Boboev L. B., Abduraxmanova N. N. Dasturiy loyihalarni boshqarish fanidan


Download 1.03 Mb.
bet19/79
Sana04.01.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1077655
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   79
Bog'liq
Dasturiy loyihalarni boshqarish -типография Мажмуа

LOYIHANI REJALASHTIRISH

Loyihani rejalashtirish – dasturiy ta‘minot loyiha bosharuvchisining asosiy vazifalaridan biridur. Boshqaruvchi sifatida siz ishni qisimlarga bo‘lishungiz va ularni loyihalashni jamoa azolariga topshirishingiz kerak, paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olishingiz va bartaraf etishga tayyor turishingiz kerak. Loyiha boshida yoritilgan loyiha rejasi ish qanday bajarilishi loyiha guruhi va mijozlari bilan muhokama qilish uchun va loyiha qanday rivojlanayotganini baxolash uchun ishlatiladi.


Loyihani rejalashtirishni hayotiy sikli 3 bosqichdan iborat:

  1. Taklif bosqichi. Unda siz dasturiy ta‘minot tizimini rivojlantirish yoki yaratish shartnomasi uchun narx taklif qilasiz. Bu bosqichda sizga ishni yakunlash uchun yetrli manbaga ega ekanligingiz va mijozga aytiladigan narxni chamalashingiz uchun reja kerak.

  2. Loyihani ishga tushurish bosqichi. Bunda siz loyihani kim ishlashini loyiha qanaqa qismlarga bo‘linishini, manbalar sizning korhonangizda qanday bo‘linishini va boshqalarni rejalashtirasiz. Taklif bosqichiga nisbatan bu bosqichda siz ko‘proq axborotga ega bo‘lasiz va dastlabki baxolashni mukammalshtirishingiz mukin.

  3. Liyoha davomida davriy, bunda siz rejangizni olingan tajriba va ish ketishi haqidagi axborot asosida o‘zgartirasiz. Yaratilayotgan tizim va jamoa qobilyati haida ko‘proq ma‘lumotga ega bo‘lasiz. Bu axborot sizga ishni bajarishga qancha vaqt sariflashga aniq baxo beraolasiz. Bundan tashqari daasturiy maxsulotga talablat o‘zgarishi mumkin va odatda buning natijasida ish taqsimoti o‘zgarishi va rejadagi muddat o‘zgarishi mukin. Odatiy ish loyihalari uchun loyihani ishga turushish bosqichida yaratilgan reja o‘zgartiriladi. Lekin tezkor yondashuv ishlatilganda reja qisqaroq atama bo‘lib doimiy ravshda dasturiy ta‘minot rivojlanish mobaynida o‘zgartiriladi. Tezkor rejalashtirish 3.4 bo‘limida muhokama qilingan.

Taklif bosqichidagi rejalashtirish ilojsiz taxminiy bo‘ladi, chunki yaratilayotgan dasturiy ta‘minotga bo‘lgan talablarnng to‘liq kamplektiga ega emassiz. Bu paytda siz dasturiy ta‘minotning talab qilingan funksionalligining yuqori darajasi tasnifiga asoslangan takliflarga javob berishingiz kerak. Ko‘pincha reja taklifning muhum qismidur, shuning uchun siz ishni bajarishni extimollik rejasini tushushingiz kerak. Siz shartnomani tuzganingizdan keyin taklif kiritilgandan so‘ng amalgam oshirilgan o‘zgarishlarni xisobga olgan holda loyihani takroran rejalashtirishingiz kerak bo‘ladi.
Shartnoma uchun narxni belgilayotganda siz mijozga taklif qiladigan dasturiy ta‘minotni yaratish narxini haqida bir qarorga kelishingiz kerak. Bu narxni xisoblash uchun siz loyiha ishini yakunlashga ketadigan sanf-harajatlaringizni baxolashingiz kerak. hat bir faoliyatga qancha manba ketishini baxolab bundan butun faoliyatning umumiy narxi kelib chiqadi. dasturiy ta‘minotni yaratishni narxini aniq taxmin qilish maqsadida dasturiy ta‘minotga bo‘lgan sarflarni doimiy obyektiv tarzda hisoblashingiz kerak.
Sarf harajatlaringizni maqbul baxosini olganingizda siz mijozga aytiladigan narxni hisoblashingiz mumkin. Keyingi bo‘limda ko‘rish mumkin bo‘ladi dastiruy ta‘minot loyihasini baholashga ko‘p omillar ta‘sir etadi – bu shunchaki narx+foyda emas.
Dasturiy ta‘minot yaratish loyihasining sarf harajatlarining xisoblashda siz 3 ta parametirdan foydalanishingiz kerak:

  • Ish kuchi sarflari (dasturiy ta‘minot yaratruvchilari va boshqashqaruvchilari oyligi);

  • Apparat va dasturiy ta‘minot sarflari, xizmat ko‘rsatish ham shuni ichida;

  • Sayohat va o‘qitishga ketadigan sanflar.

Ko‘p loyihalar uchun eng katta narx – ish kuchi narxi. Siz loyiha ishini tugatishga ketadigan umumiy ish vaqtini baxolashingiz kerak (odamni oyi hisobida). Bunday baxolashni bajarishda sizda axborot kamlik qiladi shunday qilib siz eng yaxshi baxolanishni olib unga qo‘shimcha muhim bo‘lgan oldindan bilib bo‘lmaydigan holatni qo‘shishingiz mumkin (qo‘shimcha vaqt va ish kuchi).
Tijorat tizimlari uchun siz odatda nisbatan arzon bo‘lgan apparat vositalaridan foydalanasiz. Lekin siz maxsulotni va dasturiy ta‘minot platformasini litsenziyalashtirishingiz kerak bo‘lganda dasturiy ta‘minot sarflari katta bo‘lishi munkin. Loyiha bir nechta joyda yaratilayotganda ularni hammasiga borib kelish talab qilinadi. Bu sayohatga ketadigan sarflar kam bo‘lsa ham, unga ketadigan vaqt ko‘pincha behuda ketadi va loyihaning ish vaqtini ko‘paytiradi. Yangi texnologiyalar yordamida uyushtirilgan uchrashuvlar ham masofadan hamkorlikni ta‘minlovcha dasturiy ta‘minot bunday sayohatlar miqdorini kamaytirishi mumkin. Tejalgan vaqt unumdor loyiha ishiga saflanishi mumkin.
Tizimni yaratishga shartnomasi tuzilgandan so‘ng loyihani ishga tushurish rejasini yaratish uchun loyiha grafaik rejasini mukammallashtirish kerak(asosiy). Bu bosqishda siz bu tizimga bo‘lgan talablar haqida ko‘proq bilishingiz shatr. Lekin siz yaratishda tezkor yondashuvdan foydalanayotgan bo‘lsangiz siz talablarning to‘liq spetsifikatsiyasiga ega bo‘lmasligingiz ham mumkin. Bu bosqishda sizning maqsadingiz hodimlarni ishlatish va byudjetni tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun foyadalanish mumkin bo‘lgan loyiha rejasini yaratishdur. Siz tashkilot manbayingizni taqsimbal ko‘rishimgiz kerak va yangi hodimlarni ishga olish haqida qaror qilishingiz lozim.
Rejada loyihani nazorat qilish mexanizimlari ham belgilanishi lozim. Siz loyiha rivojlanishini kuzatishingiz, rejadagi va amaldagio‘zgarish hamda sarflarni taqqoslashingiz lozim. Ko‘p tashkilotlarda nazoratning rasmiy prodseduralari mavjud lekin boshqaruvchi loyiha xodimlari bilan norasmiy muhokamalarni amalga oshirib doim rivojlanishning aniq holatini tasniflab berishga tayyor turishi lozim.
Norasmiy nazorat qiyinchiliklar paydo bo‘lganda muammolarni oldini olishga yordam beradi. Masalan loyiha hodimlari bilan har kung muhokalamalar natijasida dasturiy ta‘minotning hatosini aniqlashdagi maxsus muammosini ko‘rsatib berishi mumkin. Bunda boshqaruvchi muammoni hal qilish uchun expetrni yonlashi mumkin yoki uni dastur doirasida hal qilishi mumkin.
Loyiha rejasi yaratish jarayoni mobayni jarayonida o‘zgaradi. Rejalashtirish hodimlarga maqsadlari va ularga erishish yo‘llarini tushuntirish uchun loyiha rejasi foydali hujjat bo‘lishi uchun kerak bo‘ladi. Shuning uchun dasturiy ta‘minot rivojlanishi mobaynida grafik, smeta va havf-hatarlar qaytadan ko‘rilishi lozim.
Agar tezkor usul ishlatilayotgan bo‘lsa loyihani ishga tushirish rejasi doimo kerak bo‘ladi, chunki ishlatilayotgan yondashuvdan qat’iy nazar tashkilot loyihaga sariflanadigan manbalarni rejalashtirishi kerak bo‘ladi. Lekin bu reja batafsil bo‘lishi shart emas va unda bajariladiga ishlar ro‘yhati va loyiha grafigi haqida chegaralangan axborot bo‘lishi lozim. Yaratish vaqtida rejalashtirish jarayoniga butun jamoa jalb qilinadi , norasmiy loyiha rejasi va ishchi kuchi baxolanishi dasturiy ta‘minotni har bir qismi uchun tuziladi.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling