkiliy madelda shunday maxsus o‘rin bo‘lish kerakki unga tashqi aloqalarni bajarishga ko‘nikmasi bo‘lgan odam qo‘yilishi kerak. Bir joyda joylashmagan odamlarni guruhga qanday birlashtirish mumkin? Hozirda yaratilayotgan guruhlarda har hil tashkilotlardan va uyda ishlaydigan odamlar birlashtirilyapti. Bu guruh qarorlarini qabul qilish jarayonlarida etiborga olinishi kerak. Guruhda bilimlar almashinuvini qanday amalga oshirish mumkin? Guruhni tashkillashda axborot tarqatilish usullariga etibor qaratilishi kerak. Axborotni katta hajimda uzatilishi adamlarni charchatadi va bajarayotgan vazifasidan chalg‘iydi. Oz miqdordagi dasturiy guruh odatda norasmiy tarizda tashkil etiladi. Guruh lideri guruhning boshqa azolari bilan birgalikda dasturiy ta‘minotni yaratish bilan shug‘ullanadi. Norasmiy guruhda bajarilishi kerak bo‘lgan ish butinicha muhokama qilinadi va vazifalar qobilyat va tajribaga asosan bo‘linadi. Guruhning kattalari axitektura dizayni uchun javobgar bo‘lishi mumkin. Lekin batafsil ishlab chiqish va amalga oshirish – alohida vazifa yuklangan guruh azosining javobgarligidur. Favqulotda dasturiy(FD) guruhlar (Bek, 2000) har doim norasmiy guruh bo‘ladi. FD entuziyasi taqid qilishadiki rasmiy tuzilmada axborot almashuvi taqiqlangan. FD da boshqaruv qarorlari deb hisoblangan ko‘plab qarorlar (grafik haqida qarorlar kabi) guruh azolariga o‘tkazilgan. Dasturchilar kodni rivojlanishida juft-juft bo‘lib ishlaydilar va tadbiq etilgan dasturlar uchun birgalikda javobgar bo‘ladilar. Norasmiy guruhlar muvafaqqiyatli bo‘lishi mumkin, ayniqsa guruh azolarining ko‘pchiligi sinovdan o‘tgan va qobilyatli bo‘lsa. Bunday guruh qarorlarni umumiy kelishuv bo‘yicha qabul qiladi, natijada birgalikha ishlash yaxshilanadi. Lekin agar guruh asosan tajribasiz yoki mas’ulyatsiz qatnashchilardan iborat bo‘lsa aniq yo‘naltiruvchi yo‘qligi uchun guruh qatnashchilari orasida koordenatsiya yetishmaydi va loyiha ijobiy yakun topmaydi. Ierarxik guruhlar – bu ierarxiya yuqorisida liderlar guruhi bor ierarxik tuzulmaga ega bo‘lgan guruhlardur. Unda guruh qatnashchilariga nisbatan ko‘proq rasmiy hokimyat berilgan va u ishni yo‘naltirishi mumkin. Aniq tashkiliy tuzulma mavjud qarorlar ierarxiya yuqorisida qabul qilinadi va ierarxiya ostidayi odamlar tomonidan bajariladi. Kommunikatsiya bu yuqoridagi shtatdan kelgan tavsiyanoma va ierarxiyada ostidagi qatlamlardan yuqori qatlamlargacha kichik “ko‘rariluvchi” kommunikatsiya mavjud. Bu yondashuv yaxshi ishlashi mumkin qachonki yaxshi tushunilgan muammo bo‘linib ierarxiyaning har-xil qisimlarida yechimi topiladi. Bu holatalarda ierarxiya qisimlari orasida nisbatan kichik kommunikatsiya talab qilinadi. Lekin bunday holatlar dasturlashda quyidagi sabablarga ko‘ra kam uchraydi: Dasturiy ta‘minotidagi o‘zgarishlar ko‘pincha tizimning bir nechta qismini o‘zgarishini talab qiladi va bunda ierarxiyaning hamma qatamlarida muhokama va muzokaralarni talab qiladi. Dasturiy ta‘minot texnologiyalari shunchalar tez o‘zgarmoqdaki, ko‘pincha yoshroq xodimlar tajribali xodimlarga nisbatan ko‘proq bilimlarga ega bo‘ladi. Pastdan yuqoriga bo‘lgan kommunikatsiyada loyiha boshqaruvchisi yangi texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari hahiqa bilmastligi mumkin. Yosh shtatlat yaratishda ishlatilayatgan eskirgan texnalogiyalarni deb ishga bo‘lgan ishtiyoqi pasayadi. Demakratik va ierarxik tashkillangan guruhlar guruh a‘zolarining texnik qobilyatlari o‘rtasida juda katta farq bo‘lishini tan olmaydilar. Eng yaxshi dasturchilar yomon dasturchilaraga nisbatan 25 marotaba samarali ishlashi mumkin. Eng yaxshi dasturchilarni eng yaxshi sharoitlar bilan ta‘minlab, ulardan imkoni boricha samarali faydalanish kerak. Bunday sharoitni ko‘zda tutgan dastlabki tashkiliy madel dasturchining asosiy jamoasi bo‘lgan. Yuqori malakali dasturchilardan samarali faydalanish uchun Baker (1972) va boshqalar (Aron 1974: Brooks 1975) jamoa alohida yuqori malakali asosiy dasturchi atrofida yaratilishini taklif qilishdi. Dasturchining asosiy jamoasini asosiy ta‘moyili – malakaliy va tajribali hodim dasturiy ta‘minotning yaratilishiga to‘liq javobgar bo‘lishi kerak. Ular turli-tuman savollarga chalg‘imastligi kerak va ularning ishi texnik va ma‘muriy tomondan yaxshi ta‘minlanishi kerak. Ular butun etiborini yaratilayotgan dasturiy ta‘minotga qaratishi kerak va vaqtlarini tashqi uchrashuvlarga sanrflamasligi kerak. Lekin dasturchining asosiy jamoasi madelida – mening fikrimcha asosiy dasturchi va unin yordamchisi hisobiga qolganlar qaram bo‘lib qoladi. Jamoaning yetarli javobgarlik berilmagan qolgan azolari qobilyatlariga yarasha ish berilmaganini xis qilib ishtiyoqi so‘nishi mumkin. Muammo paydo bo‘lganda ularda yetarlicha axborot bo‘lmasligi munkun va qaror qabul qilishda ishtirok etish imkoniyati yo‘q. guruhni bunday tashkillashda o‘ziga yarasha havf-hatarlari mavjud va ular bu tashkillanish turi olib kelishi mumkin bo‘lgan foydadan yo‘qqa chiqarishi mumkin. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling