Boltayeva Mahfuza Shukrulla qizi


Buxoro guruh shevasining o‘ziga xosligi


Download 0.52 Mb.
bet10/22
Sana16.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1501605
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
Jondor shevasi oxirgi МД

2.2. Buxoro guruh shevasining o‘ziga xosligi
O’zbek shevalarining amaldagi klassifikatsiyalariga ko’ra, Buxoro dialekti (shevasi) o’rta o’zbek shevalari gruppasi yoki qarluq-chigil-uyg’ur lahjasining qarshi gruppasiga mansubdir.Buxoro dialekti umumiy fonetik belgi xususiyatiga ko’ra, “o”lovchi-“v”lovchi hisoblanadi. U ikki tilda:tojik va o’zbek tillarida so’zlovchi hamda bir tilda o‘zbek tilida so’zlovchi mahalliy aholi nutqini ifoda etadi. Tojikcha-o’zbekcha ikki tillilik Buxoro shahri, uning atrofidagi qishloqlar va ayrim rayonlarning qishloq aholisi o’rtasida mavjuddir. Bir tilda so’zlovchi o’zbek aholisi Buxoro viloyati bo’ylab (tub aholisi qozoqlar bo‘lgan Tomdi rayonidan tashqari) tarqalgan bo’lib, ikki tilli aholiga nisbatan ko’pchilikni tashkil etadi. Ikki tilda va bir tilda so’zlashuvchi aholining nutqi, uning fonetik, morfologik va leksik xususiyatlari bir-biridan sezilarli darajada ajralib, farqlanib turadi. Shuning uchun ham biz tojikcha va o’zbekcha (yoki o’zbekcha-tojikcha) so’zlashuvchi aholi nutqini ikki tilli sheva deb, tojik tilini bilmaydigan faqat o’zbek tilida so‘zlashuvchi aholining jonli nutqini bir tilli sheva deb shartli ravishda ataymiz.Shunday qilib, shahar tipidagi ikki tilli va, bir tilli shevalar bir butun Buxoro dialektini tashkil etadi va dialektning tarkibiy qismlari sanaladi. Ikki tilli shevaning asosiy belgi-xususiyatlari quyidagicha:
1) “a” fonemasi lablangan barqaror unli bo’lib, tojikcha lablangan “o” unlisiga juda yaqindir. Masalan, bazar, aram, keldimu, boroptu kabi “o” unlisi birmuncha cho’ziq (ayniqsa urg’uli bo‘g‘inda) talaffuz qilinadi: xona, bodom, tәlәr, barnә, sang, ra’no, salom:
2) “e’ va “o” unlilari urg’uli bo’g’inda va sonor undoshlar oldidan cho’ziqroq aytiladi: gelos, kel’n, shambe, takme, shirin, sholom, bo‘rdi kabi:
3) a unlisi old va orqa qator tor unlilarga nisbatan oraliq tovush bo‘lib, old qatorga moyil varianti (bir tilli shevadagi a) yuk, choy, manga, sanga, tushungan, bir tilli shevada: maka, saka kabi.

4) so’zlarning ikkinchi (ba’zan uchinchi) bo‘g‘inida odatdagi o o‘rnida u talaffuz etiladi: be’tur, xotuk, marku, koshuk, ukung, bulung tarzu kabi (orf, botir,xotin, moki, qoshiq, o‘qing, bo‘ling, tarozi):


5) lab-lab va lab-tish undoshlari [l, f] ikkita mustaqil fonema sifatida aniq talaffuz qilinadi: palla-falla, tul-tuf, palak-falak, paydu-payda, Parvona-Farg’ona va b.;
6) mujgon, g‘ijda, g‘ijjak, g‘ij-g‘ij kabi so‘zlarda sirgaluvchi (frikativ) undosh tovush talaffuz etiladi;
7) til orqa, burun undoshi “m” qo‘shimcha tovush e bilan aytiladi: man kelinglar. ukun,kech kabi:
8) ikki va ko’p bo’g’inli so’zlarda intervokal pozitsiyada (ikki unli tovush o’rtasida ko‘pincha portlovchi b talaffuz etiladi: sabam, tabaq, sobun, aroba, barg, bar, saro, ibn (savat, tovoq, sovun va b.);
9) bir guruh so’zlarda (masalan: tepa, quti, saqich,buqa) bir xil undoshlar takrorlanadi (ekspressiyasiz geminatsiya): tepa deb talaffuz etiladi:
10) endi, keldi, shundan, birta, nonni kabi so’zlarda d,r,n undoshlarining o’zgarishi (assimilyatsiya, dissimilyatsiya) uchramaydi: bir tilli shevada esa ekin, shunnan, shaklida talaffuz qilinadi;
11) tushum, jo’nalish, o’rin-payt va chiqish kelishiklar ko’rsatkichlarining fonetik variantlari.
12) o’tgan zamon sifatdosh formasi ham ko‘pincha variantlarsiz qo’llanadi (kelgan chiqqan, to’kkan tarzida aytiladi);
13) tojik tilidan o’zlashgan so’z va ibora (masalan, izofa konstruksiyasi) bir tilli shevadagiga nisbatan ko’p qo’llanadi. Misollar: rub, tabar, tavar, gavora, parpech, satil, katta, arik, bolta,beshik, paqir, oyasni, suvchi), zamin, zamon, yamg‘, sol nav, kar, xayr, so at beshda, gulrano, dardы sar, bulbul guye.
Ikki tilli sheva vakillari o’zbek tilini yaxshi biladigan tojiklar va tojik tilini yaxshi o’zlashtirgan o’zbeklardan iboratdir. Tojik tilini biladigan (o’zaro o’zbekcha, tojik o’rtoqlar bilan esa, tojik tilida so’zlashuvchi) ikki tilli aholi o’z ota-bobosining urug’ qabilasini yaxshi eslaydi (“Bizlar aslida mang’itlardan, yoki urganjilardan, naymanlardan bo‘lamiz”,- deb aytishadi).
Ikki tilli aholining ko‘pchilik qismi o‘zining etnik kelib chiqishini mang’it urug’ qabilasidan va o’g’uz etnik guruhiga mansub urganjilardan (qadim zamonlarda Urganch shahridan Buxoro tuprog’iga ko’chib kelib, o’rnashib qolgan urganchliklardan) ekanligini aytib beradi. Tojik tilini o’zlashtirib olgan, lekin o’z ona tilini saqlab qolgan bunday ikki tilli aholi Buxoro shahrida, xususan uning atrof qishloq va rayonlarida yashayapti. Shuning uchun Buxoro aholisining etnik tarkibi batamom tojiklardan iborat degan hukm to’g’ri bo’lib chiqmaydi. Buni bizning mahalliy aholi bilan qilgan suhbatlarimiz va Buxoro shahri tarixiga oid etnografik asarlar ham to’la tasdiqlaydi.
Bir tilli shevaning asosiy belgi-xususiyatlari quyidagilar:
1) keng,orqa qator “e” unlisi yarim lablangan bo’lib. chuziqlikka moyil tovush emas: esh, qosh’k, toshlok, bozor, baroim’, kelept’ kabi so‘zlardagi e biroz lablangan va cho’ziq bo’lmagan unli tovush tarzida aytiladi; e unlilari ham cho‘ziq talaffuz qilinmaydi: gelov, sherin kabi;
2) burun undoshi ch (ng-k) tovushidan keyin kelgan a unlisi old qatorga moyil unli [ә,a] kabi aytiladi: manga-mana, sanga-sana, yengan ,yokman kabi;
3) sayoz til orqa undoshlaridan keyin old qatorga moyil tovush kabi aytilsa (k’m, kul, zal, chuqur til orqa undoshlaridan keyin orqa qatorga moyil tovush kabi aytiladi (k’r, zg‘z, to‘za, kura);
4) lab undoshlarida f fonemalari differensiyalashmagan (asosan, i talaffuz etiladi):; ikki tilli shevada fokr. fakat, kaf(k)gor, k’ft, kaft, flada, hafta (ad-orf, fikr, fakat, kafe, kift, kapgir, foyda, hafta);
5) frikativ j undoshi yuk; tojik tilidan kirgan mijgon, ajdarho, g’ijjak kabi so’zlardagi sirg’aluvchi j undoshi qorishik j (dj) tovushi bilan talaffuz qilinadi;
6) ko’plik ko’rsatkichi -lar ma’lum o‘rinlarda qisqarib a shaklida aytiladi: k’mla? ula, s’la (kimlar? ular, sizlar);
7) tushum, jo‘nalish, o’rin-payt va chiqish kelishiklar ko’rsatkichlari fonetik variantlar bilan qo‘llanadi;
9) o’tgan zamon sifatdosh formasi -gan, -kak, -kam ko’rsatkichlari bilan shakllanadi: yozgan, tekkan va ibora (masalan, izofali konstruksiyalar, ikki tilli shevaga qaraganda kamroq, o’zbekcha so’z, iboralar esa ko’proq qo’llanadi. Masalan, xurma k’lcha. savch’, kuz’, omoch ( ikki tilla shevada esa tojikcha gaz- dusha, xusko r. barra, s "xtok so’zlari qo’llanadi hokazo).
Bir tilli shevada so’zlovchi aholi,asosan, Buxoro viloyatining G‘ijduvon, Vobkent, Romitan, Kogon, Navoiy tumanlarining ko’pchilik qishloqlarida yashaydi. Bu sheva o’zining lingvistik xususiyatlari jihatidan , ikki tilli sheva bilan o‘zbek adabiy oraliq yoki aralash bir zonani tashkil qiladi. Bir tilli shevani prof. E.D.Polivanov aytib o’tgan eronlashgan tillar shevalari bilan tenglashtirish to’g’ri bo’lmaydi. Buxoro guruh shevalarining yuqorida berilgan xarakteristikasidan ma’lum bo‘lishicha, mahalliy shevalarning hammasi – o’g’uz va qipchoq shevalari ham, Buxoro dialekti ham “o”lovchidir. O’zbek tilida “o”lashish hodisasining paydo bo’lishi to’g’risida anchagina munozaralar bo’lib o’tdi, turli fikrlar bayon etildi. Prof.E. D. Polivanov o’zbek tili shevalarida “o”lashish (z unli fonemasining paydo bo’lishi). tojik tilining bevosita ta’sirida ro’y bergan, deb ta’kidladi. Prof.A.K.Borovkov, prof. V. V. Reshetov va boshqa olimlar “o”lashish hodisasi dastab, o’zbek tilining ichki taraqqiyot qonuniyati natijasida pozitsion yo’l bilan paydo bo‘lganini ko’rsatib berdilar. Buxoro dialektida, shuningdek, unga yaqin bo’lgan Samarqand, Qarshi, Shahrisabz shevalarida “o”lashish hodisasi tayanch shevalardagi (Toshkent, Farg’ona shevalaridagi) kabi pozitsion yo’l bilan emas, balki mahalliy tojik tili (tojik tili vokalizmining) bevosita ta’siri natijasida ro’y bergan. Bunga yuqorida sanab o‘tilgan sheva vakillari o’zbek aholisining tojik xalqi bilan juda yaqin aloqada bo’lib kelganligi asosiy omil bo’lib hisoblanadi. Bu shevalarda “e” unlisining tabiati (ikki tilli shevalarning lablangan, barqaror fonema ekanligi) hamda uning so’z ichidagi o‘rnashish tartibi o‘zbek adabiy tili va unga fonetik jihatdan asos qilib olingan Toshkent shevasidagi holatidan farq qiladi Buxoro - Samarqand guruhi shevalari esa, aksincha, bunday hollarda so’zlarning ikkinchi bo’g’inida keladi

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling