Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

Omonimlar (shakldosh so’zlar). Aytilishi va yozilishi bir xil, turli atash ma’nolarni 
bildiruvchi so’zlar omonimlar deyiladi: chang, o’t, ot, qo’y, kuya, sir, yoz, yon, 
bor, til, soch, tut, tik, yosh, palla, palata, yuz, soz, kuy, kech, sur, ol, osh, uy. 
Omonimlar bir so’z turkumi doirasida ham, har xil so’z turkumi doirasida ham
bo’lishi mumkin: davlatning siri (ot), idishning siri (ot); bizning uy (ot), 
qog’ozlarni uy (fe’l).
Agar omonimlar bir xil so’z turkumi doirasida bo’lsa, ularga grammatik shakllar 
qo’shilganda, omonimlik xususiyatini saqlab qoladi: dasturxonni yozdi, daftarga 
yozdi. Agar omonimlik har xil so’z turkumi doirasida bo’lsa, ularga grammatik
shakllar qo’shilganda omonimlik xususiyatini yo’qotadi: Qo’ylar o’tlayapti, 
daftarni qo’ydi.
Eslatma: Agar bitta omonim so’z ham bitta so’z turkumi doirasida, ham har xil 
so’z turkumi doirasida bo’lsa, unga grammatik shakllar qo’shilganda, omonimlik 
qisman yo’qoladi: O’tni (o’rdi, o’chirdi), ariqdan o’tdi.
Ko’p ma’noli so’zlarni omonim so’zlardan farqlash. Ko’p ma’noli so’zlar orasida 
ichki bog’lanish bo’ladi: Qattiq sovuq, qattiq uyqu, qattiq odam.
Omonim so’zlarda esa umuman ichki bog’lanish bo’lmaydi: yoqmoq – qog’ozni 
yoqmoq, birovga yoqmoq.
Ko’p ma’noli so’zlar:
1. Ma’nolar o’zaro bog’liq, biri 2-sidan o’sib chiqqan.
2. Bittadan ortiq atash ma’noli bir so’z.
Omonimlar:
1. Ma’nolar o’zaro bog’liq bo’lmaydi.
2. Shakllar teng keluvchi bir necha so’z.
Omonimlar 3 xil bo’ladi:
1. Leksik omonimlar so’zlarning omonim bo’lishidir: tuz, un, yot, uch, och, yut, oq, 
qirq.


35 
2. Affiksal omonimlar qo’shimchalarning omonim bo’lishidir: -lar, -ik, -oq.
3.Frazeologik omonimlar (iboralarning omonim bo’lishi): U har doim onasini 
boshiga ko’taradi(e’zozlaydi). Agar javob bermasa, bolalar xonani boshiga 
ko’taradi (shovqin qiladi).(ko’z yummoq, dam bermoq bular ham omonim 
iboralardir).
Quyidagi so’zlar 3 xil so’z turkumi doirasida omonimlikni yuzaga keltiradi: 
1.Terma (fe’l), terma (ot), terma(sifat). 
2.Tik (fe’l),tik (ot), tik (sifat). 
3.Tom (fe’l),tom (ot), tom (sifat). 
4.Oshiq (fe’l), oshiq (ot), oshiq (sifat).
Omonimlarni yuzaga keltiruvchi vositalar:
1.Ko’p ma’noli so’zlarning ma’nolari o’rtasidagi bog’lanishning yo’qolishi 
natijasida: dam, gap
2.Bunda o’zga tillardan olingan so’z bilan o’z tildagi so’z talaffuz yoki shaklan bir 
xil bo’lib qoladi: bog’ (bog’lam)-o’zbekcha, bog’(mevazor)-tojikcha; tok 
(uzumzor)-tojikcha, tok (elektr)-ruscha.
Omonimlar vositasida badiiy adabiyotda tuyuq janri va tajnis san’ati yuzaga 
keladi. Bunda misra oxiridagi qofiyalarning o’rnida omonimlar ishlatiladi. Tuyuq 
faqat turkiy adabiyotda yaratilgan:
Taqdirni o’z qo’ling bilan yoz Qariganda halovat kerak
Mening bilan qishni qilgan yoz Arzir men ham tin olsam yengil
Erkinlikning osmonida uch Lekin bunga yurmaydi yurak
Maqsad sari qanotingni yoz Ko’ngil desam,ko’nmaydi k o’ngil 
1-topshiriq:Berilgan gaplar tarkibidan omonim so’zlarni aniqlang. Qaysi gap 
tarkibidagi shakldosh so’zlarga grammatik shakllar qo’shilganda shakldoshlik 
yo’qolgan?
 1.Endigina bargak yozgan tolzordan mayin shamol esdi. Otaxon patnisga bir 
hovuch bargak va bir siqim mayiz qo’ydi. 2. O’ng qo’li bilan asta peshonasidagi 
terni artdi. Abdurahim pihgan qirmizi olmalarni savatga terdi. 3.Koinot bizga o’z 
sirlarini ochmoqda. Boshqa sayyoralardan kelgan mehmonlarning kosmik kemasi 
kumushsimon sir bilan qoplangan edi. 4.Ahmad ro’paradan kelayotgan yot 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling