Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
2-topshiriq: Qo’sh va qator undosh qatnashgan so’zlarga misol keltiring.
__________________________________________________________________ __________________________________________________________________ Tutuq belgisi. Tutuq belgisi unli harfdan keyin kelsa ,uning cho’ziqroq aytilishini ta’minlaydi: a’lo, ra’no ; tutuq belgisi undoshdan keyin kelsa , unlini undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalaydi: in’om, san’at. Tutuq belgisi ba’zi so’zlarda ma’no farqlaydi: surat-sur’at, sher-she’r Eslatma: mo’tadil , mo’jiza, mo’tabar so’zlarida tutuq belgisi yo’q. Bo’g’in. Bir havo zarbi bilan aytilgan tovush yoki tovushlar birikmasiga bo’g’in deyiladi. Bo’g’inlar 2 xil bo’ladi: ochiq bo’g’in : o-pa, da-da; yopiq bo’g’in: mak-tab, daf-tar. So’zning o’zak va qo’shimchalarga ajralishi bilan bo’g’inlarga ajralishi teng emas: go’sht-ni, barg-ga so’zlarida asos va qo’shimchalar bilan bo’g’inlar teng kelayotgan bo’lsa, go’sh-ti, bar-gi so’zlarida teng emas. 1-topshiriq: O’yla, o’yna, gapir, uyda, shoshil, mushtday, sana, shkafni, mardi, ata so’zlaridan qaysilarida bo’g’inga ajralish bilan asos va qo’shimchaga ajralishlar soni teng. __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ 2-topshiriq: So’zning asos va qo’shimchalarga ajralishi bilan bo’g’inlarga ajralishi teng kelmasligiga misollar toping. __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ Bo’g’inga ajratish va bo’g’n ko’chirish ham bir –biridan farqlanadi. Bo’g’inga ajratish: i-bo-li, mat-ba-a. Bo’g’in ko’chirish: ibo-li, mat-baa. Quyidagilar bo’gi’n ko’chirilmaydi : 1. 2005, XXI, 5-sinf, BMT, “Navro’z-2017” 2. So’z boshida yoki oxirida bitta unli bo’lsa: uka-si. 11 3. Harf birikmalari: ch, ng,sh Eslatma:1. Tutuq belgisi bo’g’in ko’chirilayotganda oldingi bo’g’inda qoldiriladi: va’-da, in’-om. 2. O’zlashma so’zlarning bo’g’inlari chegarasida kelgan 2 yoki undan ortiq undosh quyidagicha ko’chiriladi; a)ikki undosh kelsa:dia-gramma, mono-grafiya; b)uch undosh kelsa: in-gliz, kon-gress, kon- trakt. Urg’u. So’z bo’g’inlarida yoki gapda ishtirok etayotgan so’zlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinishiga urg’u deyiladi. Urg’u 2 xil bo’ladi: 1) so’z urg’usi, 2) gap(logik, mantiqiy, ma’no , frazaviy) urg’usi. So’z bo’g’inlaridan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinishi so’z urg’usi deyiladi.Tilimizda so’z urg’usi ko’pincha so’zlarning oxirgi bo’g’iniga tushadi. So’zda bo’g’inlar ko’payishi bilan urg’u ham oxirgi bo’g’inga ko’chib boradi. Masalan: dala, dalalar, dalalarga. O’zlashma so’zlarda urg’u qaysi bo’g’inda bo’lishidan qat’i nazar urg’u oladigan o’zbekcha qo’shimcha qo’shganda, urg’uning joyi o’zgaradi.Masalan: direktor – direktorni. O’zbek adabiy tilida quyidagi so’zlarda urg’u oxirgi bo’g’inga tushmaydi: 1. Ba’zi olmoshlarda: qaysi, nechta, kimdir,hamma, yalpi, bari, allakim. 2. Ba’zi modal so’zlarda: afsuski, albatta, zero. 3. Ba’zi bog’lovchilarda: lekin, ammo, balki, ba’zan. 4. Ba’zi ravishlarda: hamisha, doim, yangi, hozir. 5. Fe’lning buyruq shaklida: kelsin, keltir. Tilimizda shunday qo’shimchalar ham borki, ular hech qachon urg’u olmaydi. Ular quyidagilar: 1. Sonning ma’no jihatdan turlari: -ta ,-tacha. 2. Ravish yasovchi qo’shimcha: -cha, day ,-dek 3. Fe’llarda: a)bo’lishsizlik qo’shimchalari: -ma, -may, -maslik; b)shaxs-son qo’shimchalari: -(i)m, -(i)miz, -man, -san, -miz, -siz; d) zamon qo’shimchalari: -di, -gan, -moqchi, -r, -ar, -yap. e) –la fe’l yasovchi qo’shimcha: bog’la, ishla 4. Yuklamalar: -mi, -chi,- ku, -da,- a, -ya, -u, -yu, -gina, -oq, -yoq. 5. Bog’lamalarda: -man, -san, -miz, -siz, - dir 6. Familiya qo’shimchalari: -ov(a), -yev(a). Eslatma: Ko’makchilar ham urg’u olmaydi. Urg’u ma’no farqlash vazifasini ham bajaradi. Bunday so’zlar ikkita talabga javob berishi shart: 1)so’zlar omonim bo’lishi; 2)so’zlar ikki va undan ortiq bo’g’inli bo’lishi. Masalan: bog’lar(ot, bog’ning ko’pligi)-bog’lar(fe’l, ipni bog’lar), hozir(ravish, shu vaqt)- hozir(hoziri nozir), yangi(sifat)- yangi(ravish), etik(ot)- etik(sifat), akademik(ot, ilmiy unvon)- akademik(sifat, akademik litsey). Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling