Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
G’adir-budir________________________________________________________
Arzon-garov________________________________________________________ Alg’ov-dalg’ov______________________________________________________ Takroriy so’zlar bir so’zning qo’shaloq qo’llanishidan hosil bo’ladi. Ular ko’plik, davomiylik, takror kabi ma’nolarni bildiradi. Takroriy so’zlar har doim chiziqcha bilan yoziladi; etak-etak, tez-tez, ayta-ayta Istalgan so’zni 2marta takrorlash bilan takroriy so’z hosil bo’lavermaydi. Takroriy so’z hosil qilish uchun 2 so’z bir xilda bo’lishi va ular orasiga chiziqcha qo’yilishi kerak. Tishini tishiga qo’yib jim turdi.Kiyimini qara, kiyimini. Bular takroriy so’z emas. Takroriy so’zlar quyidagi shaklda bo’ladi: 1.Har 2qism 1xil shaklda bo’ladi; tog’-tog’,ko’p-ko’p 2.1-qism bilan 2-qism o’rtasida ba-, -ma qo’shimchalari bo’ladi; qadam-baqadam, yelkama-yelka. 3. 2-qismning 1-tovushi fonetik o’zgarishga uchraydi. So’z boshida kelgan undosh tovush p yoki m undoshidan biriga almashadi yoxud unli tovush oldidan p tovushi orttiriladi; choy-poy, un-pun, bug’doy-mug’doy. 30 Eslatma. Takroriy so’zlarga so’z yasovchi qo’shimcha qo’shish bilan yasalgan ot va fe’llar qo’shib yoziladi: pirpirak, hayhayla, sharshara, qahqaha. 4-topshiriq: Gap tuzing. Gapda so’zlarning tuzilishiga ko’ra barcha turlari ishtirok etsin. __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ Leksikologiya Har qanday tilni o’rganayotgan paytimizda, eng avvalo, bizni qurshab turgan narsa va hodisalarning amaliy hayotimiz bilan bog’liq bo’lgan turli xil harakati, holatlari, belgi va xususiyatlarining shu tilda qanday ifodalanishini, nomlanishini bilishdan boshlaymiz. Ma’lum bir tildagi ana shunday so’zlar yig’indisi shu tilning lug’at tarkibini tashkil qiladi. Leksika atamasi 2 ma’noda qo’llaniladi: a)tilning lug’at tarkibi, so’zlar yig’indisi; b)lug’at tarkibini o’rganuvchi tilshunoslikning alohida bo’limi. Leksika atamasining ikkinchi ma’nosi uchun leksikologiya atamasi ham qo’llaniladi. Leksikologiya (yunoncha - so’z, so’zga doir, logos – ta’limot) so’z va uning ma’nolarini o’rganuvchi tilshunoslik bo’limidir. Bizning lug’at boyligimiz so’z va iboralardan tashkil topgan. So’z (atama, qo’shma, juft, takroriy so’zlar) – leksik birlik deyiladi. Ibora frazeologik birlik deyiladi. Ikkalasi birgalikda lug’aviy birlik deb yuritiladi. So’z va iboralardan nutq jarayonida tayyor holda foydalanamiz. So’z va leksema. Nutqimiz so’zlarning qo’shiluvidan hosil bo’ladi.So’z bo’lishi uchun tovushlar birikmasining o’zigina kifoya qilmaydi. Ma’lum tovush va tovushlar birikmasi ma’no bilan bog’langandagina so’zga aylanadi. Demak, so’zning 2tomoni mavjud: a)moddiy tomoni (tovush yoki harflar ketma-ketligi), b)ma’no tomoni ma’lum ma’no bilan bog’langan va morfologik shakllangan tovush yoki tovushlar birikmasi so’z deyiladi. Har bir so’zning 2 xil ma’nosi bo’ladi: 1.Atash ma’no (leksik ,lug’aviy ma’no) 2.Grammatik ma’no. So’zning borliqdagi narsa, belgi, harakat, son kabilar haqidagi ma’lumoti atash ma’no deyiladi: soat, yetti, yurmoq, non. Atash ma’no narsa, belgi, harakatning aynan ozini emas, balki ular haqidagi umumiy tushunchani ifodalaydi: uy (yashash uchun quriladigan inshoot), quyosh (osmon jismi), qizil (rang). Grammatik ma’no so’zning u yoki bu turkumga mansubligini ko’rsatuvchi ma’nodir: daraxt so’zi ot turkumiga mansub. So’zlarning grammatik ma’nosi morfologiya bo’limida o’rganiladi. Demak,nutq jarayonida har bir so’z leksik va grammatik ma’nolar uyg’unligidan tashkil topadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling