BOLALARNI YIL FASLLARI BILAN TANISHTIRISH
MA’RUZANING O’QITISH TEXNOLOGIYASI
Talabalar soni: 59 ta
O’quv vaqti: 2 soat
Mashg’ulot shakli: Avvaldan rejalashtirilgan xatolik ma’ruza
Mashg’ulot rejasi:
1. Bahor fasliga tavsifnoma
2.
Yoz fasliga tavsifnoma
Mashg’ulotning maqsadi:
Talabalarga maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni yil fasllari bilan tanishtirish
bo’yicha ma’lumotlar berish.
Ma’ruza mazmuni:
1. BAHOR FASLIGA TAVSIFNOMA
Bahor mavsumi kalendar hisobi bo'yicha birinchi martdan boshlanadi. Lekin bahoming
kelishi har yilda turlicha bo'ladi.
Yurtimizda bahor erta, odatda fevral oyidayoq boshlanadi. Biroq mart oyining oxirgi o'n
kunligida ko'pincha qor yog'ib, ertasigayoq erib ketadi.
Bahor kunlarining boshlanishi bilan daraxt kurtaklari bo'rtadi,
mevali daraxtlar gullay
boshlaydi. Shundan keyin bo'lgan qattiq sovuqiar esa kurtak va gullarni urib ketadi. Natijada
o'rik, shaftoli va boshqa mevali daraxtlar hosil bermaydi.
1.1.Obhavodagi o'zgarishlar. Mart oyida qattiq yog'ingarchilik bo'ladi. Harorat +25+29
darajagacha ko'tariladi. Lekin sovuqiar ham bo'lib turadi.
Martning oxirlarida ba'zan momaqaldiroq bo'ladi.
Aprel oyida harorat ko'tariladi. Oyning boshida kunning o'rtacha harorati +12+13, ba'zan
+18+19 darajaga ko'tariladi. 1955 yili kunduzgi harorat hatto +35 darajaga ham yetgan edi. Aprel
oyining ikkinchi yarmi haroratning ko'tarilishi, ayrim hollarda
esa haroratning birmuncha
pasayishi bilan xarakterlanadi.
Aprel oyida yog'ingarchilik ko'p bo'ladi. Ba'zi yillarda sovuq tushib qolishi hollari ham
bo'ladi, ayrim hollarda qor ham yog'adi. Bahorda yoqqan kattakatta qorni xalqimiz «laylak qor»
deydi, chunki shu qor bilan laylak ham keladi.
May oyida
esa issiq kunlar boshlanadi, kunlik o'rtacha harorat + 10+25 daraja atrofida
bo'ladi.
Biroq, oyning boshlarida obhavo beqaror bo'lib, teztez o'zgarib turadi. Ba'zan g'o'za va
boshqa o'simliklarga zarar keltiruvchi do'l yog'adi, momaqaldiroq bo'lib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: