Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

2-topshiriq: So’zlardagi qo’shimchalarning turini aniqlang 
Yurishganda, shoirning, qabristonga, yaqinlashganda, tushishi, mulozimlaridan, 
norozi, xalqimizning, jigargo’shalari, uyquga, changitib, bilmasalaring, 
kerakligini.
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________ 
3-topshiriq :Gapdagi yasama so’zlarni aniqlang. 
1.Boboxon goh o’chirg’ichga, goh bug’doyzor tomon uchib ketayotgan chumchuq 
bolasiga, goh Tal’atga qarab hang-mang bo’lib qolgan edi. 2.Bolalarning 
beg’ubor qalbi to’lib-toshib oqayotgan daryoday jo’shqin. 3.Ipakday mayin, buloq 
suviday tiniq xayollaringizga hech kim xalal bermaydi. 4.Shu-shu quyon 
changalzorga yolg’iz bormaydigan bo’libdi. 
4-topshiriq: Berilgan so’zlarni tub va yasamaga ajrating. 
Ixtirochi, guldon, suhbatlashmoq, ixtirogacha, tinim, qisqich, oqimtir, to’g’ri, 
gullar, ixtirochilik, tinmoq, qisilmoq, tindirmoq, noto’g’ri, yig’lamsira, 
to’g’irlanmoq, tinimsiz, guldor, gulchilik, yo’ldagi.


23 
Qo’shimchalarning ma’no-munosabatiga ko’ra turlari 
Shakldosh qo’shimchalar. Shakldoshlik nafaqat leksemalarga, balki 
qo’shimchalarga ham xos xususiyat sanaladi.Masalan: -in tiqin, yig’in, chaqin 
(ot), to’lin, erkin, yashirin(sifat), ostin-ustin, birin-ketin, qishin-yozin (ravish),
ilin, ko’rin(fe’l). 
Shakldosh qo’shimchalar quyidagi ko’rinishda uchraydi: 
1. So’z yasovchi qo’shimchalar shakldoshligi: 
Qalamdon(ot) qadrdon(sifat) 
Toshqin(ot) jo’shqin(sifat) 
Tepki(ot) kechki(sifat) 
Qatlama(ot) bo’g’ma(sifat) 
O’roq(ot) qo’rqoq(sifat) 
Yoshlik(ot) qishlik(sifat) 
Yuzsiz(sifat) so’zsiz(ravish) 
Yugurik(sifat) ko’rik(ot) 
Chorvador(ot) puldor(sifat) 
Quvonch(ot) tinch(sifat) 
Ishchi(ot) ayirmachi(sifat) 
To’shak(ot) chirik(sifat) (bordik- sh.y) 
2. So’z yasovchi qo’shimchalar so’z shakli yasovchilar bilan shakldosh 
bo’ladi: 
Kelinchak(ot: l,sh) erinchak(sifat: s,ya) 
Gapirma(fe’l: l,sh) Burma(sifat: s, ya) 
Yuzlab(son: l,sh) haftalab(ravish: s,ya) 
Qizcha(ot: l, sh) erkakcha(ravish: s, ya) 
Ko’kar(fe’l, yasovchi) kelar(fe’l:l,sh-y) 
Mohiraxon(ot, hurmat shakli) kitobxon(ot,yasovchi) 
Do’sti(ot, sin.sh.y) boyi(fe’l,s.y) 
Kuchay(fe’l, s.y) boray(fe’l,lug’.sh.y) 
3. Har qanday holatda so’z shakli yasovchi: 
Oqish(sifat:l.sh.) kelish(fe’l:l.sh.) 
Otam(ot: sin.sh.) ko’rdim(fe’l:sin.sh) 
Ukang(ot:sin.sh) bording(fe’l: sin.sh.) 
-a: sharshara (ot), to’la (sifat),sana (fe’l);
-ay: kamay(fe’l), boray(fe’l, lug’aviy shakl);
-ar: ko’kar (fe’l), borar(fe’l, sifatdosh), chiqar(fe’l, nisbat)
be-:befarosat(sifat), bevaqt(ravish);
-dir: sindir(fe’l, nisbat), kitobdir(ot,kesimlilik shakli), kelgandir(yuklama);
-don: qalamdon(ot), gapdon(sifat);
-dosh: sinfdosh (ot), o’zakdosh (sifat),
-gar: zargar (ot), jodugar (sifat);
- gi: supurgi (ot), bahorgi (sifat);


24 
-gich: suzgich(ot), bilgich(sifat);
-i: jannati(sifat), tinchi(fe’l), uyi (ot)
-ik: egik(sifat), ko’rik(ot), birik(fe’l);
-ildoq: shaqildoq(ot), likildoq(sifat);
-im:kiyim(ot), uyim(ot,egalik), ayrim(sifat);
-ir:gapir(fe’l), pishir(fe’l, nisbat);
- in: yig’in(ot), erkin(sifat), qishin-yozin(ravish), ko’rin(fe’l);
- iq: to’liq(sifat), chopiq(ot), yo’liq(fe’l);
-ish: kelish(fe’l, harakat nomi), borishdi(fe’l, orttirma nisbat), oqish(sifat).
-k: kurak(ot), chirik(sifat), bordik(fe’l);
-ka: ko’ylakka(ot), iska(fe’l), surka(fe’l,lug’aviy shakl);
-kash: aravakash(ot), mehnatkash(sifat);
- ki:turtki(ot), qishki(sifat);
-kin: keskin(sifat), ekkin(fe’l);
-kor:paxtakor(ot), fidokor(sifat);
-la: ishla(fe’l),quvla(fe’l, lug’aviy shakl);
- lab: o’nlab(son), haftalab(ravish);
-lar: uylar(ot), o’qidilar(fe’l);
-lik: bolalik(ot), ko’rpalik(sifat), bormoqlik(fe’l);
-loq: qumloq(ot), bo’taloq(ot,lug’aviy shakl);
-m: ho’plam(ot), ruchkam(ot), bordim(fe’l);
–ma:tugma(ot), yasama(sifat), borma(fe’l);
-mand: hunarmand(ot), davlatmand(sifat).
-miz: onamiz (ot, egal.q.) o’qiymiz (fe’l,shaxs -son q.)
-moq: quymoq(ot), o’qimoq(fe’l);
-ot: yo’qot(fe’l), hajviyot(ot);
- oq: yotoq(ot), qoloq(sifat);
-q: taroq(ot), sayroq(sifat);
-qi: chopqi (ot), vaysaqi (sifat);
-qin:toshqin(ot), jo’shqin(sifat), chiqqin(fe’l);
-qich:ochqich (ot), qaqshatqich (sifat);
-qoq: tirishqoq(sifat), botqoq(ot);
-r: eskir(fe’l), o’qir(fe’l, sifatdosh);
- sa: suvsa(fe’l), o’qisa(fe’l, shart mayli);
-si: ukasi(ot), mensi(fe’l);
- siz: gulsiz(sifat), so’zsiz(ravish), sizsiz(shaxs-son qo’shimchasi);
-t: to’lat (fe’l), ishlat (fe’l, nis.qo’sh);
-y: qoray(fe’l), boshlay(fe’l,mayl shakli), so’zlay-so’zlay(fe’l, ravishdosh);
-ch: tinch(sifat), sevinch(ot);
-cha: qushcha(ot), o’zbekcha(sifat), yigitcha(ravish);
-chak: belanchak (ot), kuyunchak(sifat), kelinchak(ot, lug’aviy shakl);
-chi: ishchi(ot), vahimachi(sifat);
-chiq: qizg’anchiq(sifat), yopinchiq(ot);
-choq: o’yinchoq (ot), maqtanchoq(sifat) toychoq (ot,erkal.q)


25 
-g’in: ozg’in(sifat), qirg’in(ot);
- ng: ukang(ot),kelmang(fe’l);

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling