Boltayeva Mahfuza Shukrulla qizi
Download 0.52 Mb.
|
Jondor shevasi oxirgi МД
o unlisiningishlatilishidagi yana bir xususiyat shuki, Buxoro-Samarqand guruh shevalarida o da kela oladi: az, buyro, mullo, tamasha, usta, Musa, Abdullo kabi. Tayanch shevalarda bu tipdagi so‘zlar oxirida a emas, balki e talaffuz qilinadi: mulla, tal, usta, Musa, Abdulla. Buxoro-Samarqand guruh shevalarida fonologiyasi, o va a unlilarining so’z ichidagi tartibi hozirgi zamon tojik tilining talaffuz normasiga mos keladi. Bu hol, bizningcha, ko‘pchilik frazeologik birikmalarni o’zbeklar bilan tojiklar hamjihat va yakdil bo’lib, kollektiv tarzda ijod qilganliklaridan dalolat beradi.
Ma’lumki, adabiy til – bu umumxalq tilining yuqori formasidir. Adabiy til xalqning jonli tili - mahalliy sheva materiallari asosida shakllanadi. M. Gorkiy ta’biri bilan aytganda, “Jonli til xom til bo’lsa, adabiy til so’z ustalari, san’atkorlar tomonidan ishlab chiqilgan tildir”. Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tili fonetik tomondan Toshkent shevasiga, morfologik jihatdan esa farg’ona shevasiga tayanadi, degan fikr o‘zbek tilshunosligiga doir asarlarda qayd etilgandir. Demak, respublikamizning ilg’or sanoat va madaniyat markazi - Toshkent bilan Farg’onaning o’zbek shevalari hozirgi adabiy tilimiz uchun asosiy tayanch shevalar bo’lib hisoblanadi. Lekin hozirgi o’zbek adabiy tilining shakllanishi, ma’lum qoida va normalar asosida stabillashuvi, uning boyishi, mukammallashuvida o‘zbek tilining boshqa shahar shevalari, shu jumladan, Buxoro - Samarqand guruh shevalar ham muhim rol o’ynaydi. O’zbek tilining Samarqand Buxoro guruhiga mansub Samarqand, Qarshi, Shahrisabz shevalarini tekshirish va o’rganish shuni ko’rsatdiki, bu shevalarning fonetik tuzilishi, grammatik qurilishi va lug’at tarkibida ko’p sonli dialektal xususiyatlar borligi bilan bir qatorda, adabiy tilning fonetik, morfologik va leksik normalariga (orfoepik va orfografik normalar) mos keladigan elementlar: fonema, so‘z, grammatik formalar ham oz emas. Mazkur monografiya materiallari bu xulosaning to‘griligidan dalolat berib turadi. Bizning quyida bayon qilingan xulosalarimiz bunga yana ham aniqlik kiritadi. Avvalo, shuni aytish kerakki, u yoki bu shevaning adabiy tilga munosabati deganda uning (shevaning) adabiy tildan farqi hamda u bilan o’xshash tomoni, shuningdek, adabiy tilda so’z va grammatik formalarni normalashtirish (stabillashtirish)dagi roli, umuman adabiy tilga qo‘shgan belgili hissasi adabiy tilga nisbatan tutgan mavqeyi o’rinlidir. Hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi kabi Buxoro dialektida ham 6 unli fonema mavjud. Demak singarmonizm hodisasi, kontrast unlilar ularning garmoniyasi yo‘q. Lekin ayrim unlilarni sifati (talaffuz qilish xususiyatlari) jihatdan olganimizda adabiy til bilan dialekt orasida farqlarni ko‘ramiz. Masalan, adabiy tilda “o” fonemasi ov,birov, saylov,bola, qora, qorovul, karom, kanop, ketmon, Zebo,Ra’no, a’lo kabi so’zlarda lablangan unli sifatida talaffuz qilinsa, tәsh, kesh, esh, ber, bezәr, Toshkent kabi so’zlarda lablangan unli sifatida aytiladi. Buxoroning ikki tilli shevasida lablangan va nisbatan cho’ziq aytiladigan tovushdir, i unlisining bir, ikki va ko’p bo’g’inli so’zlar sostavidagi qo’llanish tartibida ham adabiy til bilan dialekt orasida ma’lum farq bor: bir guruh so‘zlarning birinchi bo’g’inida, adabiy tilda o aytilsa, dialektda a aytiladi. Masalan: ad, ov, dov, omon, tomon, qozon, sokol, olmos, somon, bola, qora, ovchi,av, dav, amon, mamen, kazok, sak (k) el. almes, samen, bala, kara, avch’ kabi. Aksincha, adabiy tilda a harfi bilan tugagan so‘zlar qo‘llaniladi, dialektda u bilan aytiladi; jahannam,tilla, mulla, mirza, ugra, Abdulla, Sora,ish, buyurtma, to‘lov, mullo, mirzo, Abdullo Saro kabi. Bir qator so’zlarda unlilarning kelish tartibi adabiy tildagi misolning aksidir. Ad. novvat, ovqat, xodva, ola, tomosha, murosa: Bux, navet, avkot, halvo, alo, tamosho, mure. Boshqa unli fonemalarning ishlatilishida ham adabiy til bilan Buxoro dialekti orasida muayyan farqlar bor. Bular ishimizning fonetika bobida ko’rsatildi. So’zlar sostavida nutq tovushlarining ishlatilishidagi bu farqlarning sababi adabiy tilimizning fonetik jihatdan Toshkent shevasiga asoslanganligidir. Lekin orfografiya va orfoepiya qoida va normalarning ishlab chiqish va belgilashda Toshkent, Farg’ona shevalariga har doim, hamma sohalarda ham asoslanib bo’lmaydi. Buni o’zbek orfografiyasi va adabiy til talaffuzi sohasidagi nazariy va amaliy ishlar yaqqol ko‘rsatib berdi. Gap shundaki, yozma va og’zaki nutqimizning qoidalashtirilgan, adabiy norma tusiga kirib qolgan ko‘pgina so’z va iboralari grammatik shakllardan foydalanishga asoslangan shevalar talaffuziga mos kelavermaydi. Dastavval shuni aytish kerakki, chuqur til orka k, g undoshlari bilan kontakt holda keluvchi so’zlarning hammasini ham Toshkent shevasiga muvofiq yozish qoidalashtirilgan emas. Buni amaldagi qoidalarini, o’zbek tiliga doir darslik va boshqa kitoblarni, umuman o’zbek adabiy tilini ko’zdan kechirib, Toshkent shevasi bilan qiyoslaganimizda yaqqol ko’ramiz. 1. Buxoro viloyat hududidagi shevalar har xil tipda bo’lib, ular o’zbek tilining qarluq-chigil-uyg’ur,o’g’uz va qipchoq lahjalariga mansubdir. 2. Qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasiga mansub bo‘lib, Samarqand-Buxoro shevalari guruhining komponentlaridan yagona boʻlgan Buxoro shevasi bir tilli, ikki tilli va shevalarga bo‘linadi. Bu taxminiy nomlanadi.Shevalarning har biri o‘zining qator fonetik, grammatik va leksik xususiyatlari bilan xarakterlanadi. 3. Tojik va o’zbek tillarini biladigan aholi ,ikki tilli shevada so‘zlashadi, faqat o’zbek tilini biluvchi aholi, bir tilli shevada so‘zlashadi. 4. Bir qator turkolog olimlar o‘z dialektologik klassifikatsiyalarida Buxoro hamda Samarqand va Xo‘jand shaharlarining tojik va o’zbek tillarida so’zlashuvchi - ikki tilli aholisi nutqini tekshirib, uni tojik tilining elementlarini maksimum o’zlashtirgan Samarqand- Buxoro guruh shevalari deb hisoblaganlar. Shunday qilib, bir tilda so‘zlashuvchi aholi punkti - bir tilli sheva xususiyatlari hisobga olinmagan. Bu hol bizning oldimizga shunday konkret vazifani ko‘ndalang qilib qo‘ydi: a) Buxoro viloyatidagi o’zbek shevalarini (ikki tilli va bir tilli, o’g’uz va qipchoq shevalari) yoppasiga o’rganib chiqish va tasvir etish; b) Buxoro territoriyasidagi o’zbek shevalarining klassifikatsiyasini berish. 5. Shartli ravishda bir tilli deb atalgan meva - ikki tildi shevaga nisbatan o’tkinchi yoki aralash meva deb qarash to’g’ri bo’lardi. 6. Mahalliy shevalar Buxoro viloyatidagi aholi etnik tarkibi bilan birga bog’lab tekshirish shuni ko’rsatadiki, ikki tilli aholi har xil turkiy urug’-qabila xalq vakillaridan o’zbek tilini yaxshi biluvchi tojiklar, o’zbek -urganjilar (ya’ni ota-bobolari Urganchlik va o’g’uzlar), sobiq mangit urug’-qabilasiga mansub bo’lib, keyinchalik atrofdagi tojiklarning tilini o’rganib olgan, lekin o’z ona tillarini saqlab qolgan boshqa turkiy etniy guruhlardan iborat. Demak, ikki tilli tojik va o’zbek tillarida so’zlashuvchi aholini (ikki tilli sheva vakillarini) etnik tomondan faqat tojiklardan iborat deyish to’g’ri bo’lmaydi. 7. Buxoro viloyatining mahalliy aholisi o’rtasida ikki tillilikning quyidagi tiplari mavjud: tojikcha-o‘zbekcha (yoki o’zbekcha-tojikcha) ikki tillilik, o’zbekcha-qozoqcha ikki tillilik, turkmancha-o‘zbekcha ikki tillilik. Ikki tillilikning eng qadimiy ko’rinishi tojikcha-o‘zbekcha ikki tillilikdir. Chunki bu oblast territoriyasi bo’ylab (Qorako’l, Tomdi tumanlaridan tashqari) aholining uchdan bir qismini tashkil etadi. Tojikcha-o‘zbekcha ikki tillilik protsessi hozirgi kunlarda tugagan emas, balki o’zbek va tojik xalqlari o’rtasida tobora o’sib borayotgan o’zaro do’stlik va hamjihatlik munosabatlariga bog’liq ravishda (ayniqsa, Buxoro va Samarqand sharoitlariga muvofiq) rivojlanib bormoqda. 8. Hozirgi kunlarda ikki tillilikning yangi tipi: o’zbekcha-ruscha, tojikcha-ruscha, qozoqcha-ruscha kabi formalarda vujudga keldiki, internatsional xarakterdagi bu prosess, boshqa joylardagi kabi keng quloch yoymoqda. 9. Buxoro dialekti o‘z xususiyatlariga ko‘ra, mahalliy o’g’uz va qipchoq shevalariga qaraganda, o‘zbek adabiy tiliga yaqin turadi. Ko’p sonli o’zbekcha, xususan tojik va arab tillaridan kirgan so’z va iboralar va grammatik formalarning qo’llanilishi, talaffuzi hozirgi o’zbek adabiy tili normalariga mosdir. Shu ma’noda aytish mumkinki, Buxoro dialekti, ayniqsa uning ikki tilli shevasi (Samarqand shevasi kabi) hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilidagi forscha-tojikcha va arabcha so’zlar hamda grammatik formalarning qo’llanishini normalashtirish va stabillashda asosiy rolni o’ynaydi. 10. Buxoro shevasida eski turk tili va eski o‘zbek tiliga xos bo‘lgan ayrim elementlar mavjud bo‘lib, ular nutqda, ayniqsa, keksalar tomonidan ko‘p qo‘llaniladi. Ular dialektologiya va til tarixi uchun ham muhim material bo‘lib xizmat qiladi. Shuni alohida ta’kidlamoq kerakki, Buxoro dialekti, ayniqsa uning ikki tilli shevasida, asosiy talaffuz normasi (Masalan, so’z ichida a unli tovushlarining ishlatilishi tartibi: avqot, amon, amonat, namoz, qazon, mojaro tamosho kabi) eski o‘zbek tili normasiga asosan mos keladi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling