Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
Bilga xoqon, Kultegin.
VI-VII asrlardan XIV-XV asrgacha uyg’ur yozuvidan foydalangan. Yaratilgan asarlar: “Qutadg’u bilik”(Vena nusxasi), “Hibat ul-haqoyiq”, “Muhabbatnoma”. VIII asrdan 1930 –yilga qadar arab alifbosiga asoslangan yozuvdan foydalangan. Yozilgan asarlar: “Qutadg’u bilig” (Namangan va Qohira nusxasi), “Devonu lug’atit- turk” va boshqalar. 1930-yildan 1940-yilgacha lotin yozuvi, 1940-yilning may oyidan boshlab krill yozuvi, 1993-yilning 2-sentabridan boshlab lotin yozuvidan foydalanilgan. Eslatma:1993-yil 2-sentabr kuni O’zbekiston Respublikasining”Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida ”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu alifboda 31 ta harf 1ta tutuq belgisi bor edi. Ammo ma’lum sabablarga ko’ra 1995-yil 6-may kuni O’zbekiston Respublikasining”Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida ”gi Qonunga o’zgartirishlar kiritildi. O’zgartirilgan alifboda 26ta harf, 3ta harf birikmasi mavjud. Eslatma: Lotin grafikasidan butun dunyo aholisining 30%i foydalanadi. Orfografiya. Imlo qoidalari Orfografiya yozma nutqning qonun- qoidalarini o’rganadi. O’zbekiston 14 Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1995-yilning 24-avgustida “O’zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida” 339-sonli qaror qabul qildi. U 82 banddan iborat bo’lib quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi: 1. Harflar imlosi:a) unlilar imlosi(1-7- bandlar): b)undoshlar imlosi (8-32- bandlar). 2. Asos va qo’shimchalar imlosi(33-37-bandlar). 3. Qo’shib yozish (38-50-bandlar). 4. Chiziqcha bilan yozish (51-56- bandlar). 5. Ajratib yozish (57-65-bandlar). 6. Bosh harflar imlosi (66-74-bandlar). 7. Ko’chirish qoidalari (75-82-bandlar). Hozirgi o’zbek adabiy tili quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 1.Fonetik yozuv 2. Morfologik yozuv 3. Shakliy yozuv 4. Tarixiy-an’anaviy yozuv 5.Farqlash yozuvi. Fonetik yozuv. Bu yozuv qoidasiga ko’ra so’zda fonetik hodisa(fuziya, fleksiya) ro’y beradi. Fonetik hodisalarga tovush almashinishi, tovush tushishi, tovush orttirilishi hodisalari kiradi. Fonetik yozuv quyidagilarda namoyon bo’ladi: Tovush almashinishi: bilak+im=bilagim,oyoq+im=oyog’im, ek+gani=ekkani buloq+ga=buloqqa, bo’ya+q=bo’yoq, sayla+v=saylov, yosh+a=yasha, son+a=sana, ot+a=ata, guldira+s=guldiros, o’qi+v=o’quv, tik+gan=tikkan, lov+illa=lovulla, so’ra+q=so’roq, ong+la=angla. Tovush tushishi: og’iz+im=og’zim, singil+im=singlim, burun+im=burnim, ayir+im=ayrim, qayir+il=qayril , ikki+ov=ikkov, olti+ov=oltov, yetti+ov=yettov, men+ning=mening , sen+ni=seni, o’rin+i=o’rni, ayta oldi –aytolda, past+ay=pasay, sust+ay=susay, o’yin+a=o’yna, qizil+ar=qizar, sariq+ay=sarg’ay. Tovush orttirilishi . Isi+q=issiq, sasi+q=sassiq, achi+q=achchiq, u+ga=unga, bu+da=bunda, shu+day=shunday, o’sha+cha=o’shancha, parvo+im=parvoyim, obro’+ing= obro’ying, mavqe+im=mavqeyim, mavzu+im=mavzuyim, ye+il=yeyil, de+il= deyil. Eslatma: Sujet, sentabr, batalon ,budjet kabi so’zlar fonetik yozuvga kiradi. 1-topshiriq: Berilgan maqol va topishmoqlardan tovush o’zgarishlar sonini aniqlang. 1.Yig’lab-yig’lab marza olsang, o’ynab-o’ynab sug’orasan. 2.Ishlaganning og’zi oshga tegar, ishlamaganning boshi toshga. 3.Besh aka-uka bir quduqqa tosh otar. 4.Yetti tuynukli gumbaz, shundan xabar ber O’lmas. 2-topshiriq:Berilgan so’zlarga qo’shimchalar qo’shing va qanday tovush o’zgarishlari sodir bo’layotganligini aniqlang. Son, qishloq, og’iz, zahar, egin, qorin, ong, ot,bolalik, bayroq, istak, orzu, shu, barmoq, insho, ishtirok,tara, qiyin, yig’i, huquq. __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ 15 Morfologik yozuv so’z va qo’shimchalar qanday eshitilishidan qat’i nazar aynan yozish, ya’ni qoidaga binoan yozishdir.Masalan: ketti emas ketdi, maktabta emas maktabda, Toshkenttan emas Toshkentdan, kesti emas kesdi, o’qipti emas o’qibdi. Eslatma: Qo’shma, juft, takroriy so’zlar va kuchaytirma sifatlar morfologik yozuv qoidasi bo’yicha yoziladi.Masalan, qip-qizil,baxt-u saodat. Shakliy yozuv boshqa tildan kirib kelgan so’zlarning o’sha tilda qanday yozilsa bizda ham aynan shunday yozilishidir. Masalan, drama, spirt, sport, teatr, fikr, zikr, dehqon. Tarixiy- an’anaviy yozuvda so’z va qo’shimchalarning hozirgi holatida emas , qadimda o’zlashib qolgan shakliga ko’ra yozilishidir. Masalan, borgin-borgil , aytgani-aytgali, qolar-qolur, ko’nglimdan-ko’nglimdin, keldimi-keldimu. Differensiyalash yozuvi so’zlarni urg’u yoki tutuq belgisi yordamida farqlab yozishdir. Masalan, sanat- san’at, suzma-suzma, sher-she’r. Qo’shib yozish. 1.Xona ,noma, poya, bop, ham, baxsh, kam, umum, rang , mijoz, sifat, talab kabi so’zlar yordamida yasalgan qo’shma so’zlarqo’shib yoziladi: oshxona, tabriknoma, bedapoya, hammabop, hamshahar, qo’ymijoz, devsifat, kamhosil, umumdavlat,bug’doyrang,suvtalab. 2. –r, -ar, -mas qo’shimchasi bilan yasalgan qo’shma so’zlar qo’shib yoziladi: o’rinbosar, buzoqboqar, ishyoqmas. 3. Narsani boshqa bir narsaga qiyoslash va o’xshatish orqali hosil qilingan qo’shma otlar va sifatlar qo’shib yoziladi: toshbaqa , oybolta, qo’yko’z, sherdil, otquloq, qo’ziqorin, karnaygul, devqomat, qirg’iyko’z, bodomqovoq. 4. Narsaning rangi, mazasi, nima uchun mo’ljallanganligi kabi ma’nolarni bildiruvchi qo’shma so’zlar qo’shib yoziladi: ko’ksulton, oqbosh, achchiqtosh, ko’zoynak, olaqarg’a, qizilishton, mingoyoq. 5. Ikkinchi qismi turdosh ot yoki obod so’zi bilan yasalgan joy nomlari qo’shib yoziladi: Oqtepa, Uchqo’rg’on, Davlatobod. 6. Ruscha , baynalmilal yoki so’zma-so’z tarjima qilingan qo’shma so’zlar qo’shib yoziladi: telestudiya, fotoapparat, radioto’lqin, elektrarra, suvosti, bayramoldi. 7. Narsaning biror maqsad, ish uchun mo’ljallanganligini bildiruvchi qo’shma so’zlar:kirsovun, tokqaychi, qiymataxta, nosqovoq. 8. Narsaning joyiga nisbat berish asosida bildiruvchi qo’shma so’zlar: tog’olcha, suvilon, cho’lyalpiz, yeryong’oq. 9. Qaratuvchili birikmalarning bir so’zga aylanishi bilan yuzaga kelgan qo’shma so’zlar: mingboshi, so’zboshi, belbog’. 10. Marosim, afsona kabilarni bildiruvchi qo’shma so’zlar: kelintushdi, kiryuvdi, qoryog’di, urto’qmoq. 11. Qisqartma so’zlar har doim qo’shib yoziladi:O’zMU, ToshDPU. 12.Tarkibida oldi, bo’yi, orti so’zlari bo’lgan joy nomlari qo’shib yoziladi: Kavkazorti, Boltiqbo’yi. 13. Podshoh ma’nosida ishlatiladigan shoh so’zi kishi nomlaridan keyin kelganda qo’shib, oldin kelganda ajratib, kichik harf bilan yoziladi: Boburshoh, shoh Bobur. 16 14.Ba’zi qo’shma so’zlarni qo’shib ham, ajratib ham yozish hollari uchraydi:soch siypatar – sochsiypatar, beshik to’y – beshikto’y Ajratib yozish. 1. Qo’shma fe’l ko’makchi fe’lli qo’shilmalar har doim ajratib yoziladi: kirib chiqdi, aytib qo’ydi, o’qib chiqdi. 2. Har, kech, bir, u, shu, o’sha, hamma kabi so’zlar o’zi birikib kelgan so’zdan ajratib yoziladi: bir zum, hech narsa, u yerda, hamma vaqt. 3. Sifatlarning orttirma darajasini yasovchi to’q , och, tim, lang , jiqqa kabi 4. Yildan yilga , kundan kunga kabi ko’rinishdagi birliklar ham ajratib yoziladi. 5. Nuqtayi nazar, tarjimayi hol, dardi bedavo kabi izofali birikmalar ham ajratib yoziladi. 6. Qismlari bir-birini izohlagan qo’shma sifatlar ajratib yoziladi: til oldi, o’rta keng, osma ko’prik. 7. Ikkinchi qismi atoqli ot bo’lgan joy nomlari ajratib yoziladi: Markaziy Osiyo, Katta Farg’ona kanali Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling