Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

mehmonlarga termilib qoldi. Odinaxon arslarini tayyorlab bo’lgach uyquga yotdi. 
 2-topshiriq: Berilgan shakldosh so’zlarning ma’nolarini toping. 
Karam, adash, bo’y, yeng, yot, och, mushak, soz, son, taxt, ter, un, chakka, qil, 
qovoq, tuz, shim,tabiat, kuy, maqom, qora qilmoq,kamar, dovul,may, balo, qiyiq, 
taloq, dunyo, ortiq, savdo.
3-topshiriq:Berilgan gaplar tarkibidagi omonimlarning turkumlarini aniqlang. 
1.Dutorning nozik torlaridan chiqqan “Navo” kuyi o’z nolasiga tuchunguchi 
Otabekdek yigitlarga juda muhtoj edi. Ipak mato rang-barang noziklar, yarqiroq 
pistonlar bilan bezatilgan edi. 2.Qarg’a “qag’” etadi, o’z vaqtini chog’ etadi. 
Kechdi qancha intizor chog’lar, asling menga bo’lmadi nasib.
Sinonimlar (ma’nodosh so’zlar). Shakli har xil, ma’nosi bir-biriga yaqin so’zlar 
yoki bir umumiy ma’noni ifodalovchi ikki va undan ortiq ma’noli so’zlarga 
sinonimlar deyiladi: bahs-munozara-tortishuv-mubohasa. Sinonimlar bir ma’noni 


36 
xilma-xil so’zlar orqali turli nozik ma’no qirralari bilan ifodalashda, so’z sehrini
namoyon etishda, nutqni bezashda, ta’sirchanligini ta’minlashda katta ahamiyatga 
ega.Bir umumiy ma’nosi bilan o’zaro bog’lanuvchi so’zlar guruhi sinonimik qator 
deyiladi. Sinonimik qatordagi so’zlar har doim bir xil so’z turkumi doirasida 
bo’ladi: yel-shamol-sabo-nasim.
Ko’p ma’noli so’zlar har bir ma’nosi bilan boshqa-boshqa sinonimik qatorda 
qatnashishi mumkin: 
Aytdi -gapirdi, so’zladi 
Aytdi -taklif qildi, chorladi 
Aytdi -kuyladi ,ijro etdi 
Sinonimik qatorda so’zlar bir biridan quyidagicha farqlanadi: 
1.Hissiy-ta’siriy bo’yoq nuqtai nazaridan farq qiladi.Sinonimik qatordagi so’zlar 
hissiy-ta’siriy bo’yoq nuqtai nazaridan 2 xil bo’ladi a) bo’yoqsiz (betaraf, neytral) 
b) bo’yoqdor 
Bo’yoqsiz so’z muayyan tushunchani ifodalab, so’zlovchining turli munosabatini 
bildiruvchi, qo’shimcha ma’no jilosi bo’lmagan so’zlardir. 
Yuz , kulmoq, xunuk, yaxshi, qo’shiq, yashil, tuman, barcha, yil, kun, oy.
Bo’yoqdor so’zlar 2 xil bo’ladi: a)ijobiy bo’yoqdor: orombaxsh, jilmaymoq
chehra, fusunkor, dilbar. 
b)salbiy bo’yoqdoq: surbet, nonko’r,imonsiz
Sinonimik qatordagi hamma uslub uchun birday qo’llana oladigan so’z 
dominanta (lot. hukmron, hokim) yoki sinonimik qatorning bosh so’zi deyiladi: 
ulug’, buyuk, katta, ulkan.
Sinonimlar quyidagicha paydo bo’ladi: 
1. Tilda yangi so’zning paydo bo’lishi bilan;
a)bunda o’zbek tilidagi so’z bilan chetdan kirib kelgan so’z sinonim bo’ladi:
sevgi(o’zb )-muhabbat, ishq(arabcha), kuch(o’zb)- qudrat(arabcha), buyruq(o’zb 
)-amr(arabcha), manglay(o’zb) -peshona(toj), yozuvchi( o’zb) -adib(arab), 
ko’klam(o’zb) -bahor(toj), qo’shin(o’zb)- armiya(ruscha), ko’z(o’zb )-
diyda(tojikcha).
b)chetdan kirib kelgan 2 so’z o’zaro sinonim bo’ladi: harorat-(toj) temperatura 
(ruscha), ma’no-(arab )-mazmun(arab), izm(arab)- ixtiyor(arab), izn(arab)- 
ijozat,ruxsat(arab). 2.So’z yasalishi bilan 
ham sinonimlar hosil bo’ladi: savol-so’roq, his-tuyg’u-sezgi, chopqir-chopag’on.
Sinonimlar 3 xil bo’ladi:
1.Leksik sinonimlar: bemor-xasta-betob-kasal.
2.Grammatik sinonimlar: a)morfologik: obro’li-boo’bro’; b)sintaktik: ko’ylakning 
guli-ko’ylakdagi gul .
3.Frazeologik sinonimlar: og’zi qulog’iga yetdi-boshi osmonga yetdi,-terisiga 
sig’maydi-og’zining tanobi qochdi. Agar bir so’z ibora bilan sinonim bo’lsa, 
leksik-frazeologik sinonim deyiladi:oriq-qulog’idan kun ko’rinadi.
Leksik sinonimlar 2 xil bo’ladi:
1. To’liq sinonimlar (leksik dubletlar) ma’nosida va ishlatilishida bir-biridan farq 
qilmaydi: kosmos-fazo, doston-poema, tilshunoslik-lingvistika.


37 
2.Ma’noviy sinonimlarda sinonimlar bir-biridan nozik ma’nosi bilan farq qiladi: 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling