Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
1-topshiriq: So’z tarkibida tartib o’zgarmaydigan so’zlarga misollar keltiring.
__________________________________________________________________ __________________________________________________________________ 2-topshiriq: Berilgan qaysi so’zlardagi tarkibning tartibi o’zgargan? Muzlatgich, borganlik, aytmaslik, o’tirmasdan, o’chirg’ich, to’plamdagi, tezyurar, solishtirma, dehqonchilikdan, kitobxonlarga. O’zbek alifbosida 9 ta tovush so’z yasovchi vazifasini bajaradi. Shulardan 2 tasi unli: a i. 7tasi undosh: k, m, q,r,t,y,ch. M-n: boyi, tuna, tilak, to’plam, so’roq, qisqar, to’lat, qoray, tinch. 13ta tovush shakl yasovchi qo’shimcha vazifasini bajaradi. 2tasi unli: a, i.11tasi undosh:b,k, l,m,n,r, t,y,v, sh,ng.M-n: yoza (olmoq), kitobi, o’qib, keldik, o’qildi, bezan, keldim, isit, o’qiy, o’quv, o’qish, kelding. So’zlarning yasalish tuzilishi Yangi so’zlar 2 xil yo’l bilan vujudga keladi: 1. Har bir tilning o’z ichki imkoniyatlari asosida. 2. Boshqa tillardan so’z olish asosida. Tilda mavjud bo’lgan so’z yasash usullari orqali hosil qilingan yangi so’z yasama so’z deyiladi. Yasama so’zlar quyidagi usullar orqali hosil qilinadi: I.Morfologik (affiksatsiya) usulida asosga so’z yasovchi qo’shimcha qo’shish orqali yangi yasama so’z hosil qilinadi: g’azal-xon, hayot-iy. Tilda oldin mavjud bo’lgan so’zga ma’lum vosita qo’shish bilan yangi so’z hosil qilinishiga so’z yasalishi hodisasi, shunday hodisani o’rganadigan tilshunoslik bo’limiga so’z yasalishi deyiladi. So’z yasalishi hodisasi(yasama so’z bo’lishi shart) o’zining ichki tuzilishiga ega bo’ladi va ikkita tarkibiy qismni o’z ichiga oladi: a) yasashga asos qism; b) yasovchi vosita. 27 Yasashga asos qism va yasovchi vosita yasalmani tashkil qiladi. Buni terim,terimchi, so’zlari misolida ko’ramiz: ter-yasashga asos qism, -im yasovchi vosita, terim yasalma. Terim-yasashga asos qism, -chi yasovchi vosita, terimchi yasalma. 1-topshiriq:Berilgan so’zlarni yasashga asos qism, yasovchi vosita va yasalmaga ajrating. Toshqinda________________________________________________________ Sanoqsiz_________________________________________________________ Bilimsizlik________________________________________________________ Daladagi__________________________________________________________ Yig’lamsiramoq____________________________________________________ Ko’kimtir_________________________________________________________ So’zning yasalish tuzilishi bilan morfemik tuzilishi bir-biridan farqlanadi. So’zning ma’noli qismlarga bo’linishi uning morfemik tuzilishidir. So’zda nechta ma’noli qism bo’lsa, uning morfemik tuzilishi ham shuncha qismga ajraladi. Masalan: ter-im-chi uchta ma’noli qismdan, ter-im-chi-lar to’rtta ma’noli qism, ter-im-chi-lar-ga beshta ma’noli qismdan iborat. Demak, so’zning morfemik tuzilishi yasovchi qo’shimchalarni ham shakl yasovchi qo’shimchalarni ham o’z ichiga oladi. So’zning yasalish tuzulishi esa faqat yasovchilarnigina o’z ichiga oladi.Agar so’zda birdan ortiq yasovchi qo’shimchalar ishtirok etsa, eng oxirgi yasovchi vosita sanaladi: bilimdonlarga so’zi ikki qismdan iborat, ya’ni bilim- yasashga asos qism, don-yasovchi vosita. 2-topshiriq: Berilgan so’zlarni so’zning yasalish tuzilishi va morfemik tuzilishi bo’yicha tahlil qiling. Yasalish tuzilish Morfemik Birlashgan________________________________________________________ Suhbatingizdan____________________________/________________________ Qatlamani________________________________/________________________ Quymoqniki______________________________/_________________________ Tuzdondagi______________________________/________________________ Beshtacha_______________________________/_________________________ II.Sintaktik (kompozitsiya) usulida ikki yoki undan ortiq mustaqil ma’noli so’zni bir-biriga qo’shish bilan yasama so’z (qo’shma so’z) hosil qilinadi. M-n: tillaqo’ng’iz, olibsotar, oshpichoq. III.So’zlarni takrorlash yoki juftlash usuli: xola-xola (o’yin), manman, yo’l- yo’l, katak-katak, gul-gul, jag’-jag’, uzoq-yaqindan (hamma yoqdan),yosh-qari (hamma),erta-kech (hamisha), achchiq-chuchuk (salat), bugun-erta (yaqinda), issiq-sovuq (ahvol). So’zlarning tuzilishiga ko’ra turlari So’zlar tuzilishiga ko’ra 4 xil bo’ladi: 1)sodda so’zlar; 2)qo’shma so’zlar; 3)juft so’zlar; 4)takroriy so’zlar. I. Sodda so’zlar bir o’zakdan tashkil topadi. Ular 2 xil bo’ladi: tub, yasama a) sodda tub so’zlar so’z yasovchi qo’shimchalari bo’lmagan so’zlardir. Ular lug’aviy va sintaktik shakl yasovchi qoshimchalarni olishi mumkin. M-n: 28 ruchkalar, havodan, qizilroq, keldik. b)sodda yasama so’zlar so’z yasovchi qoshimchalarni olgan so’zlardir: e’tiborsiz, suvsa, mahsuldor, qizar . II. Qo’shma so’zlar 2 yoki undan ortiq o’zakdan tashkil topib, 1 ta so’roqqa javob bo’ladi: xomtok, hozirjavob. Qo’shma so’zlarning tarkibi bir xil so’z turkumiga ham, har xil so’z turkumiga ham oid bo’lishi mumkin: oshpichiq (ot+ot), sotib olmoq (fe’l+fe’l), qo’shtirnoq (sifat+ot), erksevar (ot+fe’l) Eslatma:1. Qo’shma so’zlarga so’z yasovchi qo’shimcha qo’shib, yangi so’z yasash mumkin: atirgulli daftar, oltiariqlik. 2.Qo’shma so’zlar so’z birikmasidan hosil bo’ladi. Butunlay qo’shma so’zga aylangan so’z birikmalari qismlari qo’shib, endi qo’shma so’zga aylanayotganlari ajratib yoziladi. Masalan: so’zboshi, temir Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling