Bolalar sporti asoslari
Mavzu: Bolalar va o’smirlar tayorgarligining boshlang'ich bosqichi
Download 1.74 Mb.
|
Bolalar sporti asoslari
Mavzu: Bolalar va o’smirlar tayorgarligining boshlang'ich bosqichi
Reja 1. Bolalar va o’smirlar tayorgarligining boshlang'ich bosqichi 2. Jismoniy mashqlarni bajarish texnikasiga o’rgatish 3. Maktab yoshidagi bolalarda xar xil shiddatdagi siklik mashqlarni bajarishda chidamlilik ko’rsatkichlarining o’zgarishi Ko’p yillik sport mashg’ulotini jarayoni maktabgacha bo’lgan va kichik maktab yoshida dastlabki tayyorgarlik bosqichida boshlanadi. Bu yoshga oid davrda inson organizmining intensiv rivoji kuzatiladi, tobora xilma-xil va aniq bo’ladigan harakatlarning koordinatsiyasi yaxshilanadi, barkamollik va egiluvchanlikka ega bo’ladi. Bolalar o’z say’-harakatlarini miqdor bilan qo’llash mahoratiga harakatlarini ma’lum ritmga bo’ysundirib keraksiz harakatlanish mahoratiga ega bo’ladi. Maktabgacha bolalarning jismoniy tarbiyasining asosiy vazifalari asosiy harakatlanishni shakllantirish va rivojlantirish (ya’ni, yurish, yugurish, sakrash, buyumlarni otish va tutish, tepaga tirmashib chiqish va h.k.); umumrivojlantiruvchi va ba’zi bir safda yurish mashqlarini bajarish mahorati, chang’ida yurish, chana, konki va velopisedda uchish, suzish hamda o’yin ko’nikmalari unsurini bajarish mahoratlari shakllanadi. Bular bilan bir qatorda, jismoniy sifatlarni tarbiyalash lozim (tezlik, chaqqonlik, kuch va shu kabi), gavdani to’g’ri tutishni shakllantirish ham katta ahamiyatga ega. Kichik maktab yoshidagi (umumta’lim maktabining 1-4 sinf) o’quvchilari bilan mashg’ulotlarda quyidagi vazifalar hal qilinadi. 1. O’quvchilarga jismoniy tarbiya va sport sohasidagi imkoniyatli bo’lgan bilimlarni o’zlashtirish, to’pni otishning unsurlari, irg’itish, arqonda chiqish, gimnastik mashqlarga harakatchan o’yinlarga o’qitish va o’rgatish. 2. Hayotda zaruriy bo’lgan asosiy harakat, mahorat va ko’nikmalarni shakllantirish va ularni mustahkamlash, jumladan, maktabgacha bo’lgan davrda olingan mahorat va ko’nikmalarni mustahkamlash va ularni takomillashtirish. “Maktab” asosida gimnastik mashqlarni hamda sportning boshqa turlaridan bo’lgan qulay mashqlarni o’zlashtirish. 3. O’sib kelayotgan organizmning barkamol shakllanishiga ko’maklashish, sog’liqni mustahkamlash, koordinatsiya va tezlik qobiliyatlari kabi jismoniy sifatlarni tarbiyalash, umumiy chidamlilikni tarbiyalash. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling