Болаларни табиат билан таништириш методикаси


Download 2.12 Mb.
bet50/55
Sana26.06.2023
Hajmi2.12 Mb.
#1655987
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
tabiat bilan tanish tirish Sh.A.Sodiqova, M.A.Rasulxo\'jayeva T.2013 lotin

TOSHBAQA BILAN CHAYON


Toshbaqa Iroqdan Xijozga borur edi. Yo‘lda bir CHayonga yo‘ldosh bo‘ldi. Ikkisi zaruratdan hamroh bo‘ldilar. Ammo Toshbaqa juda farosatli erdi, ko‘p safarlarda yaxshi va yomon bilan yurib, ko‘p tajriba hosil qilgan erdi. Bular keta turib, yo‘lda katta bir daryoga yo‘liqdilar. Hech qaerdan o‘tishga ko‘prik topolmadilar. Toshbaqa o‘zini daryoga tashlab, qirg‘oqqa o‘tib oldi, g‘oz za o‘rdakdek silkinib turdi. Birdan orqasiga qarasa, yo‘ldoshi daryoning u qirg‘og‘ida nayzasini gajak qilib, u yoqdan bu yoqqa yurib turar edi. Toshbaqa: «Ey birodar, nima uchun bu tomonga o‘tmaysiz?



  • deb so‘radi. CHayon: «Ko‘z yoshicha suv bo‘lsa, bizni ma’zur tuting»,— deb javob berdi. Toshbaqa: «Yo‘ldoshlik bunday bo‘lmaydi, ozgina qiyinchilik bilan do‘stlikni buzish yaxshi bo‘lmas, uni ham o‘tkazib qo‘yay», — deb ko‘nglidan kechirdi. Toshbaqa bir oz harakat bilan daryoning bu qirg‘og‘iga o‘tib oldi. «Ey birodar, seni daryodan o‘tkazib qo‘ygani keldim, ustimga min, lekin bejo harakat qilma, o‘z joningga jabr qilasan» — dedi. CHayon:

«Har kim o‘z maslahatini o‘zi bilur» deb Toshbaqaning orqasiga mindi. Ular daryoga tushib oldilar, bir qancha vaqtdan so‘ng CHayon tebranaverdi. Toshbaqa dedi: «Bu bejo harakatdan maqsading nimadir?» CHayon dedi: «Bugun keng dalangga chiqib oldim, endi po‘lat nayzam bilan kosangni bir sinay degan edim», — deb javob berdi. Toshbaqa dedi: «Sening cho‘pg‘a o‘xshash kuchsiz nayzang mening kosamga qanday kor qilsin?». CHayon dedi: «Sen bilmaysanmi, CHayonning muddaosi xoh do‘stining ko‘ksiga bo‘lsin, xoh dushmanning orqasiga bo‘lsin ishqilib, nish urishdir». Toshbaqa CHayonning bu so‘zini eshitib, shunday dedi: «Do‘stim, qachongacha suv yuzida xasdek suzib yuramiz, endi bu chuqur daryoning javohirlarini tomosha qilmoq kerak» — deb suvga bir sho‘ng‘idiki, Toshbaqa javohirlar terdi, CHayon jon berdi.

QARAG‘AY TERAK


Bo‘yin cho‘zib Men terakman,
Qarag‘ay, Terakman.
En-atrofga Men hammaga
Qarag‘ay. Kerakman.
Der u: Osmon mening
Barcha daraxtdan Elkamda. Baland akang- Men olamga
Qarag‘ay. Tirgakman.

Download 2.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling