Bo`G`inning ko`chirilishi reja: kirish
Intonatsiyaning til va nutqdagi roli
Download 401.27 Kb.
|
bog`in
- Bu sahifa navigatsiya:
- Urg`u so`z oxiriga tushmaydigan holatlar.
Intonatsiyaning til va nutqdagi roli
Intonatsiyaning til va nutqdagi roli: a) gapning intonatsion tugalligini ifodalovchi muhim vosita sifatida xizmat qiladi; b) gapning ifoda maqsadiga va emotsionalfikka ko‘ra turlarini farqlashda ishtirok etadi; d) sintaktik aloqalarni ifodalovchi muhim fonetik vosita sanaladi. So‘z bo‘g’inlaridagi unli tovushlardan birining yoki gap tarkibidagi ayrim so‘zning boshqalariga nisbatan kuchliroq ovoz bilan aytilishi urg‘u deyiladi. Urg‘u yozuvda (‘) belgisi bilan ifodalanadi: bola, paxta, yumshoq. So‘zning urg‘u tushgan bo‘g’ini urg‘uli bo‘g’in, qolganlari urg‘usiz bo‘g’in deyiladi.Urg‘u ikki xil bo‘ladi: So‘z urg‘usi so‘z tarkibidagi ayrim unli tovushning kuchliroq aytilishidir: qalam – qalamdon – qalamdonda. O‘zbek tilida so‘z urg‘usi, asosan, so‘zning oxirgi bo‘g’iniga tushadi. So‘zlarga qo‘shimcha qo‘shila borishi bilan urg‘u ham ko‘cha boradi: g‘alla, g‘allakor, g‘allakorlar, g‘allakorlarga. O‘zbek tilida so‘z urg‘usi birinchi va o‘rta bo‘g’inlarga tushadigan so‘zlar ham bor: hamma, kimdir, albatta, afsuski, hatto kabi. Urg‘usi turli bo‘g’inga tushadigan ko‘p so‘zlar tilimizga kirib, o‘zlashmoqda: ruchka, gazeta, matematika, respublika va boshqalar Urg`u so`z oxiriga tushmaydigan holatlar. O`zbek tilida urg`u, yuqorida aytilganidek, so`zning oxirgi bo`g`iniga tushadi. Ammo tilimizda urg`u oxirgi bo`g`inga tushmaydigan so`zlar ham uchraydi. Ayrim qo`shimchalar borki, urg`u qabul qilmagani bois, urg`u oldingi bo`g`inlarga tushishi ham mumkin. Bu bilan bog`liq quyidagi holatlarni qayd etish mumkin: Aslida o`zlashma bo`lib, bugungi kunda tilimizga nihoyatda o`zlashib ketgan quyidagi so`zlarda: ammo, lekin, albatta, afsuski, chunki, hamma, hozir, barcha…. Ayrim olmoshlarda: har bir, har qaysi, kimdir, qancha, qani, allakim…. Alohida ohang bilan aytilgan buyruq fe`llari, ayrim sonlarda: gapir, o`tir, o`yna, yuring, olti, sakson… Qo`shma sonlarda: o`n bir, yigirma uch… Takroriy so`zlarda: katta-katta, issiq-issiq… Download 401.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling