Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

xotira.
Eslatma: -lik qo’shimchasi tegishlilik ma’nosini (shaharlik, jizzaxlik), -li 
qo’shimchasi esa egalik ma’nosini (uyli, diplomli) bildiradi. 
Shakl yasovchi qo’shimchalar. Asosga qo’shilib , uning ma’nosiga qo’shimcha 
ma’no yuklash yoki o’zi qo’shilayotgan so’zni boshqa so’zga bog’lash vazifasini 
bajaruvchi qo’shimchalarga shakl yasovchi qo’shimchalar deyiladi. Ular 
vaziyfasiga ko’ra 2 xil bo’ladi: a) lug’viy shakl yasovchilar, b) sintaktik shakl 
yasovchilar.
Asosga qo’shilib, uning ma’nosiga qo’shimcha ma’no yuklovchi qo’shimchalar 
lug’viy shakl yasovchi qo’shimchalar deyiladi. 
Lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalarga quyidagilar kiradi
Otlardagi :
-ko’plik-lar:uylar ;
-kichraytirish-erkalash:-cha, -choq, -chak,-jon, -xon, -oy, -bek, -(a)loq, -bonu, -
gina; 
qarashlilik shakli -niki:ukamniki;
chegara shakli-gacha: bilakkacha; 
o’rin-joy shakli –dagi: javondagi.
Sifatlardagi: daraja qo’shimchalari: roq, -(i)mtir,-gina, -ish:oqroq, ko’kish.
Sonlardagi : sonning ma’no jihatdan turlarini hosil qiluvchi qo’shimchalar:-ta, -
tacha, -larcha, -lab, -ov, -ovlon, -tadan.
Fe’llardagi:
-nisbat qo’shimchalari: -(i)n, -(i)l, -(i)sh, -dir, -tir, -iz, -ar, -sat, -gaz, -giz, -g’az, -
g’iz, -kaz, -kiz, -qaz, -qiz, -ir, -t: ichir, to’lat, yetkaz.
–sifatdosh qo’shimchalari: -gan, -yotgan, -r, -ar, -ajak, -gusi, -g’usi, -vchi, -uvchi: 
oqar, kelajak, uchuvchi.
–ravishdosh qo’shimchalar: -(i)b, -y, -a, -gach, -guncha, -gancha,-gudek, -gani: 
ketgach, o’qiguncha.
harakat nomi qo’shimchalari: -(i)sh, -(u)v, -moq, -mak: o’qish, bormoq, yozuv.
–bo’lishsizlik qo’shimchalari: -ma: borma.
–fe’llarga qo’shilib harakatning davomiyligini bildiradigan qo’shimchalar: -gila, -
g’ila, -kila, -qila, -la, -ala, -ka, -ga, -qa, -i, -g’i, -qi: turtkula, tortqila, savala, surka, 
chayqa, qori, (xamirni), to’zg’i, yulqi;
- harakatning kuchsizligini, to’la bajarilmasligini bildiradigan qo’shimchalar: -
(i)nqira, -(i)msira, -ish: oqarinqira,kulimsira, to’lishdi (oy).
So’zlarni bir-biriga bog’lash uchun xizmat qiladigan qo’shimchalar sintaktik 
shakl yasovchi yoki munosabat shakllari deyiladi. Ularga egalik, kelishik, shaxs-
son, zamon, mayl qo’shimchalari kiradi. 
Egalik sintaktik shakl yasovchilar: 
Egalik Birlik Ko’plik 


22 
I.shaxs -m, -im: kitobim -miz, -imiz: kitobimiz 
II.shaxs -ng,ing: kitobing -ngiz, -ingiz: kitobingiz 
III.shaxs -i(-si): kitobi -i(lari): kitoblari 
Kelishik sintaktik shakl yasovchilar 
1. Bosh kelishik - 
2. Qaratqich kelishigi: -ning ukamning 
3. Tushum kelishigi: - ni ukamni 
4. Jo’nalish kelishigi: -ga(-ka, qa)ukamga 
5. O’rin-payt kelishigi: -da ukamda 
6. Chiqish kelishigi: - dan ukamdan 
Shaxs-son sintaktik yasovchilar 
Shaxs-son Birlik Ko’plik 
I.shaxs -m,-man: yozdim,boraman -k(-miz)yozdik, boramiz 
II.shaxs -ng,-san: yozding, borasan -ngiz,(-siz):yozdingiz, borasiz 
III.shaxs (nol shakl): yozdi, boradi -lar: yozdilar, boradilar 
-zamon qo’shimchalari: -di, -moqchi, -yap, -yotib, -digan, bormoqchi, kelyapti
boryapti.
–mayl qo’shimchalari: -y, -ay, -sin,-(a)ylik, -gin, -(i)ng, -(i)ngiz, -sa: boray, kelsa. 
1-topshiriq: So’zlarni morfemaga ajrating. Qo’shimchalarni tasniflang. 
Giyohlarni, adolatli, bog’bon, ajratildi, mevazor, birinchi, kuzda, dorishunos, 
sayohatchi, topilgan, sezgir, ikkita, mehnatkah, bag’riga, mehnatdan. 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________ 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling