Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
yo’l, osma ko’prik
1-topshiriq: Tarkibi har xil so’z turkumidan iborat bo’lgan qo’shma so’zlarga misollar keltiring. __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ 2-topshiriq: Tarkibi bir xil bo’lgan va ajratib yoziladigan qo’shma so’zlarga misollar keltiring. __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ III. Juft so’zlar ma’nosi bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi ma’noli 2 o’zakning juftlashuvidan tashkil topgan so’zlardir. Juft so’z o’zaklari har doim chiziqcha bilan yoziladi. Ularning har ikkala qismi deyarli har doim bir xil so’z turkumiga oid bo’ladi: idish-tovoq (ot), yaxshi-yomon (sifat), yozdi-oldi (fe’l), erta-kech (ravish), uch-to’rt (son), sen-men (olmosh). Judayam kam hollarda juft so’zlarning tarkibi har xil so’z turkumiga oid bo’lishi mumkin: ur-to’polon (fe’l-ot), shirin-shakar(sifat-ot). Juft so’zlarning tarkibi 4 xil bo’ladi: 1.Har ikkala qismi yakka holda mustaqil ma’no bildiradi:daftar-kitob, toat-ibodat, or-nomus. 2. 2-qismi yakka holda ishlatilmaydi: temir-tersak, kiyim-kechak, maza-matra, mayda-chuyda. 3. Ikkala qismi ham ma’no bildirmaydi: g’ala-g’ovur, dali-g’uli, poyintar-soyintar. 4. 1-qismi ma’no bildirmaydi:qo’ni-qo’shni Eslatma: Grammatik shakllar ( lug’aviy va sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar) ,odatda, juft so’zlarning 2-qismiga qo’shiladi: qo’y-qo’zilarni. Ba’zan bu qo’shimchalar ikkala qismiga ham qo’shilishi mumkin: aytdim-qo’ydim Juft so’zlar quyidagicha tuziladi: 1.Bir-biriga yaqin ma’noli so’zlardan: sabzi-piyoz, qovun-tarvuz, qozon-tovoq. 2. Sinonimlardan: baxt-saodat, kuch-quvvat, o’t-olov, yarog’-aslaha, aft-bashara. 3.Antonimlardan:oq-qora, uzun-qisqa, yaxshi-yomon. 4.Butun va bo’lak nomlaridan: tog’-tosh, oy-kun, vaqt-soat, gap-so’z. 29 Juft so’zlar tub yoki yasama bo’lishi mumkin: besh-olti (tub-tub), o’yin- kulgi(tub-yasama), yig’im-terim (yasama-yasama),his-tuyg’u (tub-yasama), issiq- sovuq (yasama-yasama) Juft so’zlar quyidagi ma’nolarni bildiradi: 1.Ma’no umumlashadi;ota-ona, yaxahi-yomon, 2.Ma’no umumlashadi va kengayadi; ot-ulov, oziq-ovqat, idish-tovoq 3.Aytdi-qo’ydi, yozdi-qo’ydi kabi juft fe’llarning 2-qismi yordamchi bo’ladi, u 1- qismining ma’nosiga yana qandaydir ma’no qo’shadi. Aytdi bilan aytdi-qo’ydi teng emas. Aytdi-qo’ydi ishning osonlagini, birdan bajarilganligini bildiradi. Eslatma. Juft so’zlarga so’z yasovchi qo’shimcha qo’shish bilan yangi so’z yasash mumkin; qishin-yozin, ochin-to’qin, or-nomusli Eslatma. –u, -yu yuklamasi juft so’zlar orasida bog’lovchi vazifasini bajarganda, juft so’zlarning 1-qismidan har doim chiziqcha bilan ajratib yoziladi; kun-u tun, kecha-yu kunduz Ba’zi juft so’z qismlari o’rnini almashtirib qo’llash mumkin; omon-eson, kun-tun, qish-yoz. 3-topshiriq: Berilgan juft so’zlarni tarkibi, tuzilishi hamda tub-yasamaligi bo’yicha to’liq tahlil qiling. Sakrab-hakkalab_____________________________________________________ Yayrab-quvnab______________________________________________________ Ochilib-sochilib_____________________________________________________ Qo’llab-quvvatlab____________________________________________________ Ana-mana__________________________________________________________ O’y-hayol__________________________________________________________ Ko’rpa-to’shak______________________________________________________ Adi-badi___________________________________________________________ Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling